Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
IQTISODIY VA GUMANITAR HAMKORLIKNING ASOSIY YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati, bundan buyon “Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikki davlat imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda oʻz xalqlarining turmush tarzini koʻtarish maqsadida oʻzaro savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash niyatida,
shartnomaviy-huquqiy asosni hamda oʻz xalqlari oʻrtasida oʻzaro manfaatdorlik, uzoq muddatli va barqarorlik asosida savdo-iqtisodiy, sanoat, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlikni oʻzaro rivojlantirish sharoitlarini yaratish maqsadida,
xalqaro huquqning amaldagi normalari, teng huquqlilik, oʻzaro manfaat prinsiplariga muvofiq hamda har bir davlatning amaldagi qonunlari doirasida,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Tomonlar ikki mamlakatning taraqqiyoti yoʻlida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, mustahkamlash va kengaytirish maqsadida barcha imkoniyatlaridan foydalanadilar.
Tomonlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar hamkorlik Tomonlarning strategik manfaatlariga javob beradigan uzoq muddatli hamkorlik, tenglik, oʻzaro manfaat prinsiplariga asoslanadi.
2-modda
Singapur tomoni, Jahon Savdo Tashkilotining aʼzosi boʻlganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur tashkilotga kirishi masalasida oʻquv mashgʻulotlari va maslahatlar oʻtkazish yoʻli bilan koʻmaklashishi va qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
3-modda
Tomonlar oʻrtasida savdoga koʻmaklashish maqsadida, A ilovada keltirilgan import va eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan quyidagilar toʻgʻrisida kelishildi:
(1) Oʻzbekiston Respublikasi Singapur Respublikasiga nisbatan, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligidan tashqari, boshqa davlatlarga qoʻllaniladigan eng qulay rejimdan kam boʻlmagan rejimni qoʻllaydi;
(2) Singapur Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Tariflar va Savdo boʻyicha Bosh Bitim doirasidagi Singapurning Tarif imtiyozlari jadvaliga muvofiq belgilangan eng qulay rejimdan kam boʻlmagan rejimni qoʻllaydi.
Mazkur majburiyat ushbu Bitim kuchga kirgan sanadan uch oy oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
Bojxona bojlari deganda tovarlarning import yoki eksporti bilan bogʻliq barcha bojlar yoki turli xil toʻlovlar hamda shunday import yoki eksportga doir qoʻshimcha soliqlar yoki qoʻshimcha toʻlovlar tushuniladi, biroq ular quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
(1) ichki soliqlarga tenglashtirilgan toʻlovlar, yaʼni aksiz soliqlari hamda tovarlar va xizmatlardan undiriladigan soliqlar;
(2) advolor asosda qoʻllanilmaydigan toʻlovlar, bunda ular koʻrsatilgan xizmatning taxminiy tannarxiga teng boʻlishi hamda mahalliy mahsulotni bilvosita himoya qiladigan va moliyaviy maqsadlarda import yoki eksportga soliq solish tarzida boʻlmasligi lozim.
Tomonlar oʻrtasida ayrboshlanadigan tovarlarning tasniflanishi Tovarlarning uygʻunlashtirilgan tavsifi va kodlashtirilgan tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
4-modda
Mavjud savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik darajasini inobatga olib, Tomonlar quyidagi sohalarda xususiy sektorda tadbirkorlik hamkorligini qoʻllab-quvvatlaydilar:
— yengil sanoat;
— elektrotexnika sanoati;
— transport sanoati;
— energetika sanoati, shu jumladan uchinchi davlatlar bozorida birgalikdagi faoliyat;
— sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati;
— kimyo va neft-kimyo sanoati;
— bojxona rasmiyatchiliklari;
— axborot va kommunikatsiya texnologiyalari;
— turizm;
— kichik va xususiy tadbirkorlik; va
— taʼlim va mutaxassislarni oʻzaro manfaatli turli yoʻnalishlarda tayyorlash.
5-modda
Ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Tomonlar quyidagilar boʻyicha qoʻllab-quvvatlaydilar, koʻmaklashadilar va odimlatishga intiladilar:
— davlat organlari, ishbilarmon doiralar, professional va ilmiy-madaniy tashkilotlar, agentliklar va uyushmalar hamda savdo-sanoat palatalari oʻrtasida hamkorlikni oʻzaro manfaatli maʼlumotlar almashish bilan ragʻbatlantirish, shuningdek savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar masalalari boʻyicha delegatsiyalar hamda ular vakillarining tashriflari bilan oʻzaro almashishni qoʻllab-quvvatlash;
— Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan savdo yarmarkalar va koʻrgazmalar, biznes uchrashuvlar, seminarlar, simpoziumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
— marketing va konsalting xizmatlari boʻyicha oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish;
— Tomonlar moliyaviy institutlar oʻrtasida aloqalarni va hamkorlikni mustahkamlash;
— investitsiya faoliyati;
— kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida hamkorlik; hamda
— Tomonlar oʻrtasida hamkorlikning boshqa kelishilgan shakllari.
6-modda
Tomonlar zarur hollarda eksport nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qilish maqsadida ikki xil maqsadda foydalanilishi mumkin boʻlgan tovarlarga nisbatan maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
7-modda
Tovarlarni yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish borasidagi barcha toʻlovlar, erkin muomaladagi valyutada yoki shartnoma tomonlari oʻzga tarzda kelishgan boʻlsalar istalgan boshqa valyutada tegishli Tomon davlati hududida amalda boʻlgan valyuta almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
8-modda
Tomonlar uzoq muddatga moʻljallangan gumanitar sohani rivojlantirish boʻyicha barcha muhim chora-tadbirlarni, asosan quyidagi sohalarda amalga oshiradilar:
— sogʻliqni saqlash;
— taʼlim va kadrlar bilan almashish;
— madaniyat;
— sport;
— turizm; hamda
— va boshqa oʻzaro manfaatli hamkorlik sohalari.
9-modda
Tomonlar oʻzlarining anʼanaviy turizm, ekoturizm, piyoda turizmi, togʻ turizmi, suv turizmi, ot turizmi, velosiped turizmi, ekstremal turizm, changʻi turizmi, avtomototurizm va turizmning boshqa yoʻnalishlarida xizmat koʻrsatuvchilari oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Sport tadbirlariga, musiqiy va teatrlashtirilgan festivallarga va boshqa tadbirlarga tashrif buyurish uchun, Tomonlar jamoaviy va yakka turizmga, shu jumladan tibbiyot maqsadida, shuningdek ixtisoslashgan guruhlar bilan almashishga koʻmaklashadilar.
10-modda
Tomonlar bir-birlarining davlat tillarini, adabiyotini, tarixini va geografiyasini oʻrganishni istagan shaxslarga koʻmaklashadilar.
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Singapur Respublikasi oʻzlarining oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida gumanitar fanlar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni, shu jumladan mutaxassislar almashuvini va qoʻshma tadqiqot ishlarini oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
11-modda
Tomonlar, ikki tomonlama tovar va xizmatlar almashuvini yengillashtirish maqsadida, ilmiy ishlar natijalarini va sertifikatlarini tan olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amaldagi milliy qonunlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Tomonlar fan va texnologiya, standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohalarida idoralararo hamkorlikni milliy qonunlar asosida ragʻbatlantiradilar.
12-modda
Tomonlar Oʻzbekiston va Singapur xalqlarining koʻp asrlik madaniy va maʼnaviy qadriyatlariga asoslangan holda madaniy hamkorlikni bundan keyin ham oʻzaro rivojlanishini davom ettiradilar.
Har bir Tomon oʻz davlatining rezidentiga boshqa Tomonning madaniy yutuqlaridan foydalanishga imkoniyat yaratib beradi.
Tomonlar oʻzlarining madaniy muassasalari va jamoat tashkilotlari oʻrtasida bevosita hamkorlikni va aloqalarni rivojlantirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga hamda ular oʻrtasida tajriba almashishga koʻmaklashadilar.
13-modda
Tomonlar ushbu Bitimda nazarda tutilgan masalalarni tartibga solishga yoʻnaltirilgan yangi qonunlar boʻyicha maʼlumotlarni hamda boshqa oʻzaro manfaatli maʼlumotlarni oʻzaro almashadilar.
14-modda
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq, ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Bitimga kiritilishi mumkin. Bu kabi bayonnomalar ushbu Bitimning 16-moddasi 1-bandiga muvofiq kuchga kiradi.
15-modda
Ushbu Bitimning qoʻllanilishi va talqin etilishi bilan bogʻliq nizolar muzokara va maslahatlashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
16-modda
1. Ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida Tomonlar tomonidan oxirgi yozma xabarnoma olingan muddatda kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzildi.
3. Istalgan Tomon boshqa Tomonni yozma shaklda xabardor qilganidan soʻng Bitimni toʻxtatishi mumkin. Bu holatda Bitimning amal qilishi ikkinchi Tomon ushbu haqida xabarnoma olgan oydan soʻng keluvchi oltinchi oyning birinchi kunida toʻxtatiladi.
(imzolar)
Bitimning 3-moddasida keltirilgan ilova A
| TIF TN kodi |
Tovarlar nomlanishi |
| 090230 | qora choy (fermentlangan), birlamchi qadoqda netto-massasi 3 kgdan koʻp boʻlmagan |
| 210111 | kofe ekstraktlari va essensiyalari |
| 210112 | ushbu ekstraktlar, essensiyalar va konsentratlar asosida yoki kofe asosida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar |
| 210120 | choy yoki mate ekstraktlari va essensiyalari |
| 240110 | ajratilmagan oʻrta tomirli tamaki |
| 240120 | qisman yoki butunlay ajratilgan oʻrta tomirli tamaki |
| 284170 | molibdatlar |
| 300390 | chakana savdoga moʻljallanmagan boshqa aralashgan medikamentlar |
| 321000 | boshqa boʻyoq va laklar, teriga ishlov berishda foydalaniladigan tayyor suv pigmentlari |
| 330210 | oziq-ovqat sanoatida yoki ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qorishmalar |
| 370790 | fotografiyada foydalaniladigan boshqa kimyoviy mahsulotlar |
| 382200 | diagnostika yoki laboratoriya reagentlari |
| 382440 | sementlar, qurilish qorishmalari yoki betonlar uchun tayyor qorishmalar |
| 390530 | boshlangʻich shaklga ega boʻlgan polivinil spirti |
| 392020 | kuchaytirilmagan propilen polimerlari |
| 392410 | oshxona uchun plastmassa idish-tovoqlari |
| 392690 | plastmassadan tayyorlangan boshqa mahsulotlar |
| 400911 | vulqonlangan rezinadan tayyorlangan trubalar, trubkalar va shlanglar, qattiq rezinadan tashqari, armirlanmagan fitingsiz |
| 401693 | rezinadan tayyorlangan prokladkalar, shaybalar va boshqa mustahkamlovchilar |
| 420212 | sakvoyajlar, jamadonlar, ayollar sumka-jamadonchalari, plastmassa yoki tekstil materiallaridan qilingan sirtli keyslar |
| 441600 | bochkalar, bochonkalar, qadoqlar va boshqa yogʻochli mahsulotlar va ularning qismlari |
| 442010 | statuetkalar va boshqa yogʻochdan yasalgan mahsulotlar |
| 482390 | boshqa qogʻoz va karton, kondensatsiyalangan qogʻoz va boshqalar |
| 491191 | reproduksiyalar, chizmalar va fotografiyalar |
| 590610 | yopishqoq lentalar, kengligi 20 smdan koʻp boʻlmagan |
| 630900 | isteʼmolda boʻlgan kiyim va tekstil mahsulotlari |
| 650700 | bosh kiyimni bogʻlash uchun lentalar, podkladkalar, gʻiloflar, asoslar, karkaslar, koziryoklar va bosh kiyim bogʻlamalari |
| 721510 | boshqa simlar, temir yoki nelegirlangan poʻlatdan, avtomat poʻlatdan qilingan, keyinchalik qayta ishlov berilmaydigan |
| 730630 | boshqa ichi teshik trubalar, trubkalar va profillar, qora metalldan; boshqa svarkalangan neligir poʻlati |
| 730792 | boshqa bogʻlamalar, otvodlar, sgonlar, rezbalangan |
| 730799 | qora metall yoki poʻlatdan tayyorlangan trubalar uchun boshqa fitinglar yoki trubkalar |
| 730820 | qora metall yoki poʻlatdan tayyorlangan minoralar va panjarali machtalar |
| 731815 | qora metall yoki poʻlatdan tayyorlangan boshqa vintlar va boltlar, gaykalar yoki shaybalar bilan yoxud ularsiz |
| 731816 | qora metall yoki poʻlatdan tayyorlangan gaykalar |
| 732391 | boshqa oshxona mahsulotlari yoki boshqa roʻzgʻor ehtiyojlari uchun mahsulotlar, ularning qismlari, choʻyanli quyilmadan, emallanmagan |
| 732690 | qora metalldan yoki poʻlatdan qilingan boshqa mahsulotlar |
| 820240 | asosi metall boʻlgan zanjirli arralar uchun polotnolar |
| 820551 | boshqa roʻzgʻor asboblari |
| 820719 | qoya yoki tuproqni burgʻulash uchun boshqa asboblar: shu jumladan qismlar |
| 820750 | parmalash asboblari, porodalarni burgʻulash asboblaridan tashqari |
| 831110 | kamalaksimon elektrosvarka uchun qimmatbaho boʻlmagan metall qoplamali elektrodlar |
| 841451 | stolga qoʻyiladigan, devorga osiladigan, polga qoʻyiladigan, shiftga osiladigan, tomlar uchun yoki romlar uchun, ichiga qoʻyilgan kuchi 125 Vt.dan koʻp boʻlmagan elektr dvigatel |
| 841480 | boshqa turbokompressorlar, hajmli kompressorlar |
| 841822 | absorbsion elektr muzlatgichlar |
| 842199 | suyuqlik yoki gazni tozalash yoki filtrlash uchun uskunalar va qoʻrilmalarning boshqa qismlari |
| 843143 | burgʻulash va oʻtuvchi mashinalar qismlari |
| 844250 | plastinalar, silindrlar va boshqa chop etish shakllari; chop etish maqsadlari uchun tayyorlangan plastinalar, silindrlar va litografiya toshlari |
| 845410 | metallurgiyada va quyish-eritish ishlab chiqarishida foydalaniladigan konverterlar |
| 846789 | boshqa qoʻlbola asboblar, noelektr dvigatelli qoʻlbola asboblar |
| 846880 | boshqa uskuna va apparatlar |
| 847130 | 10 kg gacha hisoblovchi portativ mashinalar |
| 847149 | tizim shaklida yetkazib beruvchi raqamli hisoblovchi boshqa mashinalar |
| 847150 | maʼlumotlarni qayta ishlovchi raqamli bloklar |
| 847160 | kiritish va chiqarish, bir korpusda boʻlgan va boʻlmagan xotirada qoldiruvchi qurilmalar |
| 847170 | xotirada qoldiruvchi qurilmalar |
| 847190 | boshqa joylarda nomlanmagan va kiritilmagan axborotlarni qayta ishlovchi boshqa mashinalar |
| 847330 | hisoblovchi mashinalar uchun qismlar va jihozlar |
| 847350 | ikki yoki undan ortiq tovar pozitsiyalariga kiruvchi mashinalar uchun moʻljallangan teng darajadagi qismlar va jihozlar |
| 847790 | rezinalar yoki platsmassalarni qayta ishlash uchun uskunalar qismlari |
| 847990 | boshqa joylarda nomlanmagan va kiritilmagan individual funksiyani bajaruvchi mashina va mexanik qurilmalar qismlari |
| 848180 | kotyollar trubalari, rezervuarlar, tsisternalar, baklar va shunga oʻxshashlar uchun armaturalar |
| 848190 | kotyollar trubalari uchun armaturalar qismlari |
| 848410 | prokladkalar va boshqa materiallar bilan qorishmadagi yoki ikki yoki undan ortik, metall qatlamidan iborat metall listlaridan qilingan oʻxshash bogʻlovchi elementlar |
| 848590 | elektr ulagichlarga ega boʻlmagan uskunalarning boshqa qismlari |
| 850431 | quvvati 1 kVa dan koʻp boʻlmagan boshqa transformatorlar |
| 850440 | statik qayta tashkil etuvchilar |
| 850730 | kadmitorlar elektr nikelli akkumlyatorlar |
| 850780 | boshqa elektr akkumulyatorlar |
| 851110 | yoqish svechalari |
| 851180 | dvigatellarni yoqish yoki harakatga keltirish uchun boshqa elektr uskunalar |
| 851590 | elektr va boshqa paykalar uchun mashinalar va apparatlar qismlari |
| 851711 | simli aloqa uchun simsiz goʻshakli telefon apparatlari |
| 851721 | faks apparatlari |
| 851750 | etaklovchi qismda simli aloqa tizimi yoki raqamli simli aloqa tizimi uchun apparatlar |
| 851790 | telefon va telegraf apparatlari qismlari |
| 851810 | mikrofonlar va ular uchun tagliklar |
| 851829 | korpuslarda jihozlangan va jihozlanmagan ovoz koʻtargichlar |
| 851999 | kasseta koʻrinishida boʻlmagan ovoz eshitish uchun boshqa apparaturalar |
| 852020 | telefon avto javob bergichlari |
| 852033 | kasseta koʻrinishidagi boshqa ovoz yozish apparaturalari va magnitofonlar |
| 852039 | kasseta koʻrinishida boʻlmagan boshqa ovoz yozish apparaturalari va magnitofonlar |
| 852090 | boshqa ovoz yozish apparaturalari |
| 852110 | magnit lentada video yozuvchi yoki video tasvir apparaturalari |
| 852190 | boshqa video yozuvchi va video tasvir apparaturalari |
| 852210 | ovoz yozish apparaturalari uchun kartridjlar |
| 852290 | video va audio magnitofonlar va video tasvir apparaturalari uchun jihozlar va qismlar |
| 852311 | 4 mm dan keng boʻlmagan yozilmagan magnit lentalar |
| 852312 | 4 mm dan koʻp lekin 6.5 mm dan keng boʻlmagan yozilmagan magnit lentalar |
| 852320 | yozilmagan magnit disklar |
| 852390 | boshqa yozilmagan audio vositalar |
| 852431 | lazer orqali oʻquvchi tizimlar uchun disklar |
| 852432 | lazer orqali oʻquvchi tizimlar uchun faqat ovoz yozilgan disklar |
| 852439 | lazer orqali oʻqish tizimlari uchun yozilgan boshqa disklar |
| 852499 | maʼlumotlar, tasvirlar va ovoz yozish uchun boshqa vositalar |
| 852520 | qabul qilish qurilmalarini oʻz ichiga oluvchi uzatish apparaturalari |
| 852530 | televizion kameralar |
| 852540 | kadr orqali tasvirga olish videokameralari va boshqa videokameralar |
| 852713 | ovoz yozish yoki oʻqish qurilmalari bilan birlashtirilgan apparaturalar |
| 852721 | ovoz yozish yoki oʻqish qurilmalari birlashtirilgan motorli transport vositalarida foydalaniladigan ommaviy eshittiruv radio qabul qilgichlar |
| 852731 | ovoz yozish yoki oʻqish qurilmalari birlashtirilgan hamda radiotelefon va radiotelegraf signallarni qabul qila oluvchi boshqa ommaviy eshittiruv radio qabul qilgichlar |
| 852812 | televizion aloqa uchun rangli tasvirni qabul qilish apparaturalari |
| 852813 | oq-qora yoki boshqa monoxrom tasvirni qabul qilish apparaturalari |
| 852821 | rangli tasvir videomonitorlari |
| 852830 | videoproyektorlar |
| 852910 | antennalar va barcha turdagi antennali aks ettiruvchilar |
| 852990 | radio va tele apparaturalar qismlari |
| 853120 | suyuq kristallar yoki nurli diod qurilmalarini oʻz ichiga oluvchi indikator panellari |
| 853590 | kommutatsiya yoki elektr zanjirlar himoyasi uchun boshqa elektr apparaturalari |
| 853649 | 60 V dan ortiq kuchlanishli rele |
| 853650 | 1,000 V dan oshmagan boshqa yoqib oʻchirgichlar |
| 853669 | 1,000 V dan oshmagan kuchlanishga ega boʻlgan elektr shtepsel va razetkalar |
| 853690 | kommutatsiya yoki elektr zanjirlar himoyasi uchun boshqa elektr apparaturalari |
| 853710 | 1,000 V dan oshmagan kuchlanishga moʻljallangan elektr pultlar, panellar, konsollar, stollar, elektr apparaturalari uchun taqsimlovchi shitlar va asoslar |
| 853810 | tegishli apparaturalar bilan komplektlanmagan pultlar |
| 853939 | boshqa elektrik lampalar |
| 854011 | televizion, elektr-nurli rangli tasvir trubkalari |
| 854110 | fotodiodlar yoki nurlanuvchi diodlardan tashqari diodlar |
| 854121 | quvvati 1 V dan kam tranzistorlar |
| 854129 | fototranzistorlardan tashqari boshqa tranzistorlar |
| 854221 | elektron, integral sxemalar va raqamli mikroyigʻmalar |
| 854229 | boshqa integral monolit sxemalar |
| 854260 | gibrid integral mikrosxemalar |
| 854270 | elektron mikroyigʻmalar |
| 854290 | boshqa elektron mikroyigʻmalar |
| 854389 | mazkur guruhning boshqa joyda nomlanmagan va kiritilmagan individual funksiyali boshqa mashina va apparatlar |
| 854390 | individual funksiyali elektron mashina va apparatlar qismlari |
| 854411 | oʻrovchi mis simlari |
| 854420 | koaksial kabellar va boshqa koaksial elektr simlar |
| 854441 | 80 voltdan koʻp boʻlmagan ulanish imkoniyati bilan jihozlangan elektr simlar |
| 854449 | 80 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanishli boshqa elektr simlar |
| 854459 | 80 V dan ortiq, lekin 1,000 V dan koʻp boʻlmagan kuchlanishli boshqa elektr simlar |
| 854470 | tola-optik kabellar |
| 854519 | boshqa elektrodlar |
| 880330 | samolyotlar va vertolyotlarning boshqa qismlari |
| 900219 | boshqa obyektivlar |
| 900610 | chop etish plastinalari yoki tsilindlar tayyorlash uchun foydalaniladigan fotokameralar |
| 900651 | 35 mm dan keng boʻlmagan plyonkalar uchun boshqa tasviriy fotokameralar |
| 900691 | fotokameralar uchun qismlar va jihozlar |
| 900791 | kinokameralar uchun qismlar va jihozlar |
| 900999 | foto va termokoʻpaytirgich mashinalar uchun boshqa qismlar va jihozlar |
| 901060 | proyeksion ekranlar |
| 901580 | geodezik yoki topografik gidrografik, okeanografik, gidrologik, meteorologik yoki geofizik boshqa qurilmalar va moslamalar |
| 902580 | areometrlar va suyuqlikka shoʻngʻishda amal qiluvchi oʻxshash moslamalar boshqa barometrlar, gigrometrlar va psixometrlar |
| 902690 | suyuq gazni oʻlchash va nazorat moslamalari uchun qismlar va jihozlar |
| 902830 | elektroenergiya hisoblagichlari |
| 903190 | oʻlchov va nazorat moslamalari uchun qismlar va jihozlar |
| 903281 | boshqa gidravlik yoki pnevmatik moslamalar va qurilmalar |
| 903300 | mashinalar, moslamalar, asboblar va apparaturalar uchun qismlar va jihozlar |
| 920300 | trubali klavishali organlar, fisgarmonlar va shunga oʻxshash metall tilli klavishali asboblar |
| 940320 | boshqa metall mebellar |
| 961210 | yozish mashinalari uchun lentalar |
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)