Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2022 17.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1750
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 17.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1750
Kuchga kirish sanasi
27.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-dekabrda 1750-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 4-noyabrdagi 60-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 31-oktabrdagi 2022-35-sonli ““Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1750-5, 08.11.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2007-yil 17-dekabr,

107-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-64-son

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 17-dekabrdagi 107, 2007-64-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 55-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatiga ega boʻlgan (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati deb yuritiladi) jismoniy shaxs soliq maslahatchisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Malaka sertifikati jismoniy shaxsga, agar u soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan boʻlsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka sertifikati mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklda sertifikatning maxsus blankasida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka sertifikati blankasi qatʼiy hisobot hujjati hisoblanib, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati blankasi va uning ilovasi qonunchilikda belgilangan tartibda nashriyot yoʻli bilan Moliya vazirligining buyurtmasiga binoan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malaka sertifikati malaka imtihoni natijalari bayonnomasi imzolangan kundan boshlab 10 kun muddatda rasmiylashtiriladi va soliq maslahatchilari roʻyxatiga imzo qoʻygan holda malaka imtihonini topshirgan jismoniy shaxsga yoxud uning vakiliga ishonchnoma asosida beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 41, 2018-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 1750-3, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sertifikatda koʻrsatilgan familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki boshqa pasport maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, malaka sertifikatining egasi 10 kun muddatdan kechikmasdan Moliya vazirligiga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka sertifikati, tegishli oʻzgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari, shuningdek malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun oʻtkaziladigan toʻlovning toʻlanganligini tasdiqlaydigan bank toʻlov hujjatini ilova qilgan holda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Moliya vazirligiga ariza topshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish soliq maslahatchisi tomonidan tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab, uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. Bunda yangi malaka sertifikati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari berilgan malaka sertifikati belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan malaka sertifikati oʻrniga egasining arizasiga binoan dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yoʻqotib qoʻyilgan malaka sertifikatining egasi malaka sertifikatining yoʻqotib qoʻyilganligi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon berishi va nashr nusxasini Moliya vazirligiga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yaroqsiz boʻlib qolgan malaka sertifikati Moliya vazirligiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Malaka sertifikatining dublikati tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda yoki uning dublikatini berishda malaka sertifikatida ilgari berilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun soliq maslahatchisi toʻlov kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 20-yanvardagi 1, 2020-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1750-4, 28.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 miqdorida toʻlov undiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 20-yanvardagi 1, 2020-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1750-4, 28.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Koʻrsatilgan mablagʻlar Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi va malaka sertifikatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek, pochta xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soliq maslahatchisining arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soliq maslahatchisi tomonidan soliq maslahati berish davomida olingan maʼlumotlar mijozning (ishonch bildiruvchining) yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soliq maslahatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki marta qonunchilik hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
(18-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soliq maslahati boʻyicha faoliyatda uch yil mobaynida ishtirok etmaganligi, shuningdek malaka oshirishni belgilangan tartibda oʻtamaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) malaka sertifikatini soliq maslahatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizomning 18-bandini “b”, “v”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha malaka sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini olish toʻgʻrisidagi ariza bilan Moliya vazirligiga murojaat qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) malaka sertifikatining soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi lozim va ommaviy axborot vositalarida nashr qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malaka sertifikatini amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Moliya vazirligining malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi uch ish kuni mobaynida malaka sertifikatining egasiga va u soliq maslahati berishni amalga oshirgan soliq maslahatchilari tashkilotiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari roʻyxatini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari Reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi,otasining ismi, olgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasportning seriyasi va raqami, bergan sanasi va joyi, turar joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
STIR;

malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yillik malaka oshirish kurslarini oʻtaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini amal qilishini tugatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Reyestrdan malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi, qayta rasmiylashtirish va amal qilishini tugatish, shuningdek bekor qilish va dublikatini berganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga koʻchirma tariqasida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Moliya vazirligining malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish masalalariga oid qarori ustidan manfaatdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

‎SOLIQ MASLAHATChISINING
‎MALAKA SERTIFIKATI

‎№ 000000

‎Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 20___ yil “___” __________dagi _____ -sonli buyrugʻiga muvofiq ushbu sertifikat bilan ________________________

‎‎(soliq maslahatchisining F.I.O.)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan soliq maslahatchilari tashkiloti nomidan soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish huquqi tasdiqlanadi.

‎‎Mazkur sertifikat pasport taqdim etilganda haqiqiydir.
‎‎Vakolatli shaxs: _______________________________

‎‎____________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎Sertifikat berilgan sana: 20___ yil “___” ______________
‎‎Reyestr boʻyicha tartib raqami: __________________________‎
‎‎Toshkent sh.

M.Oʻ.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 30-iyundagi 47, 2014-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 1750-1, 11.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 352-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 531-modda; 2014-y., 28-son, 352-modda; 2017-y., 25-son, 564-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son; 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)