09.12.1992 yildagi 748-XII-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.05.2014
 LexUZ sharhi
“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 49 va 51-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarining darajali maxsus unvonlari to‘g‘risidagi Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi Nizom (ilova qilinadi) tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Ushbu Nizom prokuratura idoralarining xodimlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublika Prokuraturasi ilmiy muassasalari va o‘quv yurtlari xodimlarining darajali maxsus unvonlarini belgilash va berish tartibini belgilaydi.

Unvonning nomi

Lavozimi

Haqiqiy Davlat adliya maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori.
1-darajali Davlat adliya maslahatchisiO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari.
2-darajali Davlat adliya maslahatchisiO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini o‘rinbosarlari.
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi boshqarma va bo‘limlarining boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan boshqa prokurorlar.
Adliya katta maslahatchisiO‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining kata yordamchilari va maxsus topshiriqlar bo‘yicha yordamchilari, boshqarma va bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari, boshqarmalar tarkibidagi bo‘limlarning boshliqlari, ilmiy muassasa va o‘quv yurtining rahbari, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosarlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning o‘rinbosarlari.
Adliya maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yordamchilari, boshqarmalar tarkibiga kiruvchi bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari, boshqarmaning katta prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari va katta tergovchilari, ilmiy muassasa va o‘quv yurti rahbarining o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va sektor rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar boshqarma va bo‘limlarining boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, shahar tuman va ularga tenglashtirilgan prokurorlar.
Adliya kichik maslahatchisiQoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari hamda o‘qituvchi va ilmiy xodimlari, shahar, tuman va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning o‘rinbosarlari.
1-darajali yurist
2-darajali yurist
3-darajali yurist
Shahar va tuman prokurorlarining yordamchilari, tergovchilari (darajali unvonga ega bo‘lgan muddatga bog‘liq tarzda)
kichik yuristProkuratura idoralarida ish o‘rganayotganlar, yosh mutaxassislar, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslar va yordamchi lavozimlarda ishlayotganlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Ular halol va qonunlarning buzilishiga murosasiz bo‘lishlari, o‘z kasb vazifalarini fuqarolik matonati bilan adolatli va vijdonan bajarishlari lozim. Prokuratura xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishlari, ishda tashabbuskor bo‘lishlari, ishning sifati va samaradorligini oshirishlari, o‘z faoliyatlari orqali qonunning ustuvorligini ta’minlashga, fuqarolarning huquqiy ongini qonunlarga hurmat ruhida shakllantirishga ko‘maklashishlari lozim.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq prokuror-tergov xodimlarining, shuningdek, prokuratura o‘quv, ilmiy va boshqa muassasalarining xodimlarini mukofotlash va ularni intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.