Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2018 02.12.2004 yildagi 698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.02.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

 LexUZ sharhi
Mazkur farmoyish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X.Bekenov zimmasiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
698-f-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 698-f-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati (keyingi oʻrinlarda Kotibiyat deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Ijro etuvchi apparatining Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga boʻysunadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organ va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborilgan topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlari toʻgʻrisida Bosh vazirga oʻz vaqtida axborot berilishini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining koʻrsatmalari bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuborilgan topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlari toʻgʻrisida Bosh vazirga oʻz vaqtida axborot berilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining koʻrsatmalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning Kengashining qarorlari va boshqa hujjatlari bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga oʻz vaqtida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tezkor axborotlar toʻgʻrisida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlarini bajaradi hamda uning koʻrsatmalari bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻgʻrisida Bosh vazirga axborot beradi hamda xat-xabarlarni belgilangan tartibda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari Apparatlariga hamda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining departamentlariga, shuningdek Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi hamda boʻlimlarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida tayyorlangan va ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarori talab qilinadigan topshiriqlar loyihalari va boshqa materiallarning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun uning maʼruzalari va nutqlari uchun materiallar, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa boʻlinmalari bilan hamkorlikda zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
(6-bandning yettinchi — toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarining kun tartibini shakllantiradi, materiallar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi, Prezidium majlislari qarorlarini rasmiylashtiradi, shuningdek ularning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tahliliy maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlaydi va Bosh vazirga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarni tashkil etadi va ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa boʻlinmalari ishtirokida rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri amalga oshiradigan tadbirlarning oʻtkazilishini va protokol jihatidan taʼminlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
(6-bandning oʻn birinchi — oʻn beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining koʻrsatmasiga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, korxonalar va muassasalar rahbarlari bilan tezkor oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini, shaxslar qabul qilishni amalga oshiradi;
(6-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni zarurat boʻlganda qaytarib yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek tegishli materiallar va hujjatlarni puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(7-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kotibiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kotibiyatning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kotibiyatning tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Bosh vazirning yordamchisi, matbuot kotibi, shuningdek inspektorlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kotibiyat ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kotibiyat mudiri, Bosh vazirning yordamchisi va matbuot kotibi belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida tashkil etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kotibiyat mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, yordamchi, matbuot kotibi va inspektorlar ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborilgan yozma topshiriqlari toʻgʻrisida Bosh vazirga oʻz vaqtida axborot berilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlaydi va uning topshirigʻiga koʻra ularning ijrosini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan oʻtkazadi va Ijro etuvchi apparat tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlar (fishkalar) tayyorlaydi, shuningdek ular toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarining kun tartibi loyihasini shakllantiradi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri uchun maʼlumotnoma, tahliliy, statistik materiallar va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilishlar va majlislar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan Hukumat komissiyalari majlislari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi hamda qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinishini tashkil etadi va jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron tarzdagi murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat ishini takomillashtirish, uning xodimlari ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Bosh vazirning yordamchisi bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh vazir yordamchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishi nazorat va tahlil qilinishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ularning bajarilishi va natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy ish rejalarini shakllantirishda qatnashadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri masalalarni koʻrib chiqishi uchun zarur boʻlgan axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maʼruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlar va majlislar, shu jumladan Hukumat komissiyalari majlislari tayyorlanishini hamda oʻtkazilishini tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, topshiriqlar va koʻrsatmalarning bajarilishi toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga belgilangan muddatlarda axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻgʻrisida axborot beradi hamda xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni belgilangan tartibda ijrochilarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro etuvchi apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinishini tashkil etadi, Bosh vazir va Kotibiyat mudiri topshirigʻiga binoan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarini bajaruvchilarga yetkazadi, Bosh vazirning topshiriqlari va koʻrsatmalari bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan zarur maʼlumotnomalarni, axborot materiallarni soʻrab oladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Matbuot kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelayotgan davriy nashrlarni, elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan xorijiy matbuotni tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika matbuoti va xorijiy matbuot boʻyicha obzorlar va tahlillar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng muhim, dolzarb muammoli materiallar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli topshiriqlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Hukumat aʼzolari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi monitoringini olib boradi.
(16-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inspektorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatda ish yuritishni, hujjatlarning oʻtishi ustidan nazoratni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga vaqtida berilishini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi ishlarini amalga oshiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari mutaxassislari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilot rahbarlari bilan tezkor aloqasini taʼminlaydilar;
(17-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-maydagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 20-21-son, 175-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspektorlar oʻrtasida vazifalar Oʻzbekiston Respublikasining vaziri bilan kelishgan holda Kotibiyat mudiri tomonidan taqsimlanadi.