12.02.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUTIB TOPShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki mamlakat o‘rtasida jinoyatlarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha yanada samaraliroq hamkorlikka hamda huquqbuzarlarni tutib topshirish to‘g‘risida shartnomani tuzish orqali tutib topshirish sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘maklashish istagida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar to‘g‘risida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Tutib topshirish majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir Tomon ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq boshqa Tomonga ayblov qo‘yish, sud jarayoni yoki tutib topshirishni taqozo etadigan huquqbuzarlik uchun jazoni o‘tash maqsadida so‘rayotgan Tomon talab qilayotgan istalgan shaxsni boshqa Tomonga tutib topshirishga rozidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Tutib topshirishni taqozo etadigan huquqbuzarliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Shartnoma maqsadlarida so‘rov kelib tushgan vaqtda ikkala Tomon qonunchiligida kamida bir yil ozodlikdan mahrum etish yoki yanada jiddiyroq jazo belgilangan huquqbuzarliklar uchun tutib topshirishga olib keladigan huquqbuzarliklar sanaladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov so‘rayotgan Tomon sudi tomonidan tutib topshirishni taqozo etadigan har qanday huquqbuzarlik uchun ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqarilgan shaxsga taalluqli bo‘lsa, jazoni qolgan o‘tash muddati faqat 4 oydan kam bo‘lmagan taqdirdagina tutib topshirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu modda maqsadlarida harakat ikkala Tomonning qonunchiligiga qarshi qaratilgan huquqbuzarlik ekanligini aniqlash uchun quyidagilarning ahamiyati yo‘q:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Tomonlarning qonunchiligi huquqbuzarlikni tashkil etadigan xuddi ana shunday toifadagi huquqbuzarlik doirasida xulq-atvorni belgilaydimi yoki huquqbuzarlik shunday atama bilan nomlanadimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tutib topshirilishi so‘ralayotgan shaxsga qarshi taxmin qilinayotgan xulq-atvorning majmui e’tiborga olinishi lozim va bu Tomonlarning qonunchiligi bo‘yicha huquqbuzarlik unsurlari farq qiladimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar shaxsning tutib topshirilishi soliq, bojxona, valyutaga oid yoki boshqa moliyaviy qonunchilikka qarshi huquqbuzarlik uchun talab qilinayotgan bo‘lsa, so‘ralayotgan Tomon qonunchiligi so‘rayotgan Tomonning qonunchiligi kabi shunday soliqlar yoki majburiyatlarni yoxud soliq, boj, bojxona yoki valyuta qoidalarini ko‘zda tutmaganligi asosida tutib topshirish rad etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar huquqbuzarlik so‘rayotgan Tomonning hududidan tashqarida amalga oshirilgan bo‘lsa, so‘ralayotgan Tomon qonunchiligi uning hududidan tashqarida shu kabi holatlarda amalga oshirilgan huquqbuzarlik uchun jazo belgilangan bo‘lsa, tutib topshirish amalga oshirilishi lozim. Agar so‘ralayotgan Tomon qonunchiligi buni ko‘zda tutmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan Tomon o‘z ixtiyoriga ko‘ra tutib topshirishni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov ulardan har biri ikkala Tomon qonunchiligiga ko‘ra jazoga tortiladigan huquqbuzarliklar turkumiga taalluqli bo‘lsa, lekin ulardan ba’zi birlari ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida qayd etilgan shartlarni bajarmayotgan bo‘lsa, huquqbuzarlik uchun tutib topshirish, shaxs, hech bo‘lmaganda, tutib topshirishni taqozo etadigan jinoyatlarning biri uchun topshirilishi sharti bilan, amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Tutib topshirishda majburiy rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnomaga ko‘ra tutib topshirish quyidagi holatlardan istalgan birida amalga oshirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. So‘ralayotgan Tomon tutib topshirish so‘ralayotgan bu huquqbuzarlikni siyosiy huquqbuzarlik yoki siyosiy huquqbuzarlik bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik deb belgilagan bo‘lsa. Siyosiy huquqbuzarlikka tayanish quyidagi huquqbuzarliklarni qamrab olmasligi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Davlat rahbari yoki Hukumat rahbari shaxsiga qarshi yoxud uning oila a’zolarini qo‘lga olish yoki hayotiga suiqasd qilishga urinish yoki hujum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ikkala Tomon ishtirok etayotgan ko‘p tomonlama xalqaro bitimlardan kelib chiqib, shu jumladan, lekin genotsid, terrorizm va odamlarni o‘g‘irlash to‘g‘risida bunday bitimlar bilan cheklanib qolmasdan, huquqbuzarlik yuzasidan Tomonlar yurisdiksiyani o‘rnatish yoki tutib topshirishni amalga oshirish majburiyatiga ega bo‘lishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar so‘ralayotgan shaxs so‘ralayotgan Tomon hududida tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlik uchun sud javobgarligiga tortilgan bo‘lsa yoki sudlangan va hukm qilingan yo oqlangan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlik uchun jinoiy ta’qib etish yoki jazolash so‘ralayotgan Tomon qonunchiligiga ko‘ra muddat o‘tib ketganligi sababli tugatilgan yoki so‘ralayotgan Tomon hududida xuddi shunday huquqbuzarlik amalga oshirilgan bo‘lsa. So‘rayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq muddat o‘tib ketganligini to‘xtatib qo‘yishi mumkin bo‘lgan harakat va holatlar so‘ralayotgan Tomon uchun haqiqiy hisoblanadi va bu holda so‘rayotgan Tomon bunday muddat o‘tib ketganligi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z qonunchiligining qoidalari to‘g‘risida yozma arizani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar so‘ralayotgan Tomon tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov so‘ralayotgan shaxsning irqi, dini, millati, jinsi, yoki siyosiy qarashlariga ko‘ra ta’qib etish va jazolash maqsadida taqdim etilgan, yoki mana shu sabablardan istalgan biri bo‘yicha ushbu shaxsga zarar yetkazilishi mumkin deb taxmin qilishga yetarlicha asoslarga ega bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Tutib topshirishni rad etish uchun qo‘shimcha asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Shartnomaga muvofiq quyidagi holatlardan istalgan birida tutib topshirishni rad etish mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlik so‘ralayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq uning hududida to‘la yoki qisman amalga oshirilgan deb baholangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. So‘ralayotgan shaxs tutib topshirish so‘ralayotgan xuddi shunday huquqbuzarlik uchun uchinchi davlatda butkul oqlangan yoki sudlangan, hamda, agar chiqarilgan hukm to‘la ijro etilgan bo‘lsa yoki endi ijro qilina olinmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar so‘ralayotgan Tomon ayrim hollarda so‘rayotgan Tomon huquqbuzarliklari va manfaatlarining jiddiyligini e’tiborga olib, so‘ralayotgan shaxsning shaxsiy holatlari tufayli tutib topshirish gumanitar sabablar bo‘yicha amalga oshirilmasligi mumkin deb hisoblasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlik oddiy jinoyat huquqi bo‘yicha emas, balki harbiy huquq bo‘yicha huquqbuzarlik bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Tutib topshirishni kechiktirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar so‘ralayotgan shaxs so‘ralayotgan Tomonda tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlik uchun emas, balki boshqa biror-bir huquqbuzarlik uchun jinoiy ta’qib qilinayotgan yoki muddatni o‘tayotgan bo‘lsa, so‘ralayotgan Tomon so‘ralayotgan shaxsni topshirishi yoki jinoiy ta’qib yoxud belgilangan jazo muddatining to‘la yoki istalgan qismining tugashiga qadar topshirishni kechiktirishi mumkin. So‘ralayotgan Tomon so‘rayotgan Tomonni har qanday kechiktirish to‘g‘risida xabardor etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Fuqarolarni tutib topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlardan hech biri ushbu Shartnoma asosida o‘z fuqarolarini tutib topshirish majburiyatini olmagan, biroq, so‘ralayotgan Tomon, o‘z ixtiyoriga ko‘ra, bunday shaxslarni lozim deb topsa tutib topshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar so‘ralayotgan shaxsning tutib topshirilishi faqat fuqarolik asosida rad etilgan bo‘lsa, so‘ralayotgan Tomon, so‘rayotgan Tomonning iltimosiga ko‘ra, uning ma’murlariga ayblov qo‘yish uchun imkoniyat berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolik tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlik amalga oshirilgan vaqt bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Tutib topshirish jarayonlari va so‘ralayotgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov yozma ravishda diplomatik kanallar orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov quyidagilar bilan ilova qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) so‘ralayotgan shaxsning shaxsi va mumkin bo‘lsa, fuqaroligi hamda turish joyini tavsiflangan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) ish holatlarining bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) huquqbuzarlikning muhim unsurlari va ta’riflarini tavsiflaydigan qonunchilikning bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) huquqbuzarlik uchun jazoni tavsiflaydigan qonunchilikning bayoni; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) huquqbuzarlik uchun sud tomonidan ta’qib etishning muddati yoki jazoni ijro etish bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilikning bayoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov hali aybdor deb tan olinmagan shaxsga taalluqli bo‘lsa, u quyidagilar bilan ilova qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) so‘rayotgan Tomon sudi yoki boshqa vakolatli ma’muri tomonidan berilgan hibsga olish yoki ushlab turish uchun order nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) so‘ralayotgan shaxsni hibsga olish yoki ushlab turish uchun yozilgan order aynan o‘sha shaxsga taalluqligini belgilovchi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) tutib topshirish so‘ralayotgan huquqbuzarlikni sodir etgan so‘ralayotgan shaxsni gumon qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan huquqbuzarlik bo‘yicha ayblov xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov aybdor deb tan olingan shaxsga taalluqli bo‘lsa, u quyidagilar bilan ilova qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) so‘rayotgan Tomon sudi uni aybdor deb tan olinganligi to‘g‘risida chiqargan qaror nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) so‘ralayotgan shaxs aybdor deb tan olinganligini tasdiqlovchi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) shaxs aybdor deb tan olingan huquqbuzarlikni tashkil etadigan xatti-harakatning bayoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq so‘rayotgan Tomon taqdim etadigan barcha hujjatlar tasdiqlanishi va so‘ralayotgan Tomon tiliga yoki ingliz tiliga bo‘lgan tarjima bilan ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Shartnoma maqsadlarida hujjat agar u so‘rayotgan Tomon sudyasi yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yoxud tasdiqlangan va so‘rayotgan Tomon vakolatli ma’murlarining rasmiy muhri bilan biriktirilgan bo‘lsa haqiqiy deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Qo‘shimcha axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar so‘ralayotgan Tomon ushbu Shartnomaga muvofiq tutib topshirishni amalga oshirish uchun tutib topshirish to‘g‘risida so‘rovni asoslash maqsadida taqdim etilgan axborot yetarli emas deb hisoblasa, bu Tomon o‘zi belgilagan vaqt ichida qo‘shimcha axborot taqdim etilishini talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar tutib topshirilishi so‘ralayotgan shaxs hibsda bo‘lsa, va ushbu Shartnomaga muvofiq taqdim etilgan qo‘shimcha axborot yetarli bo‘lmasa yoki belgilangan vaqt ichida olinmagan bo‘lsa, bu shaxs ozod etilishi mumkin. Uning ozod etilishi so‘rayotgan Tomonga bu shaxsni tutib topshirish to‘g‘risidagi yangi so‘rovni yuborishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shaxs 2-bandga muvofiq ozod etilayotganda so‘ralayotgan Tomon imkon qadar tez orada bu haqda so‘rayotgan Tomonni xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Vaqtincha hibsga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov yuborilgunga qadar Tomon so‘ralayotgan shaxsni vaqtincha hibsga olinishini iltimos qilishi mumkin. Vaqtincha hibsga olish to‘g‘risida so‘rov diplomatik kanallar orqali yoki bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vaqtincha hibsga olish to‘g‘risida so‘rov yozma shaklda bo‘lishi va quyidagilarni o‘zida aks ettirishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) so‘ralayotgan shaxsning tavsifi, shuningdek uning fuqaroligi to‘g‘risida axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) agar ma’lum bo‘lsa, so‘ralayotgan shaxsning turish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) ish holatlarining qisqa bayoni, jumladan, agar imkon bo‘lsa, huquqbuzarlikning vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) buzilgan qonunlarning bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) hibsga olishni yoki ushlab turishni amalga oshirish uchun order, yoxud so‘ralayotgan shaxsga nisbatan ayblov xulosasi yoki ayblov hukmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(f) so‘ralayotgan shaxsni tutib topshirish to‘g‘risida so‘rovni yuborish haqida tasdiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bunday ariza qabul qilinishi bilan so‘ralayotgan Tomon so‘ralayotgan shaxsning hibsga olinishini ta’minlash uchun zaruriy choralarni ko‘radi va so‘rayotgan Tomon natijalar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hibsga olingan shaxs ozod etiladi qachonki, so‘rayotgan Tomon 7-moddada qayd etilgan tegishli hujjatlar bilan ilova qilingan tutib topshirish to‘g‘risida so‘rovni hibsga olingan kundan boshlab qirq besh (45) kun ichida taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, agar so‘rov kelgusida olingan bo‘lsa, bu so‘ralayotgan shaxsni tutib topshirish bo‘yicha jarayon boshlanishiga to‘siq bo‘lmasligi sharti bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Yengillashtirilgan tutib topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘ralayotgan shaxs tutib topshirishni amalga oshirish yo‘riqnomasiga nisbatan shaxsning roziligi to‘g‘risida so‘ralayotgan Tomonning sud yoki boshqa vakolatli organlarini xabardor qilgan holda so‘rayotgan Tomon tutib topshirishni yengillashtirish uchun o‘z qonunchiligida ko‘zda tutilgan barcha zarur choralarni ko‘rishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Parallel so‘rovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikki yoki undan ortiq davlatlardan aynan bir shaxsni ayni bir huquqbuzarlik yoki turli huquqbuzarliklar bo‘yicha tutib topshirish to‘g‘risida so‘rov olinsa, so‘ralayotgan Tomon shaxsni bu davlatlarning qay biriga tutib topshirishini aniqlab olib, o‘z qarori to‘g‘risida boshqa davlatlarni xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shaxs tutib topshiriladigan davlatni aniqlashda so‘ralayotgan Tomon barcha shart-sharoitlarni, jumladan quyidagilarni ko‘rib chiqishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) so‘ralayotgan shaxsning fuqaroligi va odatiy turar joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) so‘rov shartnomaga muvofiq yuborilganmi yo yo‘qmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) har bir huquqbuzarlik sodir etilgan vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) so‘rayotgan davlatlarning tegishli manfaatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) huquqbuzarliklarning og‘irligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(f) jabrlanuvchining fuqaroligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) so‘rayotgan davlatlar o‘rtasida tutib topshirishning kelgusi imkoniyatlari; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(h) so‘rovlarning tegishli sanalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. So‘ralayotgan Tomon tutib topshirish to‘g‘risidagi so‘rov bo‘yicha qaror qabul qilishi bilanoq bunday qaror to‘g‘risida so‘rayotgan Tomonni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi. Tutib topshirish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etishni butunlay yoki qisman rad qilish sabablari to‘g‘risida xabar qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. So‘ralayotgan Tomon so‘ralayotgan shaxsni so‘rayotgan Tomonning tegishli ma’murlariga so‘ralayotgan Tomonning hududida belgilangan ikkala Tomon uchun qulay joyda topshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. So‘rayotgan Tomon shaxsni so‘ralayotgan Tomon hududidan so‘ralayotgan Tomon belgilaydigan ma’qul muddat ichida olib ketishi lozim va agar shaxs bu muddat ichida qabul qilinmagan bo‘lsa, so‘ralayotgan Tomon bu shaxsni ozod etishi va xuddi o‘sha huquqbuzarlik uchun topshirishni rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Topshiriladigan shaxsni Tomon olib ketishi yoki boshqa joyga ko‘chirishiga to‘sqinlik qilayotgan hollarda, bu Tomon boshqa Tomonni bu haqda xabardor etishi lozim va bu holda ushbu moddaning 3-bandi qoidalari qo‘llanilmaydi. Ikkala Tomon ushbu modda qoidalari asosida topshirish yoki boshqa joyga ko‘chirishning yangi sanasini o‘zaro belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Mulkni topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Co‘ralayotgan Tomonning qonunchiligi ruxsat bergan darajada va rioya etilishi lozim bo‘lgan uchinchi tomonlarning huquqlariga rioya qilish sharti bilan so‘ralayotgan Tomon hududida aniqlangan, huquqbuzarlik oqibatida o‘zlashtirilgan yoki so‘rayotgan Tomonning so‘roviga binoan ashyoviy dalillar sifatida talab qilinishi mumkin bo‘lgan barcha mulklar tutib topshirish amalga oshirilayotgan bo‘lsa, topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar so‘ralayotgan shaxsning o‘limi, yo‘qolib qolishi yoki qochishi oqibatida tutib topshirishning imkoni bo‘lmasa, so‘ralayotgan Tomonning so‘roviga binoan ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan mulk so‘ralayotgan Tomonga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu Tomon, so‘ralayotgan Tomon qonunchiligi talablariga muvofiq yoki uchinchi tomonlarning manfaatlarini himoya etish maqsadida topshirilgan mulkni qaytarish to‘g‘risida so‘rasa, har qanday topshirilgan mulk so‘ralayotgan Tomonga bepul qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Maxsus qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Shartnomaga ko‘ra tutib topshirilgan shaxsni so‘rayotgan Tomonda ushlab turish, ta’qib etish yoki sud javobgarligiga tortish mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tutib topshirish bo‘yicha amalga oshirilgan huquqbuzarliklar yoki aynan o‘sha dalillarga asoslanib tutib topshirish amalga oshirilgan, boshqacha nomlangan huquqbuzarliklar, agar bunday huquqbuzarlik tutib topshirishga olib kelsa, yoki unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan huquqbuzarlik o‘z ichiga olsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shaxsni tutib topshirish amalga oshirilgandan keyingi huquqbuzarliklar; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) so‘ralayotgan Tomonning vakolatli ma’murlari shaxsni ushlab turishni amalga oshirishga rozi bo‘lgan huquqbuzarliklar bo‘yicha ta’qib qilish yoki sud javobgarligiga tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning 1-bandi maqsadlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) so‘ralayotgan Tomon 7-moddada qayd etilgan hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mavjud bo‘lgan taqdirda so‘ralayotgan Tomonga tutib topshirilgan shaxsning huquqbuzarlikka taalluqli bergan ko‘rsatmalarining huquqiy yozmalari taqdim etilishi lozim; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) so‘rov ko‘rib chiqilgunga qadar so‘ralayotgan Tomon aytgan vaqt davomida tutib topshirilgan shaxs so‘rayotgan Tomon tarafidan ushlab turishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Shartnomaga ko‘ra tutib topshirilgan shaxs, uning tutib topshirilishiga qadar bo‘lgan muddatda sodir etgan huquqbuzarlik bo‘yicha so‘ralayotgan Tomonning roziligisiz uchinchi davlatga tutib topshirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlari tutib topshirilgan shaxsni ushlab turish, ta’qib qilish yoki sud javobgarligiga tortishga yoki uni uchinchi davlatga tutib topshirilishiga monelik qilmaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shaxs tutib topshirilganidan so‘ng so‘rayotgan Tomonning hududini tark etib, ixtiyoriy ravishda qaytsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) shaxs ketishi mumkin bo‘lgan kundan boshlab qirq besh kun (45) davomida so‘rayotgan Tomonning hududini tark etmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Natijalar to‘g‘risida xabar qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘rayotgan Tomon tutib topshirilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ash yoki unga nisbatan jazoni ijro etish yoxud bu shaxsni uchinchi davlatga tutib topshirish to‘g‘risida so‘ralayotgan Tomonni o‘z vaqtida xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Tranzit
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bir Tomon, uchinchi davlat tomonidan tutib topshirilgan shaxsni, boshqa Tomon hududi orqali o‘z qonunchiligida ko‘zda tutilgan tashishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida diplomatik kanallar yordamida yoki bevosita yozma so‘rov yuborish orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tranzit Tomon hududida hech qanday qo‘nish rejalashtirilmaydi degan shart bilan havo transportidan foydalanishda tranzit to‘g‘risida ruxsat olish talab etilmaydi. Bu Tomonning hududida rejalashtirilmagan qo‘nish chog‘ida boshqa Tomondan ushbu moddaning 1-bandida ko‘zda tutilganidek tranzit tashish to‘g‘risida so‘rovning taqdim etilishini talab qilib olish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. So‘ralayotgan Tomon tutib topshirish to‘g‘risidagi so‘rov bilan bog‘liq uning yurisdiksiyasidagi ishni yuritish bo‘yicha kelib chiqadigan har qanday xarajatlarni qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. So‘ralayotgan Tomon uning hududida tutib topshirilishi so‘ralayotgan shaxsning hibsga olinishi va ushlanishi yoki mulkni xatga olish hamda uni topshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. So‘rayotgan Tomon so‘ralayotgan Tomon hududidan tutib topshirilayotgan shaxsni topshirishda qilingan xarajatlar va tranzit xarajatlarini qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Maslahatlashuvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar har bir Tomonning so‘roviga ko‘ra ushbu Shartnomani talqin qilish va qo‘llash bilan bog‘liq maslahatlashuvlarni olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Koreya Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Shartnomaning alohida holatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq, shuningdek bajarish protseduralariga ko‘maklashish va yaxshilash maqsadida bir-birlari bilan maslahatlashuvlar olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Kuchga kirishi va amal qilishdan to‘xtashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari almashinuvidan so‘ng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Shartnoma u kuchga kirgan sanaga qadar va undan keyin sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tomonlarning har biri istalgan vaqtda yozma xabar qilish orqali ushbu Shartnomaning amal qilishini to‘xtatishi mumkin. Ushbu Shartnoma bunday xabarnoma yuborilgan sanadan olti (6) oy o‘tgach amal qilishdan to‘xtaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbuni tasdiqlab, o‘zlarining tegishli hukumatlari tomonidan tegishlicha vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Shartnomani imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2003-yil 12-fevralda, ikki nusxada, o‘zbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar autentikdir. Talqin qilishda har qanday kelishmovchiliklar kelib chiqsa, ingliz tilidagi matn ustunlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami, 2004-y., 3-4-son)