Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.11.2007 yildagi 236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“O‘ZMED-LIZING” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI IXTISOSLAShTIRILGAN LIZING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimida lizing munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki, “Paxta-bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, Ipoteka-bankning boshlang‘ich ustav fondi 1,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lgan va muassislar o‘rtasida 1-ilovaga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zMED-lizing” ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mablag‘lari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz va chet el banklari kreditlari va qarzlarini jalb etish yo‘li bilan zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari, ular uchun ehtiyot qismlar, anjomlar va maxsus transport (keyingi o‘rinlarda “tibbiyot asbob-uskunalari” deb yuritiladi) xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot asbob-uskunalarini shartnoma asosida lizingga va uzoq muddatli ijaraga berish, shuningdek ularni tibbiyot muassasalariga sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasining xodimlarining cheklangan umumiy soni 17 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 15 nafar bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi boshqa muassislar bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ta’sis yig‘ilishini o‘tkazsin va lizing kompaniyasining ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek kompaniyaning davlat ro‘yxatiga olinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasini joylashtirish uchun belgilangan tartibda bino ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 13-noyabrdagi 236-son qaroriga
1-ILOVA

“O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi ustav fondining tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassislar Ustav fondidagi ulushi‎‎‎
foizlarda‎ summasi (mln so‘m) ‎
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi*‎ 13‎ 200,0‎
“O‘zmilliybank” ‎ 20‎ 300,0‎
“Paxta-bank”‎ 13‎ 200,0‎
“Asaka” banki‎ 20‎ 300,0‎
“O‘zsanoatqurilishbank”‎ 17‎ 250,0‎
Ipoteka-bank‎ 17‎ 250,0‎
Jami:‎ 100‎ 1 500,0‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 13-noyabrdagi 236-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zMED-lizing” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasining boshqaruv tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi lizing operatsiyalari hajmi va soni o‘zgargan taqdirda uning tuzilmasiga va xodimlarning cheklangan soniga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 46-47-son, 469-modda)