12.03.1999 yildagi F-968-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI DEVONI AXBOROT MARKAZINI AXBOROT TARGʻIBOT-TAHLIL MARKAZIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan bunyodkorlik siyosati mohiyatini respublikamizda va chet elda yanada keng, taʼsirchan, salohiyatli targʻib qilish, islohotlar jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini muntazam va chuqur tahlil qilish orqali targʻibotning dolzarb yoʻnalishlarini belgilash, ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi devoni Axborot markazi Axborot targʻibot-tahlil markaziga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy eʼtibor islohotlarning tarixiy ahamiyati, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, buyuk kelajak yoʻlida fidoyilik, milliy gʻurur va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi, xalq va Vatan manfaatlariga sodiqlik, odamlar ongida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, yaratuvchilik ishlarini tahliliy materiallar, tezkor sharhlar orqali yoritishga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muntazam va chuqur tahlil orqali ommaviy axborot vositalarining mazmundorligini va taʼsirchanligini oshirishga erishilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Axborot targʻibot-tahlil markazining Ijtimoiy-siyosiy, Maʼnaviy-maʼrifiy, Iqtisodiy, Davlat, nodavlat teleradiokompaniyalari faoliyati va Xalqaro yoʻnalishga asoslangan targʻibot-tahlil tizimi tarkibi, Nizomi va lavozimlar roʻyxati (1-, 2-, 3-ilovalarga* muvofiq) tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 3-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tahlil guruhi oʻrnida tashkil etilayotgan Davlat, nodavlat teleradiokompaniyalari faoliyati boʻyicha targʻibot-tahlil guruhi televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarning muntazam va chuqur tahliliga asoslangan monitoringini tashkil etsin. Koʻrsatuv va radioeshittirishlarni zamon talablari darajasiga koʻtarish, rang-barangligini taʼminlash, mazmundorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Axborot targʻibot-tahlil markazi xodimlari Prezident ishtirokidagi yigʻilishlar, matbuot konferensiyalari, Oliy Majlis sessiyalari, Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlari, shuningdek, targʻibot-tahlil ishlari uchun bevosita qoʻshimcha axborotlar olish imkonini beruvchi boshqa muhim tadbirlarda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot targʻibot-tahlil markazi xodimlari, shuningdek oʻrnatilgan tartib asosida oʻz faoliyati yoʻnalishiga muvofiq ravishda vazirliklar va muassasalar, mahalliy hokimiyat organlaridan ish uchun zarur axborotni soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Axborot targʻibot-tahlil markazining rahbari oʻz maqomi boʻyicha Prezidentning Davlat maslahatchisiga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taniqli olimlar va mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan yanada toʻlaroq foydalanish maqsadida Markaz qoshida yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilgan jamoatchi sharhlovchilar tarkibi qayta koʻrib chiqilsin va samaradorligi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi tizimi toʻgʻrisida”gi 1996-yil 21-noyabrdagi F-678 Farmoyishining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-968-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 12-martdagi F-968-sonli farmoyishiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot targʻibot-tahlil markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot targʻibot-tahlil markazi mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan bunyodkorlik siyosati mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʻib etishni taʼminlaydi, islohotlar jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritilishini muntazam ravishda tahlil etish orqali targʻibotning dolzarb yoʻnalishlarini belgilaydi, ijrosini taʼminlaydi, jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotga ishtirokini faollashtirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Axborot targʻibot-tahlil markazi Prezident devonining mustaqil boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Axborot targʻibot-tahlil markazining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Axborot targʻibot-tahlil markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, maʼruza va nutqlarida ilgari surilgan gʻoyalar, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatiga oid barcha muhim voqealar mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, chuqur tahlil etish, mamlakatimiz aholisiga hamda jahon jamoatchiligiga yetkazish ishlarida tashabbuskorlik va tashkilotchilik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Islohotlarning tarixiy ahamiyati, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, buyuk kelajak yoʻlida fidoyilik, milliy gʻurur va umumiy insoniy qadriyatlar uygʻunligi, xalq va Vatan manfaatlariga sodiqlik tuygʻularini kuchaytirish, odamlar ongida roʻy berayotgan oʻzgarishlar ommaviy axborot vositalarida izchil yoritib borilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Ommaviy axborot vositalari yuz berayotgan jarayonga turlicha qarashlarning erkin va xolis minbari, hokimiyat va jamiyat oʻrtasida xolis vositachi, inson hamda jamiyat manfaatlarining faol himoyachisi boʻlishiga erishish Axborot targʻibot-tahlil markazi faoliyatining asl mohiyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Prezident ichki va tashqi siyosatining eng muhim va alohida ahamiyatga molik masalalari, shuningdek yoʻnalishlarga oid dolzarb mavzular yuzasidan ommaviy axborot vositalarida axborot targʻibot-tahlil markazi ijodiy xodimlarining muntazam ravishda chiqib turishlarini uyushtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Davlatimizning ichki va tashqi siyosati, islohotlar jarayoni, shuningdek muhim mavzularning respublika ommaviy axborot vositalari asosida yoritilishini muntazam tahlil qilib boradi. Kundalik, haftalik va oylik tahlil xulosalariga koʻra ommaviy axborot vositalarning mazmundorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqadi va ularning izchil amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Tahlil va tavsiyalar asosida har kvartalda bir marta respublika ommaviy axborot vositalari rahbarlari ishtirokida yigʻilishlar, yilda bir marta viloyatlar ommaviy axborot vositalari rahbarlari ishtirokida seminar-kengashlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Taniqli olimlar va mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan ommaviy axborot vositalarida keng foydalanish maqsadida Ijtimoiy-siyosiy, Maʼnaviy-maʼrifiy, Iqtisodiy, Davlat va nodavlat teleradiokompaniyalar hamda Xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha jamoatchi sharhlovchilar bilan ish olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Ommaviy axborot vositalarida kadrlar siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, jurnalist kadrlar, jumladan, xalqaro masalalar boʻyicha jurnalistlar tayyorlash va jurnalistlar malakasini muntazam ravishda oshirib borish ishlarida faol qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Axborot targʻibot-tahlil markazining tuzilish tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot targʻibot-tahlil markazi Ijtimoiy-siyosiy yoʻnalish boʻyicha targʻibot-tahlil guruhi, Maʼnaviy-maʼrifiy, milliy gʻurur va vatanparvarlik yoʻnalishi boʻyicha targʻibot-tahlil guruhi, Iqtisodiy yoʻnalish boʻyicha targʻibot-tahlil guruhi, Davlat va nodavlat teleradiokompaniyalari, kanallar, studiyalar faoliyati boʻyicha targʻibot-tahlil guruhi, hamda Davlatimizning ichki va tashqi siyosatini xorijga targʻib qilish, chet el ommaviy axborot vositalari tizimi bilan ishlash boʻyicha targʻibot-tahlil guruhi (xalqaro yoʻnalish)ga asoslangan tizim boʻyicha ish olib boradi. Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro yoʻnalishda tashkil etilgan, “Internet” xalqaro axborot tarmogʻiga chiquvchi “Uzinfo” kompyuter aloqa xizmati orqali Oʻzbekiston aholisini dunyo mamlakatlarida roʻy berayotgan ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar, voqealar va yangiliklar bilan keng tanishtirib boradi, jahon ommasini respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidan tezkorlik bilan xabardor qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Axborot targʻibot-tahlil markazining Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi boʻlinmalari bilan munosabati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot targʻibot-tahlil markazi Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari va hukumat muassasalari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Axborot targʻibot-tahlil markazi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarga tezkorlik bilan munosabat bildirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Prezidentning Farmon va farmoyishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Prezident nutqlarining bayonnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
va boshqa axborot materiallarini oʻz vaqtida olib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Axborot targʻibot-tahlil markazi xodimlari Prezident ishtirokidagi yigʻilishlar, matbuot konferensiyalari, Oliy Majlis sessiyalari, Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida, shuningdek targʻibot-tahlil ishlari uchun bevosita qoʻshimcha axborot olish imkonini beruvchi boshqa barcha muhim tadbirlarda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Axborot targʻibot-tahlil markazi faoliyatining taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Axborot targʻibot-tahlil markazi oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur texnik vositalar, jumladan kompyuter jihozlari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Axborot targʻibot-tahlil markazi xodimlari huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Axborot targʻibot-tahlil markazi xodimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Davlat va jamoat tashkilotlarida Axborot targʻibot-tahlil markazi nomidan ish olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Oʻrnatilgan tartib asosida oʻz faoliyati yoʻnalishiga muvofiq ravishda vazirliklar va muassasalar, mahalliy hokimiyat organlaridan, mansabdor shaxslardan ish uchun zarur boʻlgan axborotlar oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Respublika fuqarolarining xatlariga javob qaytaradi, shikoyatlarini koʻrib chiqadi, oʻziga berilgan huquqlar doirasida tegishli tashkilotlar bilan zarur yozishmalar olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Axborot targʻibot-tahlil markazini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Axborot targʻibot-tahlil markazini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanuvchi va vazifasidan ozod qilinuvchi rahbar boshqaradi.