Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.11.1998 yildagi 491-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-2000-YILLARDA PAXTA NAVLARINI YaNGILASh VA JOYLAShTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Fanlar akademiyasi urugʻchilikni yuritish, paxta navlarini joylashtirish va yangilash ishida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻymoqdalar. Paxtaning roʻyxatdan oʻtkazilgan koʻplab turlari respublikaning turli mintaqalari tabiiy-iqlim sharoitlariga javob bermaydi, kam tola beradi, viltga hamda boshqa kasalliklar va zararkunandalarga chidamli emas, tolaning texnologik xossalariga koʻra xalqaro andozalarga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston shart-sharoitlarida ekiladigan chigitlarga qoʻyiladigan muhim talablardan biriga — ularning tezpisharligiga amalda ahamiyat berilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barqaror navni yaratishdan boshlab uni respublikaning aniq mintaqalarida tuproq-iqlim sharoitlariga tatbiqan joylashtirishgacha boʻlgan muddatlar orasidagi davr kattaligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Genetika, seleksiya va urugʻchilik sohasida ilmiy muassasalar faoliyati sust muvofiqlashtirilmoqda. Seleksiyachilar va elita-urugʻchilik xoʻjaliklari xodimlarini iqtisodiy ragʻbatlantirish tizimidan foydalanilmayapti. Seleksiya va urugʻchilik boʻyicha kadrlar tayyorlash ishlari past darajada olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi navlarni yaratishda va ishlab chiqarishda xorijiy seleksiyaning eng yaxshi navlaridan amalda foydalanilmayapti. Paxta yetishtirishning nav texnologiyasiga rioya qilinmayapti. Tezpishar navlar urugʻlarining yetarlicha sugʻurta fondi yaratilmayapti, natijada qayta ekishda koʻp hollarda sifatsiz texnik chigitdan foydalanilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash zavodlarida paxta xomashyosini qayta ishlashda va urugʻlik chigitni tayyorlashda navlar va reproduksiyalar aralashtirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, urugʻlik paxtani tozalash rejimiga rioya qilinmayapti. Dorilash-tuksizlantirish sexlari asbob-uskunalarining texnik darajasi past, bu ekiladigan chigit sifati pasayishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urugʻchilik tizimi zarur tarzda tartibga solinmagan, bu sohada bozor munosabatlariga oʻtilmagan. “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlar talablariga rioya qilinmayapti. Urugʻchilik sohasida ishlab chiqarish va fanni kooperatsiyalash yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, yuqori sifatli tola parametrlariga ega boʻlgan xalqaro talablarga javob beradigan paxtaning tezpishar, yuqori hosilli, yangi va istiqbolli navlarini oqilona joylashtirish, navlarni yangilash boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlarni amalga oshirish va 1999-2000-yillar hosili uchun paxta ekishga talab qilinadigan urugʻlik fondini tayyorlash, shuningdek paxta urugʻchiligini tashkil etishni tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Seleksiya, urugʻchilik, navlarni yangilash, paxtaning tola sifati yuqori boʻlgan yangi tezpishar navlarini joriy etish va ularni mamlakatning turli tuproq-iqlim sharoitlarida oqilona joylashtirish sohasidagi ishlarni har tomonlama takomillashtirish va jadallashtirish ustuvor davlat vazifasi hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, tumanlar va xoʻjaliklarning koʻplab rahbarlarining, agrosanoat kompleksi mansabdor shaxslarining oʻz masʼuliyatsizligini, ishni tashkil etishdagi uquvsizligini, agrotexnikani qoʻpol ravishda buzishlarni noqulay ob-havo sharoitlariga agʻdarish kabi keng yoyilgan amaliyoti qoralansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta yetishtirish va uni parvarish qilishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qatʼiy rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, xoʻjaliklar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya va urugʻchilik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, urugʻchilik, paxta navlarini yangilash va joylashtirish masalalarida barcha manfaatdor muassasalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilgan va istiqbolli navlarni yangilash va ularni joylashtirish boʻyicha yillik rejalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxtaning yangi navlarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir takliflarni yangi navlarning eng avvalo tezpisharlik va tola sifati koʻrsatkichlari ekspert baholangandan keyin har yili Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatida koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigit ishlab chiqarish hajmlarini, ularning ikki yillik zaxirasini yaratishni hisobga olgan holda belgilash, urugʻlik tayyorlash, unga ishlov berish va tayyorlash boʻyicha buyurtmani ijrochilargacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chigitni ishlab chiqarish, tayyorlash, tozalash, navlarga ajratish, kalibrlash, sertifikatsiyalash, qoplash, saqlash va sotishni tashkil etish, shuningdek urugʻlik material navining sofligi va konditsiyasi taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan, xoʻjalik yuritish usullaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, birlamchi, elita, ommaviy urugʻchilik va chigitni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilik haqidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va tuzatishlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav sinovi boʻyicha davlat komissiyasi, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”, Oʻzbekiston birlamchi urugʻchilik stansiyasi faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu vazifalarni hal etish maqsadida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining shtatdagi xodimlari soni doirasida mustaqil yuridik shaxs huquqiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda hududiy boʻlinmalariga ega boʻlgan Respublika paxta urugʻchiligi boshqarmasini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 1999-2000-yillarda paxtaning roʻyxatdan oʻtkazilgan va istiqbolli navlarini 1-ilovaga* muvofiq joylashtirishga doir takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta va zaxira urugʻlik fondi yaratish maqsadida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar ishtirokida yuqori navli paxta xomashyosini komissiya ishtirokida band qilib qoʻyishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklarda faqat bitta nav, tumanlarda ikkitadan va viloyatlarda 4 tadan koʻp boʻlmagan roʻyxatdan oʻtkazilgan va uchta istiqbolli paxta navlari ekiladigan bir sharoitda paxta navini yangilash va joylashtirishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar. Xoʻjaliklar, tumanlar va viloyatlar rahbarlarining eʼtibori ushbu tartib buzilgan taqdirda ularga nisbatan respublika qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrilishiga qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi xatti-harakatlari paxta navi aralashib ketishiga, navlarni rayonlashtirish dasturida nazarda tutilmagan navlar ekilishiga olib keluvchi xoʻjaliklar rahbarlari va boshqa masʼul shaxslarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elita va birinchi reproduksiyali chigit yetishtiruvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari ishini alohida nazorat ostiga olsinlar. Paxtaning yangi va istiqbolli navlarini sinashni ilmiy-tekshirish institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xoʻjaliklarda va hududida nav sinash uchastkalari joylashgan xoʻjaliklarda oʻtkazsinlar.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori sifatli, genetik jihatdan bir xil ekish materiali olish, shuningdek gʻoʻzaning erkin oʻsishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida elita chigitni va urugʻlik uchun chigitni plyonka ostiga ekish taqiqlansin, urugʻlik chigit yetishtirishning ilmiy asoslangan texnologiyasiga qatʼiy rioya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yildagi davlat sinovlari natijalari boʻyicha kechpishar navlar bir oy muddatda davlat reyestridan chiqarilsin va reyestrga 3-ilovaga* muvofiq yangi tezpishar paxta navlari kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Paxtasanoat” respublika ilmiy markazi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-martgacha urugʻlik paxtani tozalashni tugallasinlar va 5-ilovaga* muvofiq miqdorda ekiladigan chigitni navlarga ajratish, tuksizlantirish, kalibrlash va markazlashtirilgan holda dorilashni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekiladigan chigitning belgilangan muddatlarda viloyatlararo yetkazib berilishini 6-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5 va 6-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yil fondida qoladigan chigitning saqlanishi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil hosilidan boshlab 2000-yilda ekish uchun chigitning yangi yuqori hosilli tezpishar va istiqbolli navlari tayyorlanishiga birinchi darajali ahamiyat bersinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan yangi va istiqbolli navlarni fabrika sinovidan oʻtkazish tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (Gʻaniyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tozalash zavodlariga chigitni dorilovchi vositalarning zarur miqdorlarda va belgilangan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziqlantiruvchi moddalar nisbatiga qatʼiy rioya qilgan holda azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlarni birinchi navbatda ilmiy muassasalarning eksperimental xoʻjaliklariga va elita-urugʻchilik xoʻjaliklariga hamda tovar paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar uchun belgilangan normadan 10 foiz ortiq miqdorda yetkazib bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxtaning tezpishar navlarining yuqori sifatli chigitini yetishtirish hajmlari elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tekshirish muassasalari va ularning eksperimental bazalari (“Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, “Paxta seleksiya va urugʻchiligi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti), yangi va roʻyxatdan oʻtkazilgan navlar boʻyicha urugʻchilik xoʻjaliklari faoliyatining asosiy koʻrsatkichi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 3-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 1999-yil hosilidan boshlab chigit yetishtiruvchi ilmiy muassasalar va xoʻjaliklarni ragʻbatlantirish tartibida urugʻlik chigit unuvchanlikning birinchi klassiga muvofiq boʻlganda elita urugʻlik uchun paxta xomashyosi qiymatining 100 foizi, birinchi reproduksiyali urugʻlik uchun — 75 foizi, ikkinchi reproduksiyali urugʻlik uchun — 50 foizi, uchinchi reproduksiyali urugʻlik uchun — 25 foizi miqdorida ustama belgilansin. Urugʻlik unuvchanligining ikkinchi klassiga mansub deb topilganda ustama tegishli ravishda ikki baravarga kamayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyotstat vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navlarning originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalar va bevosita urugʻlik yetishtiruvchilarning har birining urugʻchilikni tashkil etish va yuritish ishiga qoʻshgan ulushini hisobga olgan holda navli urugʻlik uchun ustamalar toʻlash va ular oʻrtasida taqsimlash mexanizmini ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik uchun ularning sifati uzil-kesil tekshirib chiqish natijalari “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan tasdiqlangandan soʻng haq toʻlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiyachilarni, urugʻchilarni ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsinlar va kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2012-yil 1-yanvardan boshlab paxtachilik elita-urugʻchilik laboratoriyalari va xoʻjaliklari faoliyatini moliyalashtirish urugʻlik chigit navlari uchun ustamalar summasidan ajratiladigan mablagʻlar va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan tuziladigan shartnomalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan olingan boshqa daromadlar hisobiga moliyalashtiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, navlarning originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalar elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta tozalash zavodlari, urugʻchilik korporatsiyalari, shirkatlar va boshqa tuzilmalar bilan birgalikda shartnoma asosida elita urugʻlarning genetik jihatdan sof navlari yetishtirilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav sinovi davlat komissiyasi xorijiy seleksiyaning karantin tekshiruvidan oʻtgan va tezpisharlik talablariga javob beruvchi eng yaxshi navlarining, shu jumladan, Isroilning “Gedera-5” va “Gedera-10” navlarining hamda boshqa navlarning jadallashtirilgan sinovlarini oʻtkazsinlar hamda ularni keng ekish uchun yoyish imkoniyatlarini oʻrganib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Isroilning koʻrsatib oʻtilgan paxta navlarini Isroil texnologiyasi boʻyicha Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining har birida tegishli ravishda 100 gektar yerda tajriba sifatida yetishtirish yuzasidan Isroil firmalari bilan kontraktlar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimiz seleksiyasining patentlar bilan himoyalangan chigit navlari originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga ushbu navlardan xorijiy mamlakatlarda foydalanish boʻyicha chet ellik hamkorlar bilan litsenziya shartnomalari tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat ilmiy-texnika va innovatsiya dasturlarini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar, genetika, seleksiya va urugʻchilik masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy muassasalar saʼy-harakatlarini 1999-2000-yillarda tolasining sifati yuqori, jahon bozori talablariga javob beruvchi tezpishar, yuqori hosilli, kasalliklar, zararkunandalar va ekstremal sharoitlarga chidamli navlar yaratish uchun yuqori samarali usullar va texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishga jamlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika paxta urugʻchiligi boshqarmasini va uning viloyat birlashmalarini kadrlar bilan toʻldirsinlar, binolar, aloqa vositalari va avtotransport bilan taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik huzuridagi Respublika paxta urugʻchiligi boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
491-son