25.11.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida konsullik konvensiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doʻstona munosabatlarni rivojlantirish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga koʻmak berishga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq hamda manfaatlarini yanada samarali himoya qilish maqsadida konsullik munosabatlarini rivojlantirish istagiga amal qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar qoʻshilgan Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi qoidalarini toʻldirish va rivojlantirish istagini izhor qilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Konvensiyada aniq koʻrsatilmagan masalalar boʻyicha xalqaro odatiy huquqlari va ikkala Ahdlashuvchi Tomon qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar normalarini qoʻllanilishini tasdiqlab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda.
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyada maqsadlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “konsullik muassasasi” har qanday bosh konsulxona, konsulxona, vitse-konsulxona yoki konsullik agentligini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “konsullik okrugi” konsullik vazifalarni bajarish uchun konsullik muassasasiga biriktirilgan nohiyani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “konsullik muassasasi rahbari” shu sifatda xizmat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “konsullik mansabdor shaxsi” shu sifatda konsullik vazifalarini bajarish yuklatilgan har qanday shaxsni, jumladan konsullik muassasasi rahbarini ham anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “konsullik xizmatchisi” konsullik muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “xizmat qiluvchi xodim” konsullik muassasasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) “konsullik muassasasi xodimlari” konsullik muassasasi mansabdor shaxslari, konsullik xizmatchilari va konsullik muassasasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) “konsullik xizmati xodimlari” konsullik muassasasi mansabdor shaxslari, (konsullik muassasasi rahbari bundan mustasno), shuningdek konsullik xizmatchilari va xizmat qiluvchi xodimlarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) “xususiy uy xizmatchisi” konsullik muassasasi xodimining faqatgina xususiy xizmatida boʻlgan shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) “oila aʼzosi” konsulxona xodimining xotini (eri), uning farzandlari va ota-onasi, yaʼni u bilan birga yashayotgan va uning qaramogʻida boʻlganlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) “konsullik binolari” kimning mulki boʻlishidan qatʼi nazar, faqatgina konsullik muassasasi uchun foydalanadigan binolar yoki ularning qismlarini, jumladan konsullik muassasasi rahbari qarorgohi hamda ushbu bino yoxud bino qismlariga xizmat qiluvchi yer maydonlarini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) “konsullik arxivlari” oʻz ichiga saqlash va saqlanishi taʼminlanishi uchun moʻljallangan barcha qogʻozlar, hujjatlar, xat-xabarlar, kitoblar, filmlar, maʼlumot toʻplash, saqlash va foydalanish texnik vositalari, konsullik muassasasining reyestrlarini, ularning maxsus raqam va xos raqamlari, kartotekalar va har qanday jihozlar bilan birgalikda anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) “yuboruvchi davlatning kemasi” yuboruvchi davlatda roʻyxatga olingan va uning davlat bayrogʻi ostida suzish huquqiga ega boʻlgan har qanday kemani anglatadi, harbiy kemalar bundan istisno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) “yuboruvchi davlatning havo kemasi” yuboruvchi davlatda roʻyxatga olingan va ushbu davlatning tanish belgilarini ishlatish huquqiga ega boʻlgan har qanday havo kemani anglatadi, harbiy havo kemalari bundan istisno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Konsullik muassasalarini ochish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuboruvchi davlatning konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlat hududida faqat qabul qiluvchi davlatning roziligi bilan ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasining manzilgohi, uning darajasi, konsullik okrugi va konsullik mansabdor shaxslarining soni yuboruchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasining manzilgohi, uning darajasi va konsullik okrugi yoki konsullik mansabdor shaxslarining sonini har qanday oʻzgarishlar yuboruvchi davlat tomonidan faqat qabul qiluvchi davlatning roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar biron bir bosh konsulxona yoki konsulxona oʻzi joylashgan aholi punktida tashqarida vitse-konsulxona yoki konsullik agentligi niyatini bildirsa, shunda ham qabul qiluvchi davlatining ruxsati kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Amal qilayotgan konsullik muassasasini tashkiliy qism hisoblanadigan devonxonani konsullik muassasasini joylashgan hududidan tashqari ochish uchun ham qabul qiluvchi davlatining aniq belgilangan roziligi ham kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Konsullik muassasasi rahbarini tayinlash va faoliyatini boshlashga ruxsat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasi rahbarini tayinlashdan oldin yuboruvchi davlat diplomatik yoki boshqa tegishli kanallar orqali tavsiya qilingan shaxsga nisbatan qabul qiluvchi davlatning roziligini olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qabul qiluvchi davlat biron bir shaxsni konsullik muassasasini rahbari tayinlanishiga rozilik bermasa, u yuboruvchi davlatga bunday rad etishning sabablarini izohlab berishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlatdan dastlabki roziligi olingandan soʻng, yuboruvchi davlat diplomatik kanallar orqali qabul qiluvchi davlatning tashqi ishlar vaziriga konsullik muassasasi rahbarini tayinlash toʻgʻrisida konsullik patenti yoki boshqa aynan shunday hujjatni yuboradi. Ushbu hujjatda konsullik muassasasi rahbarining toʻla ismi va familiyasi, uning fuqaroligi, darajasi, u konsullik vazifalarni bajaradigan konsullik okrugi, shuningdek konsullik muassasasining manzilgohi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasi rahbari etib tayinlanishi haqida konsullik patenti yoki boshqa aynan shunday hujjat olgandan soʻng unga ekzekvatura deb nomlanadigan ruxsatni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekzekvatura berishga rad etayotgan qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga bunday rad etishning sabablarini izohlab berishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 5-bandida va 4-moddada koʻzda tutilgan holatlardan tashqari, konsullik muassasasi rahbari ekzekvaturani olmasdan oʻz vazifalarini bajarishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qabul qiluvchi davlat ekzekvatura bergunga qadar konsullik muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini vaqtincha bajarishiga ruxsat berishi mumkin. Mazkur holda ushbu Konvensiyaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsullik muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini bajarishga ruxsat berilishi bilanoq, bu vaqtinchalik boʻlsa ham, qabul qiluvchi davlat bu haqda konsullik okrugining vakolatli organlarini zudlik bilan xabar beradi. U konsullik muassasasi rahbariga oʻz vazifasini bajarishi va ushbu Konvensiyadan kelib chiquvchi afzalliklardan foydalanish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Konsullik muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar konsullik muassasasi rahbari oʻz vazifasini bajara olmasa yoki konsullik muassasasi rahbari oʻrni boʻsh boʻlsa, yuboruchi davlat konsullik muassasasi rahbarining vazifasini vaqtinchalik qabul qiluvchi davlatdagi oʻzini ushbu yoki boshqa konsulxonasining konsullik mansabdor shaxsiga yoki qabul qiluvchi davlatdagi oʻzni diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimiga vaqtincha konsullik muassasasi rahbari vazifasini bajarishni topshirishi mumkin. Konsullik muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchining toʻliq ismi va familiyasi, qabul qiluvchi davlatning tashqi ishlar vazirligiga yoki ushbu vazirlik tomondan koʻrsatilgan organga diplomatik vakolatxona orqali yozma ravishda xabar qilinadi. Agar qabul qiluvchi davlatda bunday vakolatxona mavjud boʻlmasa, xabarni konsullik muassasasi rahbari yoki u agar buni qila olmasa, yuboruvchi davlatning boshqa tegishli organi qilishi mumkin. Qoidaga koʻra, ushbu xabar oldindan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchi ushbu Konvensiyada konsullik muassasasi rahbariga beriladigan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq yuboruvchi davlat konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida qabul qiluvchi davlatda yuboruvchi davlatning diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlari aʼzosi tayinlansa, bu shaxs oʻzining diplomatik maqomiga muvofiq diplomatik imtiyozlar va immunitetlardan foydalanishni davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Konsullik xizmati xodimlarini tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuboruvchi davlat konsullik xizmati xodimlarini bemalol tayinlashga haqdir, ushbu Konvensiyaning 7- va 8-moddalarida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlat xohlagan vaqtda ushbu Konvensiya 8-modda 3-bandida koʻzda tutilgan huquqlarini amalga oshirishi uchun yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatga konsullik muassasasi rahbaridan tashqari barcha konsullik mansabdor shaxslarning toʻliq ismi va familiyasi, ularning darajasi va toifasi toʻgʻrisida oldindan xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Ishga tayinlanish, kelish va joʻnab ketish toʻgʻrisida xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatning Tashqi ishlar vazirligini yoki ushbu vazirlik tomondan koʻrsatilgan organini quyidagilar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik muassasasi xodimlarining ishga tayinlanishi, ularning tayinlanganidan keyin konsullik muassasasiga kelishi, joʻnab ketishi yoki ularning vazifalari tugatilishi hamda konsullik muassasasida ishlash mobaynida ularning maqomidagi daxldor boʻlgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullik muassasasi xodimining oila aʼzosi boʻlgan va u bilan doimo birga yashayotgan shaxsning kelishi yoki joʻnab ketishi va tegishli holatlarda, biron bir shaxs oila aʼzoligiga kirgani yoki chiqqanligi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xususiy uy xizmatchilarning kelishi va joʻnab ketishi hamda tegishli holatlarda, ularning shu sifatida xizmatlarining tugatilishi toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qabul qiluvchi davlatda doimiy yashayotgan, imtiyoz va immunitetlardan foydalanish huquqlariga ega boʻlgan konsullik muassasasi xodimlari yoki xususiy uy xizmatchisi sifatida yollangan yoki boʻshatilgan shaxslar toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kelish yoki joʻnab ketish toʻgʻrisidagi xabar imkoniyatga qarab oldindan berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Konsullik mansabdor shaxslarning fuqaroligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umuman olganda, konsullik mansabdor shaxslari yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlatning aniq izhor etilgan roziligi va bu rozilik har qanday vaqtda bekor qilinishi mumkin boʻlgan xolda, ushbu davlatning fuqarolaridan konsullik mansabdor shaxslar tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlat uchinchi davlat va bir vaqtda yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlmagan fuqarolarga ham shunga oʻxshash huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishini aytib oʻtishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
“Persona non grata” deb topilgan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlat istalgan vaqtda u yoki bu konsullik mansabdor shaxsning “persona non grata” yoki konsullik xizmati xodimlarining birortasini nomaqbul shaxs deb topganligi toʻgʻrisida yuboruvchi davlatni xabardor qilishi mumkin. Bunday holda yuboruvchi davlat oqilona muddat ichida ushbu shaxsni chaqirib olishi yoki uning konsullik muassasasidagi vazifalarini toʻxtatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar yuboruvchi davlat ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan majburiyatlarni oqilona muddat ichida bajarishdan voz kechsa yoki bajara olmasa, qabul qiluvchi davlat bu shaxsni ekzekvaturasini bekor qilishi yoki konsullik xizmati xodimi deb tan olishdan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimi sifatida tayinlangan shaxs qabul qiluvchi davlat hududiga kelishidan oldin yoki, agar ushbu davlatga kelib turgan boʻlsa, u konsullik muassasasida oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishgunga qadar, nomaqbul shaxs deb eʼlon qilinishi mumkin. Har qanday bunday vaziyatlarda yuboruvchi davlat uni tayinlanishini bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1- va 3-bandlarida koʻrsatilgan holatlarni qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga oʻz qarorining sabablarini izohlab berishga majbur emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Konsullik muassasasi xodimlari uchun konsullik va turar joylarni sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlatning qonunlariga muvofiq va ushbu davlatning roziligi bilan yuboruvchi davlat oʻz nomidan yoki u tomonidan vakolatlangan jismoniy yoxud yuridik shaxs orqali quyidagilarni sotib olish, ijaraga olish va boshqa biron bir shaklda egalik qilish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik muassasasi uchun moʻljallangan, qabul qiluvchi davlatning fuqarosi boʻlmagan va ushbu davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan har qanday konsullik mansabdor shaxs, konsullik xizmatchi yoki xizmat qiluvchi xodimi uchun turar joy binosini yoki binoning bir qismini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullik muassasasi va turar joy binosini qurish uchun moʻljallangan yer maydonini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq, yuboruvchi davlat konsullik muassasi yoki turar joy binosi uchun moʻljallangan binoni yoki binoning bir qismini yoxud ularni qurish uchun ajratilgan yer maydonini yaxshilash va muvofiqlashtirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlat, zarur boʻlganda, ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan huquqlarni amalga yuboruvchi davlatga tegishli yordam va koʻmak koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddadagi hech qaysi qoida, qabul qiluvchi davlatning qurilish, shaharni rejalashtirish, tumanlarga boʻlish, yerdan foydalanish, tegishli yer maydonlar, binolar va binolarning qismlari joylashgan aholi punktlarida madaniy yodgorliklarni himoya qilishni tartibga soluvchi qonunlarga rioya etmagani uchun yuboruvchi davlatni javobgarlikdan ozod etadi deb sharhlanmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Faxriy konsullik mansabdor shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ikkala Ahdlashuvchi Tomon faxriy konsullik mansabdor shaxslarni tayinlashga kelishib olsalar, ular faxriy konsullik mansabdor shaxsga nisbatan qoʻllanadigan rejimni aniqlash maqsadida ushbu Konvensiya qoidalari hamda xalqaro huquq meʼyorlari asosida tegishli kelishuvlarni tuzish masalasi boʻyicha oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Konsullik muassasalari va ularning xodimlarining ishiga koʻmak koʻrsatish va ularni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasiga oʻz vazifalarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. U konsullik muassasasi xodimlarini himoya qiladi va ushbu Konvensiya qoidalariga asosan xodimlarga konsullik oʻz vazifalarini bajarish, imtiyoz va immunitetlardan foydalanish uchun zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Davlat bayrogʻi va gerbidan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq yuboruvchi davlat oʻz davlat bayrogʻi va gerbidan qabul qiluvchi davlatda foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuboruvchi davlat bayrogʻi va uning gerbi konsullik muassasasi joylashgan binosiga, uning kirish eshiklari, shuningdek konsullik muassasasi rahbari qarorgohiga hamda xizmat vazifalarni bajarayotganda transport vositalariga oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlardan foydalanishda, yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlat qonunlariga va urf-odatlariga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslar turar joylarining daxlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslarining turar joylari daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlat vakolatli organlarining vakillari faqat konsullik ishlari amalga oshirilayotgan binolarga konsullik muassasasi rahbari yoki qabul qiluvchi davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbarining yoxud ularning biron-bir tomondan tayinlangan shaxsning ruxsatisiz kira olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlatga konsullik binolari har qanday bostirib kirishdan yoki zarar yetkazishdan himoya qilish hamda konsullik muassasasi tinchligini har qanday buzish yoki uning qadr-qimmatini yerga urishning oldini olish boʻyicha maxsus majburiyat yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik muassasasi binosi, uning asbob-anjomlari va konsullik muassasasining mulki, shuningdek uning transport vositalari majburiy ravishda davlat mudofaasi yoki jamoat ehtiyojlari maqsadlarida olib qoʻyishning har qanday turiga qarshi immunitetga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlarining qoidalari konsullik mansabdor shaxslarining yashaydigan binolariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Konsullik arxivlari va hujjatlarning daxlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik arxivlar va hujjatlari ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, hamisha daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Konsullik muassasasi binolarining soliq va yigʻimlardan ozod qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuboruvchi davlat egalik qilgan yoki ijaraga olgan, yoki uning nomidan faoliyatni yuritadigan har qanday shaxs barcha davlat, tuman va mahalliy soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi, bunda alohida turdagi xizmatlar uchun toʻlanadigan toʻlovlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan soliq istisnolar yuboruvchi davlat yoki uning nomidan faoliyat yuritadigan shaxslar bilan shartnoma tuzgan shaxsdan qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq olinadigan soliq va yigʻimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Harakat erkinligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish taqiqlangan yoki kirish davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan tartibga solingan hududlar toʻgʻrisidagi qonunlariga zid boʻlmagani uchun qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasining barcha xodimlari va ularning oila aʼzolariga uning hududida harakatlanish erkinligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Aloqa erkinligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasining barcha rasmiy maqsadlar uchun aloqalar erkinligiga ruxsat etadi va himoya qiladi. Konsullik muassasasi yuboruvchi davlat hukumati, diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsullik muassasalari bilan aloqa qilishda, ular qayerda joylashgan boʻlishlaridan qatʼi nazar, barcha mos keladigan vositalardan, jumladan: diplomatik va konsullik kuryerlaridan, diplomatik va konsullik valizalaridan, kodlangan yoki shifrlangan depeshalardan foydalanishi mumkin. Biroq, konsullik muassasasi faqat qabul qiluvchi davlat roziligi bilan radiouzatgich oʻrnatishi va undan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasining rasmiy xat-xabarlari daxlsizdir. Rasmiy xat-xabarlar tushunchasi ostida konsulxona konsullik va uning vazifalariga taalluqli barcha xat-xabarlar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik valizasi uning xarakaterini koʻrsatuvchi koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlishi va faqatgina rasmiy xat-xabarlar va hujjatlar yoki faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan ashyolardan iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik valizasi ochilishi ham, ushlanishi ham mumkin emas. Biroq, qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralarida konsulxona valizasi ichida ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan hujjat va ashyolardan tashqari boshqa biror narsaning borligiga jiddiy asoslar boʻlsa, ular valizani ularning huzurida yuboruvchi davlat vakili tomonidan ochilishini talab qilishlari mumkin. Agar yuboruvchi davlat vakillari bu talabni bajarishdan bosh tortsalar, valiza joʻnatilgan joyiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik kuryeri, uning maqomini va konsullik valizasini tashkil qiluvchi paketlar sonini koʻrsatuvchi rasmiy hujjat bilan taʼminlanishi lozim. Qabul qiluvchi davlat roziligi mavjud boʻlgan holatdan tashqari, u na qabul qiluvchi davlat fuqarosi, na, agar yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlmasa, qabul qiluvchi davlatda doimiy yashayotgan shaxs boʻla olmaydi. Oʻz vazifalarini bajarish jarayonida u qabul qiluvchi davlatning himoyasida boʻladi. U shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadi va qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar, uni ushlash hamda hibsga olish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuboruvchi davlat, uning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi konsullik kuryerlarni ad hos tarzida tayinlashi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ushbu moddaning 5-bandi qoidalari qoʻllaniladi, biroq bunday kuryerning immunitetlari unga topshirilgan konsullik valizasini manzilga yetkazib topshirishi bilan tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsullik valizasi kelishiga ruxsat berilgan manzilga borayotgan havo kemasi komandiriga yoki dengiz kemasi kapitaniga topshirilishi mumkin. Bu komandir yoki kapitan valizani tashkil etgan joylarning soni koʻrsatilgan rasmiy hujjatga ega boʻlishi kerak, ammo u konsullik kuryeri boʻlib hisoblanmaydi. Konsullik muassasasi oʻz xodimlaridan birini havo kemasi komandiri yoki dengiz kemasi kapitaniga konsulxona valizasini bevosita va bemalol topshirish va ulardan konsulxona valizasini qabul qilib olish uchun yuborishi mumkin. Konsulxona valizasini olish-berish tartibi qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining shaxsiy daxlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar. Ushbu Konvensiyaning 32-moddasida koʻrsatilgan hollardan tashqari, ularni ushlash hamda hibsga olish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlat konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolariga hurmat bilan qarashi va ularning shaxsiyati, erkinligi va qadr-qimmatiga qilinadigan tajovuzlarga qarshi zarur choralarni koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Yurisdiksiyadan immunitet
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari quyida keltirilgan fuqarolik daʼvolaridan tashqari holatlarda qabul qiluvchi davlatda jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyaga qarshi immunitetga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuboruvchi davlat agenti sifatida majburiyatni toʻgʻridan toʻgʻri yoki qisman olmasdan konsullik mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan holatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qiluvchi davlatda yoʻl transport vositasi, kema yoki havo kemasi tomonidan uchinchi tomonga zarar yetkazilgan holatlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qabul qiluvchi davlatdagi shaxsiy koʻchmas mulkka nisbatan mol-mulk daʼvosi koʻrilayotgan holatlarda, agar konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat nomidan uning ustidan egalik qilmayotgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) merosga nisbatan konsullik mansabdor shaxsi vasiyat ijrochisi, meros mulki ustidan vasiylik qiluvchi, merosxoʻr yoki rad qilingan merosni oluvchi sifatida yuboruvchi davlat nomidan emas, balki xususiy shaxs boʻlib daʼvo qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aliment toʻlash majburiyatidan kelib chiqadigan daʼvo hollarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan fuqarolik daʼvolaridan tashqari holatlarda, konsullik xizmatchilari xizmat doirasida amalga oshirayotgan faoliyatlariga nisbatan qabul qiluvchi davlatda jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyaga qarshi immunitetga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Ushlanish, hibsga olinish va sudda ishni koʻrib chiqish toʻgʻrisida xabar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlgan yoki unda doimiy yashayotgan konsullik muassasasi xizmatchisi va xizmat qiluvchi xodimi, shuningdek konsullik mansabdor shaxsi ushlangan, hibsga olingan taqdirda yoki unga nisbatan jinoiy ishi qoʻzgʻatilgan holatda, qabul qiluvchi davlat ushbu haqda konsullik muassasasi rahbarini zudlik bilan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Guvohlik koʻrsatmalarini berish majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlatda sud yoki maʼmuriy ishlar yurgizilayotganda guvohlik koʻrsatmalarini berish uchun chaqirilishi mumkin. Konsullik xizmatchisi yoki xizmat koʻrsatuvchi xodim guvohlik koʻrsatmalarni berishdan bosh tortishlari mumkin emas, ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno. Agar konsulxona muassasasi xodimi guvohlik koʻrsatmalari berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majburiy yoki jazo choralari koʻrilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasi xodimining koʻrsatmasi kerak boʻlgan organ, bu shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga xalaqit bermasliklari lozim. U oʻsha shaxsning koʻrsatmalarini imkoniyat boʻlganida uning yashash joyida yoki konsullik muassasasi binosida eshitishlari yoxud undan yozma ravishda koʻrsatmalarni qabul qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimlari oʻzlarining vazifalariga oid masalalar boʻyicha koʻrsatma berishga yoki ularning vazifalariga oid hujjat va xat-xabarlarini koʻrsatishga majbur emas. Ular yuboruvchi davlat qonunlarini talqin qiluvchi koʻrsatmalarni ham berishlari majburiy emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuboruvchi davlat ushbu Konvensiyaning 18-, 19- va 21-moddalarida koʻrsatilgan, konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari foydalanadigan imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan holatdan tashqari, bunday voz kechish aniq ifodalangan boʻlishi va bu toʻgʻrida qabul qiluvchi davlatga yozma ravishda bildirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimi tomonidan ushbu Konvensiyaning 19-moddasiga muvofiq yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan hollarda fuqarolik yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatsa, asosiy daʼvo bilan bogʻliq qarshi daʼvo nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitet havola qilish huquqidan mahrum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolik yoki maʼmuriy ishlarga nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan voz kechish sud qarorlarining ijrosi boʻyicha immunitetdan voz kechishni anglatmaydi. Bunga nisbatan yozma ravishda alohida voz kechish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Chet elliklarning roʻyxatdan oʻtishi va yashash uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari, konsullik xizmatchilari va ularning oila aʼzolari qabul qiluvchi davlatning chet elliklarni roʻyxatdan oʻtishi va yashashi uchun ruxsat olinishiga oid qonunlarida koʻrsatilgan barcha majburiyatlardan hamda ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolariga konsullik muassasasining xodimlari va oila aʼzolarining maqomlarini tasdiqlovchi shaxsiy guvohnomalar bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1-bandining qoidalari yuboruvchi davlatning doimiy xizmatchisi boʻlmagan, qabul qilinuvchi davlatda daromad olish maqsadida xususiy faoliyat koʻrsatayotgan konsullik xizmatchilari, shuningdek ularning oila aʼzolariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Ishlash uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasi xodimlari yuboruvchi davlat uchun ishlarni bajarish jarayonida qabul qiluvchi davlat chet elliklarni ishga yollashga oid qonunlari bilan oʻrnatilgan ishga olish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxslari va konsullik xizmatchilarining xususiy uy xizmatchilari, agar ular qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida hech qanday boshqa faoliyat bilan shugʻullanmasalar, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Ijtimoiy taʼminotga doir istisnolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlatda amalda boʻlgan ijtimoiy taʼminotga taalluqli qoidalar konsullik muassasasi xodimlariga va ularning oila aʼzolariga ular yuboruvchi davlat uchun bajaradigan ish borasida taalluqli boʻlmaydi, ushbu moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan hollar bundan istisno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan istisnolar, jumladan faqatgina konsulxona muassasasi xodimlarining xizmatida boʻlgan xususiy uy xizmatchilariga taalluqli ham boʻladi agar quyidagi shartlar bajarilsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ular qabul qiluvchi davlat fuqarolari boʻlmasalar va unda doimiy ravishda istiqomat qilmasalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ularga yuboruvchi davlatda yoki uchinchi davlatda amal qiluvchi ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qoidalar tegishli boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan qoidalar taalluqli boʻlmaydigan shaxslarni yollovchi konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq yollovchilarga yuklatiladigan majburiyatlarni bajarishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻzda tutilgan istisnolar qabul qiluvchi davlatda ijtimoiy taʼminot tizimida koʻngilli ishtirok etishga, bunday ishtirok etishga bu davlat ruxsat berishi sharti bilan toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Soliqlarga doir istisnolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari va konsulxona xizmatchilari, shuningdek ularning oila aʼzolari barcha shaxsiy va mulkiy, davlat, tuman va munitsipal soliq va bojlardan ozod etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar va xizmat bahosiga odatda kiritiladigan bilvosita soliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qiluvchi davlat hududida joylashgan xususiy koʻchmas mulkdan undiriladigan yigʻim va soliqlar, 15-moddaning qoidalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qabul qiluvchi davlat tomonidan meros mulkidan undiriladigan soliqlar yoki meros olish bilan bogʻliq bojlar yoki mulkning oʻtishiga soliqlar, 28-modda b-bandining qoidalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qabul qiluvchi davlatda manbaga ega boʻlgan sarmoyaning foizini oʻz ichiga olgan xususiy daromadlardan undiriladigan soliq va yigʻimlar, shuningdek qabul qiluvchi davlatda joylashgan savdo yoki moliyaviy korxonalardagi sarflangan sarmoyalardan kelib tushgan kirimdan undiriladigan soliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aniq xizmat turlari uchun olinadigan yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) roʻyxatga olish, sud va reyestrlar bojlari, ipoteka va gerb yigʻimlari, 15-moddaning qoidalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻz ishlari uchun oladigan ish haqidan undiriladigan soliq, yigʻim va bojlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlatda ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinmagan shaxslarni yollagan konsullik muassasasi xodimlari bu davlatning daromad soligʻi solinishini belgilagan qonunlardagi yollovchilarga yuklaydigan majburiyatlarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Bojxona bojlar va koʻrigidan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlat oʻz qonunlariga muvofiq quyidagilarni olib kirishga ruxsat beradi hamda saqlash, tashish va shunga oʻxshash xizmatlar uchun yigʻimlardan tashqari barcha bojxona bojlari, soliqlari va bu bilan bogʻliq yigʻimlardan ozod qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik muassasasining rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullik mansabdor shaxsi yoki u bilan birga istiqomat qiluvchi oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi jumladan uylarni jihozlash uchun moʻljallangan buyumlarni. Isteʼmol tovarlarining miqdori tegishli shaxslarning bevosita foydalanishi uchun zarur miqdordan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik xizmatchilari dastlabki joylashishlari vaqtida olib kirilgan buyumlarga nisbatan ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyoz va ozod qilishlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxslari va ular bilan birga yashovchi ularning oila aʼzolarining bu shaxslar bilan birga keltirilayotgan shaxsiy yuklari koʻrigidan ozod etiladi. Ushbu moddaning 1-bandi b-kichik bandida koʻrsatilgan buyumlardan boshqa yoki olib kelish va olib chiqish qabul qiluvchi davlat qonunlarida yoxud uning karantin qoidalarida taqiqlangan narsalar bor deb hisoblashga jiddiy asoslar mavjud boʻlganida u tekshirilishi mumkin. Bunday tekshirish faqatgina tegishli konsullik mansabdor shaxsi yoki uning oila aʼzolari ishtirokida oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Konsullik muassasasi xodimlari yoki ularning oila aʼzolarining meros mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi vafot etgan holda, qabul qiluvchi davlat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vafot etgan shaxsning qabul qiluvchi davlatda sotib olgan va u vafot etgan vaqtda olib ketilishi man qilingan mulkdan tashqari koʻchar mulkini olib ketishga ruxsat beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) vafot etgan shaxs qabul qiluvchi davlatda konsullik muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi boʻlganligi sababli, bu davlatda joylashgan merosidan undiriladigan davlat yoki munitsipal soliqlarini va koʻchar mulkiga merosxoʻrlik qilish uchun olinadigan undirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Shaxsiy majburiylikdan ozod etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolarini, har qanday shaxsiy majburiylikdan va ijtimoiy majburiyatlardan, ularning qanday mazmunga ega boʻlishdan qatʼi nazar, rekvizitsiya, kontributsiya va harbiy qoʻnoq kabi harbiy majburiylikdan ozod etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Konsullik imtiyozlari va immunitetlarning boshlanishi va tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasining har bir xodimi ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlat hududiga kirib oʻz ish joyiga ketayotgan vaqtdan boshlab, yoki u shu davlat hududida boʻlsa, oʻz vazifasini bajarishga kirishgan paytdan boshlab foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasi xodimining oila aʼzolari va uning shaxsiy uy xizmatchilari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq konsullik muassasasi xodimiga imtiyoz va immunitetlar berilgan muddatdan boshlab yoki ularning qabul qiluvchi davlat hududiga kirib kelish vaqtidan boshlab ular uning oila aʼzolari yoki xususiy uy xizmatchilari hisoblana boshlagan paytdan, bundan nima avvalroq boʻlganligiga qarab, foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimining vazifasi tugaganda, uning imtiyoz va immunitetlari, hamda uning oila aʼzolari yoki shaxsiy uy xizmatchilarining imtiyoz va immunitetlari ham odatda mazkur shaxsning qabul qiluvchi davlatni tark etishi bilanoq toʻxtaydi yoki buning uchun ajratilgan oqilona muddat tugagunga qadar qaysi fursat avvalroq kelishiga qarab, hatto qurolli toʻqnashuv holatida ham ularning imtiyoz va immunitetlari saqlanib qolinadi. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning imtiyoz va immunitetlari ular konsullik muassasasi xodimining oila aʼzosi boʻlishdan toʻxtaganlarida yoki shaxsiy xizmatlari boʻshashlari bilan toʻxtatiladi, ammo bunday shaxslar qabul qiluvchi davlatni oqilona muddat ichida tark etishni koʻzlagan boʻlsalar, ularning imtiyoz va immunitetlari joʻnab ketgunlariga qadar saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Biroq konsullik mansabdor shaxsi yoki konsullik xizmatchisi tomonidan oʻzining vazifalarini bajarish jarayonida amalga oshirayotgan harakatlariga nisbatan yurisdiksiyadan immunitet maʼlum bir muddat bilan cheklanmagan holda amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik muassasasi xodimi vafot etgan holda, uning oila aʼzolari berilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketgunga qadar yoki qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketish uchun oqilona muddat oʻtgunga qadar, bundan nima avvalroq boʻlganligiga qarab, foydalanishda davom etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Qabul qiluvchi davlat qonunlarini hurmat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Imtiyoz va immunitetlardan foydalanuvchi har bir shaxs oʻzining imtiyoz va immunitetlariga ziyon yetkazmasdan qabul qiluvchi davlat qonunlarini hurmat qilishi shart. Shuningdek, u bu davlatning ichki ishlariga aralashmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik binolaridan konsullik vazifalarini bajarishga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandidagi qoidalar binoning konsulxona joylashgan qismida konsullik muassasasi foydalanayotgan xonalardan boʻlak ravishda ajratilgan devonxona va boshqa idora yoki tashkilotni joylashtirish ehtimolini inkor qilmaydi. Bu holda bunday devonxonalar ushbu Konvensiyaga muvofiq konsullik muassasasining qismi boʻlib hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik muassasasi xodimlari yoʻl transport vositalari, kema va havo kemasidan foydalanish tufayli uchinchi shaxsga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan sugʻurta qilish borasidagi qabul qiluvchi davlatning qonunlaridan kelib chiqadigan barcha talablarga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik mansabdor shaxslari shaxsiy daromad olish maqsadida qabul qiluvchi davlatda tijorat va kasbiy faoliyat bilan shugʻullanmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida xususiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi konsullik xizmatchisi yoki xizmat qiluvchi xodimga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu bandning a-kichik bandida koʻrsatilgan shaxsning oila aʼzolari yoki shaxsiy uy xizmatchilariga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) konsullik muassasasi xodimining daromad olish maqsadida qabul qiluvchi davlatda xususiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi oila aʼzolariga nisbatan berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Qabul qiluvchi davlat fuqarolari va unda doimiy yashovchi shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar qabul qiluvchi davlat fuqarosi yoki unda doimiy yashovchi boʻlgan konsullik mansabdor shaxsga qabul qiluvchi davlat qoʻshimcha afzallik, imtiyoz va immunitetlarni taqdim etmasa, ular 21-moddaning 3-bandida nazarda tutilgan oʻzining faoliyatini amalga oshirish chogʻida rasmiy harakatlarga va imtiyozlarga nisbatan yurisdiksiyadan immuniteti va shaxsiy daxlsizligidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu konsullik mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish, sud ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, konsullik harakatlarini amalga oshirishda imkon darajasida taʼsir etmasligi lozim, hibsga olish yoki ushlash hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar qabul qiluvchi davlat fuqarolari yoki unda doimiy yashovchi boʻlgan konsullik muassasasining boshqa xodimlari, ularning oila aʼzolari va ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan konsullik mansabdor shaxsning oila aʼzolari faqat qabul qiluvchi davlat tomonidan taqdim etilgan darajasidagi afzallik, imtiyoz va imunitetlardan foydalanadilar. Qabul qiluvchi davlat fuqarolari yoki unda doimiy yashovchi boʻlgan konsullik muassasasi xodimlarining oila aʼzolari ham qabul qiluvchi davlat tomonidan taqdim etilgan darajasidagi afzallik, imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lekin qabul qiluvchi davlat ushbu shaxslarga nisbatan oʻz yurisdiksiyani amalga oshirishda konsullik muassasasi vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Konsullik vazifalarini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik vazifalari konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq konsullik vazifalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan ham bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarining bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya qoidalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalari bajarilgan hollarda, vaziyatdan kelib chiqib tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik vazifalarni bajarish topshirilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining ismi va familiyalari qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligiga yoki ushbu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik vazifalarni bajarish doirasida diplomatik vakolatxona, qabul qiluvchi davlatning ham mahalliy, ham markaziy maʼmuriyatlariga qabul qiluvchi davlat qonunlari va anʼanalari ruxsat bergan darajada murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining imtiyoz va immunitetlari diplomatik aloqalarga tegishli xalqaro huquq normalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda
Konsullik vazifalarining konsullik okrugida va tashqarisida, uchinchi davlatda yoki uchinchi davlat nomidan bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxs oʻz konsullik okrugida ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan konsullik vazifalarini bajarish huquqiga ega. Konsullik mansabdor shaxs yuboruvchi davlat tomonidan topshirilgan, qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmagan yoki qabul qiluvchi davlatning hech qanday eʼtirozi boʻlmagan yoki ushbu harakatlar yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida harakatdagi xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlat roziligiga binoan konsullik vazifalarini oʻzining konsullik okrugidan tashqarida ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar qabul qiluvchi davlatning qatʼiy qarshiligi boʻlmasa, yuboruvchi davlat manfaatdor davlatlarni xabardor qilganidan soʻng qabul qiluvchi davlatda ochilgan konsullik muassasasiga uchinchi davlatda konsullik funksiyalarini bajarishni topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar qabul qiluvchi davlatning eʼtirozi boʻlmasa, yuboruvchi davlat konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlatni xabardor qilganidan soʻng ushbu davlatda uchinchi davlat nomidan konsullik vazifalarni bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda
Yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslarining manfaatlarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlatda xalqaro normalar doirasida yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslari manfaatlarini himoya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda
Yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi savdo, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, turistik, ekologik, ilmiy-texnikaviy, axborot, madaniy, insonparvarlik, sport va boshqa aloqalarini rivojlantirishga hamda ular oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni boshqa yoʻllar bilan rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda
Axborot sohasidagi vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlatdagi savdo, iqtisodiy, madaniy va fan sohasidagi rivojlanish va uning sharoitlarini barcha qonuniy yoʻllar bilan aniqlashi, bular toʻgʻrisida yuboruvchi davlat hukumatini xabardor qilishi hamda manfaatdor shaxslarga maʼlumot taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda
Pasportlar va vizalar bilan bogʻliq vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs yuboruvchi davlat fuqarolariga pasportini yoki boshqa chet el safar hujjatlarni berish, bekor qilish, unga oʻzgartirish kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish, olib qoʻyish yoki ushlab turishi, shuningdek yuboruvchi davlat hududiga borish uchun vizalarni berish, amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilishi hamda yuboruvchi davlat qonunlariga muvofiq ularga kerakli oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda
Yuboruvchi davlat fuqarolari bilan aloqalar va ushbu fuqarolarga yordam koʻrsatish va koʻmaklashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻzining konsullik okrugida yuboruvchi davlat fuqarolari bilan erkin munosabatda boʻlish, ularga maslahatlar berish va har qanday yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, shu bilan birga ularga huquqiy yordam koʻrsatish yoki huquqiy yordam koʻrsatish uchun choralar koʻrishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlat fuqarolarining konsullik mansabdor shaxs bilan aloqalarini hech qanday yoʻl bilan chegaralamaydi va ularning konsullik muassasasiga kirishlariga toʻsqinlik qilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qiluvchi davlatda amalda boʻlgan amaliyot va tartibni inobatga olgan holda, yuboruvchi davlat fuqarolari oʻz huquq va manfaatlarini oʻz vaqtida himoya qila olmaganligi va boshqa sabablarga koʻra qabul qiluvchi davlat qonunlariga binoan ushbu fuqarolarning huquq va manfaatlarini chegaralashda oldindan koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni olish maqsadida yuboruvchi davlat fuqarolarining sud yoki boshqa organlar oldidagi vakilligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs oldidagi vakillik ushbu shaxs oʻzining vakilini tayinlaganidan yoki oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻz qoʻliga olganidan soʻng tugatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuboruvchi davlat fuqarolarining yashash sharoitini yoki ularga insonparvarlik yordamini koʻrsatish maqsadida ularning yashash joylarini aniqlashda hamda bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirib topishda vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda
Yuboruvchi davlat fuqarolarini hibsga olish va ularni ushlash borasidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar yuboruvchi davlatning biron-bir fuqarosi konsullik okrugi hududida hibsga olingan boʻlsa, u holda qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari bu haqda kechiktirmasdan yuboruvchi davlat konsullik muassasasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuboruvchi davlatning hibsga olingan fuqarosini ushbu konsullik muassasasi nomiga yoʻllayotgan har qanday murojaati qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan kechiktirilmasdan bilan yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxs yuboruvchi davlatning hibsdagi fuqarosi bilan suhbat oʻtkazish, unga xabarlarni va boshqa pochta joʻnatmalarini topshirish yoki ularni olish hamda uning yuridik vakilligini taʼminlash choralarini amalga oshirish huquqiga ega. Qabul qiluvchi davlat ushbu uchrashuvlarning birinchisiga ruxsatni imkon qadar qisqa muddat ichida beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyinga uchrashuvlarga ruxsat qabul qiluvchi davlat qonunchiligi doirasida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik mansabdor shaxslari yuboruvchi davlatning fuqarosi nomidan har qanday choralar koʻrishdan, agar mazkur fuqaro konsullik konsulxona mansabdor shaxsining ishtirokida ochiqdan-ochiq bunday harakatlarga eʼtiroz bildirsa, betaraf qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatning hibsdagi yoki sudga havola qilingan yoki boshqa ish koʻrishga taalluqli boʻlgan fuqarolarini ushbu moddaning qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu moddada hibsdagi shaxs oʻz ichiga qabul qiluvchi davlat hududida qoʻriqda saqlanayotgan, hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan, shaxs erkinligini chegaralovchi shu kabi boshqa holatlarni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu moddada bayon qilingan huquqlar, nazarda tutilgan moʻljallangan maqsadlarga toʻliq erishish imkonini bergan taqdirda, qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda
Notarius vazifalarini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu harakatlar qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmasa, konsullik mansabdor shaxs yuboruvchi davlat qonunlariga tayangan holda notarius vazifalarini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda
Merosga daxldor vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari mavjud meros mulki, agar vafot etgan shaxs yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa, hamda vafot etgan shaxs fuqaroligidan qatʼi nazar, qoldirilgan mulk merosxoʻri yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa, meros mulki, merosxoʻrlar va vasiyatnoma toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni konsullik mansabdor shaxsga zudlik bilan xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsning qabul qiluvchi davlat hududida merosga daxldor vazifalari qabul qiluvchi davlat qonunlari va xalqaro huquq normalariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda
Fuqarolik holati masalalariga daxldor vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuboruvchi davlat fuqarolarining tugʻilish va oʻlimini qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shaxslarning nikohlarini qayd etish, agar nikoh ahdini rasmiylashtirayotgan har ikkalasi yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa va bu uning qonunlariga zid boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tugʻilish, oʻlim va nikoh tuzish borasidagi hamda yuboruvchi davlat fuqarolarining oilaviy ahvolini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar qabul qiluvchi davlat qonunlari talab qilsa, konsullik mansabdor shaxs u tomonidan amalga oshirilgan, ushbu moddaning 1-bandi a-, b- va v-kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlar toʻgʻrisida qabul qiluvchi davlat vakolatli organlariga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 1-bandi a- va b-kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar manfaatdor shaxslarning qabul qiluvchi davlat qonunlariga rioya qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda
Vasiylik va homiylik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari tasarrufida tegishli axborot bor boʻlgan taqdirda ular vakolatli konsulxona muassasasini kechiktirmasdan vasiy yoki homiyni tayinlaganda yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlgan voyaga yetmagan yoki layoqati cheklangan shaxs manfaatlariga javob beruvchi har qanday hol haqida xabar qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlat vakolatli organlariga vasiylik yoki homiylik tayinlash uchun mos keluvchi shaxs taklifini kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda
Sud topshiriqlarini bajarish, sudga taalluqli va boshqa hujjatlarni uzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs konsullik okrugi hududida boʻlgan yuboruvchi davlat fuqarolariga nisbatan sud chaqiruv qogʻozlari va sudga taalluqli boshqa hujjatlarni yetkazish bilan bogʻliq sud topshiriqlarini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriqlar qabul qiluvchi davlat qonunlari va xalqaro huquq normalariga zid boʻlmagan usul bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda
Yuboruvchi davlat havo kemalariga yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxs konsullik okrugi doirasida qabul qiluvchi davlatning aeroportlarida boʻlgan yuboruvchi davlat havo kemalariga tegishli yordam va koʻmak koʻrsatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlat qonunlariga rioya qilgan holda havo kemasi bortiga chiqishi, uning komandiri va ekipaj aʼzolari bilan aloqa oʻrnatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlariga yuboruvchi davlat havo kemasi hamda uning komandiri, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar bilan bogʻliq barcha masalalar yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishda murojaat qilishi va ulardan koʻmak soʻrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda
Komandir va ekipaj aʼzolariga yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxs konsullik okrugi doirasida qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmagan darajadagi quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuboruvchi davlat havo kemasi bortida sodir boʻlgan har qanday toʻqnashuvlarni har tomonlama tekshirib koʻrish, ushbu toʻqnashuvlar munosabati bilan komandir va ekipajning har qanday aʼzosini soʻroq qilish, parvoz hujjatlarini tekshirish, iltimoslarni qabul qilish, havo kemasining reyslari va uning yetib borish punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, hamda uning parvozi, qoʻnishi va toʻxtab turishini tashkillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yordamlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) komandir va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi bahslarni hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlgan komandir, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarga imkon qadar tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash va ularni yuboruvchi davlatga qaytish choralarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yuboruvchi davlat havo kemasi, uning ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilari yoki uning yuki xususidagi yuboruvchi davlat qonunlariga muvofiq turli xil arizalarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish, tuzish, tasdiqlash yoki ularning amal qilish muddatini uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuboruvchi davlat parvoz bilan bogʻliq qonunlariga rioya qilishni taʼminlash maqsadida boshqa choralarni koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlat qonunlariga rioya qilgan holda, komandir yoki ekipajning har qanday aʼzolariga yordam koʻrsatish maqsadida qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlarida hamrohlik qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda
Yuboruvchi davlat havo kemasida tergov olib borish yoki majburiy choralar koʻrish hollarida manfaatlarni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlari yuboruvchi davlat havo kemasida majburiy choralar koʻrish yoki tergov olib borish istagi mavjud boʻlsa, u holda, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari bu haqda konsullik mansabdor shaxsni koʻrilayotgan ushbu choralarda ishtirok etish imkonini berish maqsadida oldindan xabardor qiladi. Agar konsullik mansabdor shaxs ushbu choralarni koʻrishda ishtirok etmasa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari uning iltimosiga binoan bu haqda unga yozma ravishda xabardor qiladilar. Agar zudlik bilan chora koʻrilishi lozim boʻlgan holat konsullik mansabdor shaxsga bu toʻgʻrisida oldindan xabar qilish imkoni bermasa, u holda qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari konsullik mansabdor shaxsga uning iltimosi boʻlmagan taqdirda ham qisqa fursatda ushbu fakt va koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni yozma ravishda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari yuboruvchi davlat havo kema komandiri yoki ekipajning biron-bir aʼzosini havo kemaga taalluqli masalalari yuzasidan sohilga chaqirgan holda ham amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxs yoki havo kemasi komandiri iltimosi bilan yoki ruxsati boʻlgan hollardan tashqari, qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlari havo kemasining ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlari, mehnat munosabatlari, havo kemasi bortidagi intizom va ichki mazmundagi boshqa tartiblarga taalluqli boʻlgan masalalarga havo kemasi bortidagi ichki ishlariga aralashmaydi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda qabul qiluvchi davlatning tinchligi va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunlar buzilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ammo ushbu moddaning qoidalari bojxona koʻrigi, chegara va sanitar nazorati bilan bogʻliq oddiy choralarga yoki qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarining havo kemaning komandiri iltimosi yo roziligi bilan koʻriladigan boshqa choralariga nisbatan qoʻllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda Axdlashuvchi Tomonlarning ular oʻrtasida amaldagi koʻp tomonlama va ikki tomonlama shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda
Yuboruvchi davlat havo kemasi zarar olgan hollarda yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar qabul qiluvchi davlat hududida yuboruvchi davlat havo kemasi halokatga uchraganida yoki boshqa falokat yuz berganida yoki qabul qiluvchi davlat hududida topilgan uchinchi davlat havo kemasi yukining tarkibiy qismi talofat koʻrgan va bu yuk egasi yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa yoki qabul qiluvchi davlat hukumatiga berilgan boʻlsa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari konsullik mansabdor shaxsga ushbu haqida maʼlum qiladilar va havo kemasi yoʻlovchilarini, ekipajini va uning yukini qutqarish borasida qilingan choralar toʻgʻrisida qisqa vaqt ichida xabar beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxs falokatga uchragan yuboruvchi davlat havo kemasiga, uning ekipaj aʼzolariga va yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlgan yoʻlovchilarga har qanday yordam koʻrsatishi mumkin. Ushbu maqsadlarda u qabul qiluvchi davlat vakolatli organlariga yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar yuboruvchi davlatga tegishli boʻlgan havo kemasi yoki boshqa narsa halokatga uchrab qabul qiluvchi davlat hududida topilgan boʻlsa va uning komandiri ham, egasi ham va agenti ham mulkni qoʻriqlash yoki uni tasarruf qilish uchun zarur chora koʻrish holatida boʻlmasa, yuboruvchi davlat konsullik mansabdor shaxsi uning egasi koʻrishi mumkin boʻlgan choralarni egasi nomidan bajarishga vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda
Yuboruvchi davlat kemalariga nisbatan vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning 47-50-moddalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdo uchun kemada suzish haqidagi har qanday xalqaro bitimlarga zid boʻlmagan darajada yuboruvchi davlat kemalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda
Qabul qiluvchi davlat organlari bilan munosabat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxs oʻz vazifalarini bajarish jarayonida quyidagilarga murojaat qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik okrugida joylashgan qabul qiluvchi vakolatli mahalliy organlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qiluvchi davlat qonunlari va odatlari yoki tegishli xalqaro shartnomalar ruxsat bergan darajada qabul qiluvchi markaziy organlariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda
Konsullik yigʻimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlat hududida yuboruvchi davlat qonunlarida nazarda tutilgan konsullik yigʻimlarini undirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan toʻplangan pullar va ushbu yigʻimlar olinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyalar qabul qiluvchi davlatda barcha soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasiga shu yoʻsinda toʻplangan pullarni uning rasmiy bank hisob raqamiga oʻtkazishga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda
Konsullik muassasasi xodimlari vazifalarining toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi xodimi vazifasi quyidagi hollarda toʻxtatiladi, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatga uning vazifalari toʻxtaganligini xabar qilish bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Konvensiyaning 3-moddasiga muvofiq qabul qiluvchi davlat tomonidan berilgan ekzekvaturaning bekor qilinishi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga uning konsullik xodimi sifatida qabul qiluvchi davlat hisoblashni toʻxtatgani haqida xabar qilinishi bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda
Qabul qiluvchi davlatdan joʻnab ketish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qiluvchi davlat qurolli mojaro boʻlgan vaziyatda ham konsullik muassasasi xodimlariga va qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlmagan uy xodimlariga hamda fuqaroligidan qatʼi nazar, u bilan birga yashayotgan oila aʼzolariga joʻnab ketishga tayyorgarlik koʻrishlari va tegishli xodimlarning vazifalari tugagandan soʻng iloji boricha tezroq chiqib ketishlari uchun zarur boʻlgan vaqt va sharoitni yaratib berishi lozim. Xususan, u lozim boʻlgan taqdirda, ularning ixtiyoriga oʻzlari uchun va qabul qiluvchi davlatda sotib olgan, joʻnab ketishi vaqtida olib ketish taqiqlanmagan, mulklari uchun transport vositalari berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda
Konsullik binolari va arxivlarini hamda yuboruvchi davlat manfaatlarini favquloddagi sharoitlarda qoʻriqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Axdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi konsullik munosabatlari uzilgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qabul qiluvchi davlat, hatto qurolli ixtilof roʻy bergan taqdirda ham konsullik binosi, shuningdek konsullik muassasasi va konsullik arxivini hurmat qilish va qoʻriqlashi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuboruvchi davlat konsullik binolarini, shuningdek ularda joylashgan mulkni va konsullik arxivini qoʻriqlashni qabul qiluvchi davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuboruvchi davlat oʻzining manfaatlarini va oʻzini fuqarolarining manfaatlarini himoya qilishni qabul qiluvchi davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasi vaqtinchalik yoki butunlay yopilgan hollarda ushbu moddaning 1-bandi a-kichik bandi qoidalari qoʻllaniladi. Bundan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonasiga ega boʻlmasa, lekin bu davlat hududida boshqa konsullik muassasasiga ega boʻlsa ushbu konsullik muassasasiga yopilgan konsullik muassasasini undagi mulki va konsullik arxivi bilan birgalikda qoʻriqlash va qabul qiluvchi davlat roziligi bilan, bu konsullik muassasasi okrugida konsullik vazifalarini bajarishini ishonib topshirilishi mumkin; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonasiga yoki boshqa konsullik muassasasiga ega boʻlmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandi b- va v-kichik bandlarining qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda
Kuchga kirish va amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlarini almashinganidan soʻng oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya belgilanmagan muddatga tuzilgan va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ikkinchi Axdlashuvchi Tomonga diplomatik kanallar orqali ushbu Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini yozma ravishda xabar bergan sanadan olti oy oʻtgach, bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nesebr shahrida 2003-yil 25-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek va bolgar tillaridagi matnlarini talqin qilishda tafovut yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 1-son)