OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TOVAR XOM-AShYo BIRJASI TOMONIDAN PAXTA ShROTI VA ShELUXASINI SOTISh TARTIBIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-dekabrda 1623-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 22-sentabrdagi 59 va 97-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi birja savdolarida paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1870, 18.11.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yirik qorakoʻlchilik, nasldor chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini paxta shroti va sheluxasi bilan oʻz vaqtida va toʻlaqonli taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 16-avgustdagi 5, 72, 01/OʻzRTSB-01-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi tomonidan paxta shroti va sheluxasini sotish tartibi”ga (2006-yil 25-sentabr, roʻyxat raqami 1623 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 391-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-dekabr,
36-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-dekabr,
103-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-dekabr,
01/19-18/16-OʻzRTSB-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 497-modda)