Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.11.2017 25.09.2007 yildagi 202-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.11.2017
Hujjat 25.09.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT AKTIVLARINI SOTIShDAN TUShGAN, XOʻJALIK BOShQARUVI AYRIM ORGANLARI USTAV FONDINI ShAKLLANTIRISh UChUN BERILGAN MABLAGʻLARNI TAQSIMLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat aktivlarini sotishdan tushayotgan, xoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga 1-ilovaga* muvofiq tegishli xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning ustav fondidan chiqarilayotgan davlat aktivlarini, sotishdan tushadigan mablagʻlarni Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamida jamlagan holda, sotish huquqi berilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat aktivlarini sotishdan olingan mablagʻlarni 2-ilovaga* muvofiq taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq uyushmaga tushayotgan mablagʻlarni jamlash va ulardan uyushma tomonidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarning qaytarish, shuningdek yiliga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov toʻlash shartlari bilan paxta tozalash korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushma tomonidan unga tushgan mablagʻlarning 2012-yildan boshlab 3 yil mobaynida davlatga qaytarilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 403-modda; 2011-y., 10-11-son, 100-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda)