Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.03.2008 yildagi PQ-817-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2012 YILLAR DAVRIDA SUG‘ORILADIGAN YERLARNING MELIORATIV HOLATINI YaXShILASh DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini ijro etish hamda sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan meliorativ tizimlarni qurgan va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga tizimli hamda kompleks yondashuvni ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 2008—2012-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturining maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilgi meliorativ obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi parametrlarining amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 2008-yildan boshlab, Davlat budjeti loyihalarini ishlab chiqishda 2008—2012-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturiga muvofiq melioratsiya tadbirlari moliyalashtirilishini ta’minlaydigan mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yillik davlat dasturlari hududlar bo‘yicha yerlarning meliorativ holatini ilmiy asoslangan tarzda baholash asosida, yerlarning meliorativ kadastri, ball-boniteti va unumdorligini, shuningdek, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hududiy melioratsiya ekspeditsiyalari tomonidan tayyorlanadigan aniq meliorativ loyihalar ro‘yxatini hisobga olgan holda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning uzoq muddatli, o‘rta muddatli va yillik davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini boshqarish Departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda hududiy melioratsiya ekspeditsiyalari takliflari asosida amalga oshiriladi hamda Jamg‘arma Kengashiga kelishib olish uchun taqdim etiladi, keyinchalik esa har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi doirasida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq 2008-yilda bajarilishi nazarda tutilgan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarning ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin, loyihalarda quyidagilar qamrab olingan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistral (viloyatlararo) kollektorlar — ikki va undan ortiq viloyatlar chegaralarini kesib o‘tadigan, shu jumladan transchegara ahamiyatiga molik katta traktlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlararo — ikki va undan ortiq tumanlarni kesib o‘tuvchi kollektorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklararo — bir ma’muriy tuman chegarasidagi xo‘jaliklar hududiga xizmat ko‘rsatuvchi, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining kollektorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish qismini ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi zimmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya obyektlarida ta’mirlash qayta tiklash ishlarini ekspertizadan o‘tkazish — O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi davlat ekspertizasining hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur tashkilotlarning rahbarlari ekspertizani o‘tkazish sifati va loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarning qiymati asosli ekanligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar ekspertizasining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma Kengashiga zarur hollarda loyihalar ro‘yxatiga obyektlar ustuvorligini hamda loyiha-smeta hujjatlarining tayyorligi darajasini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-817-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 3-son, 164-modda)