14.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1738
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qarori, 14.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1738
Kuchga kirish sanasi
24.11.2007
Hujjat 24.11.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
URUGʻLIK PAXTA XOM ASHYOSI YETISHTIRISH MIQDORINI ANIQLASH VA UNGA ASOSAN SHARTNOMALAR TUZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-noyabrda 1738-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-dekabrdagi PQ-543-son “2007-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2006-yil 10-son, 721-modda)gi qarorini bajarilishini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan “Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish miqdorini aniqlash va unga asosan shartnomalar tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3/11-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2007-yil 2-oktabrdagi 89, 3/11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish miqdorini aniqlash va unga asosan shartnomalar tuzish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”, “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda “2007-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-dekabrdagi PQ-543-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 2006-yil, 10-son, 721-modda) qaroriga muvofiq, urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish miqdorini aniqlash va unga asosan shartnomalar tuzish hamda yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish miqdorini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urugʻlik chigitning haqiqatdagi sarfidan hamda kelgusi yil paxta xom ashyosini yetishtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqib, yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosining asosiy va zaxira fondlari miqdorini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda har yili 1-noyabrdan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon miqdori paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida Hukumat qaroriga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirish uchun shartnomalar tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Urugʻlik paxta xom ashyosining asosiy va zaxira fondini yetishtiruvchi xoʻjaliklar “Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (2006-yil 13-mart, roʻyxat raqami 1551 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 11-son, 88-modda) muvofiq tanlov asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlov asosida aniqlangan urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan paxta tozalash korxonalari oʻrtasida “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 20-son, 200-modda) muvofiq, urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuziladi va ushbu shartnomada yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosining asosiy va zaxira fondi, urugʻlik paxta xom ashyosining seleksion navi, avlodi va miqdori hamda paxta urugʻchiligiga oid boshqa shartlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Urugʻlik paxta xom ashyosiga “1999-2000-yillarda paxta navlarini yangilash va joylashtirish dasturi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-noyabrdagi 491-son qaroriga muvofiq yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosidan tayyorlangan urugʻlik chigit Oʻzbekiston Davlat standarti (OʼzDSt-663-2006 “Urugʻlik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos boʻlganda, paxta xom ashyosi qiymatiga nisbatan super elita va elita urugʻlik chigit uchun 100 foiz, I-avlod (R1) uchun 75 foiz, II-avlod (R2) uchun 50 foiz va III-avlod (R3) uchun 25 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ustamalar yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosining asosiy fondi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi bosqichda — topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta xom ashyosini paxta tozalash korxonasiga topshirgan vaqtda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkinchi bosqichda — topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosidan tayyorlangan va sifati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” tomonidan sertifikatlangan urugʻlik chigit uchun bevosita urugʻlik yetishtiruvchi xoʻjaliklarga va nav originatorlari boʻlgan ilmiy muassasalarga hamda urugʻni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa subyektlarga hisoblangan ustamaning qolgan qismi — 100 foiz deb hisoblanib, 10 foizi urugʻchilikni tashkil etishda ishtirok etuvchi paxta tozalash korxonalari ixtiyorida qoldiriladi, 40 foizi urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtiruvchi xoʻjaliklarning hisobvaragʻiga va qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markaziga va uning viloyat birlashmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nav orginatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻtkaziladigan mablagʻning nav orginatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urugʻligidagi ulushi eʼtiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablagʻlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Gʻoʻza urugʻchiligi respublika markazi maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Zaruriy holatlarda urugʻlik paxta xom ashyosining zaxira fondidan tayyorlangan urugʻlik chigit ekish uchun ishlatilishi mumkin. Bu holatda ustama haq ekilgan urugʻlik chigit miqdoriga mos ravishda aniqlangan paxta xom ashyosi hajmiga va bu urugʻlik paxta xom ashyosini topshirgan xoʻjaliklarga mutanosib ravishda hisoblanadi va ikkinchi bosqichda ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq belgilangan tartibda toʻlovlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Paxta tozalash korxonalarida qabul qilingan asosiy fonddagi urugʻlik paxta xom ashyosidan belgilangan miqdorda urugʻlik chigitni dorilangan asosiy va zaxira jamgʻarmasi tayyorlanadi hamda xoʻjaliklarga ekish uchun berishda quyidagi tartibda hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy jamgʻarmadagi urugʻlik chigitning bahosi umumiy urugʻlik chigit (asosiy va zaxiradagi urugʻlik)ni tayyorlash uchun ketgan barcha xarajatlarni hisobga olib aniqlanadi va xoʻjaliklarga ushbu bahoda sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira jamgʻarmasidagi urugʻlik chigitning bahosi asosiy jamgʻarmadagi urugʻlik chigit xoʻjaliklarga sotilgan vaqtdan keyingi davrdagi xarajatlar hisobga olinib aniqlanadi va zaruriy holatlarda xoʻjaliklarga shu bahoda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tomonlarning javobgarligi va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilangan miqdorda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishga va uni qayta ishlab sifatli urugʻlik tayyorlanishiga barcha manfaatdor idoralar va korxonalar hamda masʼul shaxslar “Vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, elita urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, gʻoʻza urugʻchiligi va seleksiyasiga aloqador boʻlgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun javobgarligi toʻgʻrisida nizom”ga (2005-yil 12-fevral, roʻyxat raqami 1449 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 7-son, 60-modda) va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Paxta tozalash korxonalariga topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisob-kitoblarni toʻgʻriligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu tartib 2007-yil paxta hosilidan boshlab tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 2-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 2-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 475-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)