Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.11.2007 yildagi PQ-731-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA FARMATSEVTIKA TARMOGʻI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmogʻi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali va oqilona foydalanish, eksportga yoʻnaltirilgan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, shuningdek respublika aholisining mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan talab-ehtiyojini yanada toʻliq qondirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2011-yilgacha boʻlgan davrda farmatsevtika tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisi, davolash-profilaktika va dorixona muassasalarining mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish asosida ularni ishlab chiqarishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish hisobiga ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sarf-xarajatlarini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika korxonalarida yangi dori substansiyalari va tayyor dori vositalarining sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini taʼminlash, eng avvalo ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni davolash uchun ularni mahalliy xomashyodan tayyorlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzfarmsanoat” DAK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, farmatsevtika tarmogʻi korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2011-yilgacha boʻlgan davrda farmatsevtika tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi maʼqullansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007—2011-yillardagi davrda farmatsevtika sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqarishning prognoz parametrlari hamda farmatsevtika tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya takliflari roʻyxati 2 va 3-ilovalarga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzfarmsanoat” DAK boshqaruvi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmalariga farmatsevtika tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining maqsadli prognoz parametrlari toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzfarmsanoat” DAK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini yaxshilash, ularning aholiga, birinchi navbatda pensionyerlar, nogironlar va qariyalar uchun maqbul narxlarda ishlab chiqarilishini taʼminlashga alohida eʼtibor bergan holda, chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga hamda davolash-profilaktika va dorixona muassasalari xodimlariga mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining turlari toʻgʻrisida muntazam va tizimli asosda axborot berib borilishini, shuningdek mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarining har yilgi savdo-yarmarkalari oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Dori-darmon” AK bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talabni oʻrganishga yoʻnaltirilgan marketing siyosatini doimiy asosda olib borishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda respublika korxonalarida yangi dori substansiyalari va tayyor dori vositalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni taʼminlash uchun ularni mahalliy xomashyodan tayyorlash boʻyicha tizimli ilmiy tadqiqotlar oʻtkazsin va innovatsiya ishlanmalarini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda eng koʻp tarqalgan kasalliklar turlari boʻyicha mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan preparatlar va tibbiyot buyumlarini hisobga olgan holda 2008—2011-yillarda respublika davolash-profilaktika muassasalari va aholisini taʼminlash uchun zarur boʻlgan dori vositalari hajmi va turlarini aniqlash maqsadida davolash standartlarining tizimlashtirilishini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-731-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 465-modda)