O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
BOJXONA YuK DEKLARATSIYASINI TO‘LDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-dekabrda 834-15-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 90-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 1999-yil 24-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-noyabr,
01-02/19-35-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 541-modda)