Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.12.2007 yildagi PQ-743-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008 YILDA BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASI BUDJETINI VA BOLALAR SPORT OBYEKTLARI QURILIShINING ANIQ MANZILLI DASTURINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining besh yillik faoliyati davrida yangi sport inshootlarini qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, oʻsib kelayotgan avlodni fizkultura va sport mashgʻulotlariga jalb etish, jismoniy tarbiya boʻyicha malakali oʻqituvchi kadrlar va murabbiylar tarkibini tayyorlash yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan katta ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yildan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 715 ta, shulardan 583 tasi yoki 82% qishloq joylardan oʻrin olgan sport inshootlari va obyektlari ishga tushirildi. Ushbu maqsadlarga 102,7 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan. Respublikaning 55 ta korxonasida zamonaviy sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaratilgan shart-sharoitlar tufayli bolalarning sport mashgʻulotlaridagi muntazam ishtiroki 2003—2007-yillar ichida 1,5 barobarga, qishloq joylarda esa 1,7 barobarga oʻsdi. Qizlar sport bilan shugʻullanishga faol jalb etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjud. Bir qator hududlar va respublika homiylari tomonidan mablagʻlar tushishining kelishilgan jadvali buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Pudrat tashkilotlarini tanlashda ixtisoslashtirilmagan pudratchi tashkilotlarni jalb etish hollari mavjud, bu esa qurilish ishlarini bajarish muddatlari, darajasi va sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bolalarni sport mashgʻulotlariga muntazam ravishda jalb etish darajasini baholash imkonini beradigan aniq mezonlar ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar sporti obyektlarini yuqori malakali murabbiylar, ayniqsa suv sporti turlari, badiiy va sport gimnastikasi boʻyicha murabbiylar bilan toʻldirish, sifatli sport anjomlari va charm hamda charm oʻrnini bosadigan matodan sport poyabzallari ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari hal etilmay qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy bolalar sportini yanada kengaytirish va rivojlantirish, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom yosh avlodni kamol toptirish, 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan chambarchas bogʻliq holda bolalar sport komplekslarini oʻz vaqtida va sifatli qurish, rekonstruksiya qilish hamda sport anjomlari bilan jihozlashni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2008-yilgi daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hamda hududiy tashkilotlar va korxonalarning, shuningdek xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga ixtiyoriy ravishda homiylik yordami koʻrsatish toʻgʻrisidagi tashabbusi 4—6-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan, bolalar sporti obyektlarini jihozlash uchun 2008-yilda import qilinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari va uskunalari roʻyxati 7-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4—7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilning 25-dekabrigacha pudrat tashkilotlarining zarur moddiy-texnika bazasi, ish tajribasi mavjudligi va moliyaviy barqarorligiga alohida eʼtibor qaratgan holda 2008-yilda bolalar sporti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning aniq manzilli dasturiga kiritilgan obyektlar boʻyicha tender savdolarini yakunlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sporti obyektlarida qurilish-montaj ishlarini olib borishda namunaviy loyihalarga, shuningdek tasdiqlangan qurilish meʼyorlari va qoidalariga qatʼiy amal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sporti obyektlarini ixtiyoriy homiylar hisobi va kuchi bilan tashabbuskorona hamda nazoratsiz qurish oqibatida belgilangan standartlarga amal qilmaslik va mazkur obyektlardan foydalanish meʼyorlarini buzish hollariga olib keluvchi faktlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi xalq taʼlimi hududiy organlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar sporti obyektlarini malakali murabbiylar, pedagoglar va boshqa mutaxassislar bilan toʻldirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda ishga tushiriladigan bolalar sport komplekslarini belgilangan talab va standartlarga muvofiq zarur sport uskunalari hamda anjomlari bilan oʻz vaqtida jihozlashni, shuningdek bolalar, ayniqsa ijtimoiy madadga muhtoj oilalardan boʻlgan qizlarni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida ular uchun sport formalari va jihozlarini xarid qilishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi ikki oy muddatda doimiy ravishda sport bilan shugʻullanuvchi bolalar, shu jumladan qishloq joylardagi bolalar sonini belgilashning aniq mezonlarini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari ishtirokida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda ekspert komissiyasini tashkil etsin va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport anjomlari hamda jihozlarini tanqidiy tahlil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport anjomlari va jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalarni inventarizatsiyadan oʻtkazsin va ikki oy muddatda ushbu korxonalarni xalqaro standartlarga mos eng zamonaviy sport buyumlari hamda anjomlari ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan uskunalar bilan jihozlash boʻyicha takliflarni tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ikki oy muddatda jismoniy tarbiya murabbiylari, oʻqituvchilarini, sport inshootlari va korxonalar rahbarlarini xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy chet el sport uskunalari, anjomlari, kiyim va poyabzal namunalari bilan tanishtirish uchun doimiy faoliyat yuritadigan koʻrgazma zalini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi bilan birgalikda tabiiy charmdan va charm oʻrnini bosadigan yuqori sifatli mahsulotlardan sport buyumlarini, birinchi navbatda charmdan tayyorlangan sport poyabzali va anjomlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda har bir mintaqada ijtimoiy sohaning barcha turdagi inshootlari (maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, sport komplekslari, madaniyat obyektlari)ni qurish va ularni zamonaviy qurilish texnikasi, uskunalari hamda texnologiyalari bilan jihozlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2008-yilning 1-apreligacha 2008/2009 oʻquv yilidan boshlab respublikaning oliy oʻquv muassasalariga suv sporti turlari, shuningdek, badiiy va sport gimnastikasi ixtisoslari boʻyicha qabul qilish kvotalarini oshirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan bolalar sporti inshootlari qurilishi obyektlarida xarajatlar smetasiga amal qilinishini tekshirib borsin va olib borilgan ishlar natijasi boʻyicha Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga axborot berib tursin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-743-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 515-modda)