Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2022 31.07.2007 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OILAVIY BOLALAR UYLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 451-sonli “Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish, oilaviy bolalar uylarini rivojlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy bolalar uylari faoliyatini uch oy muddatda oʻrgansin va ularni ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy bolalar uylari faoliyatining muntazam nazorat qilinishini taʼminlasin, ular zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 31-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 158-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom oilaviy bolalar uyining maqomini, ularni tashkil etish, oilaviy bolalar uyiga bolalarni qabul qilish tartibini, tarbiyalovchi ota-onalarning hamda ana shunday uylarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning (keyingi oʻrinlarda tarbiyalanuvchi bolalar deb ataladi) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oilaviy bolalar uyi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun tarbiya muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash, oʻqitish, sogʻlomlashtirish, aqliy, psixologik va jismoniy rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular uchun oiladagiga yaqin zarur sharoitlar vujudga keltirish oilaviy bolalar uyining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uylari tashkil etishga koʻmaklashadilar, tarbiyalovchi ota-onalarga zarur tashkiliy yordam koʻrsatadilar hamda har oyda kamida bir marta tarbiyalanuvchi bolalar turmushi va tarbiyalanishi sharoitlarini kuzatib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. Oilaviy bolalar uyini tashkil etishni xohlagan er-xotinning tegishli arizasi, vasiylik va homiylik organining, Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Bolalar masalalari boʻyicha komissiya) er-xotinning tarbiyachilar — ota-onalar boʻlishi va bolalarni tarbiya qilishga olishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosasi tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oilaviy bolalar uyi tashkil etishni xohlovchi er-xotin oʻzining yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga ariza bilan murojaat qilishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada er-xotinning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolalari (oʻzlariniki, farzandlikka olganlari) mavjud boʻlgan taqdirda — ularning soni va yoshi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning, nikohdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish va oʻqish joyidan maʼlumotnoma (ishlamayotgan yoki belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilganlar uchun — mahalliy mehnat organlarining maʼlumotnomasi);
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasidan koʻchirma (ish staji mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila aʼzolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotinda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq boʻlgan mulk huquqi, ijara shartlarida (ijaraga olingan) yoki boshqa qonuniy asoslarda turar joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli turar joy mavjud boʻlmagan taqdirda arizada xizmat turar joyi bilan taʼminlash zarurligi koʻrsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy maslahat komissiyasining er-xotinning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanseri maʼlumotnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani topshirish vaqtida er-xotinning shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar ushbu Nizomda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining nikohdan oʻtgan, 35 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan fuqarolari tarbiyalovchi ota-ona boʻlishlari mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalashga olinayotgan bolalar bilan qarindoshligi boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqatliligi cheklangan deb eʼtirof etilganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalik huquqlaridan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga yuklangan majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik uchun vasiylik (homiylik) majburiyatidan chetlashtirilganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa, sobiq farzandlikka olganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq bolalarni tarbiyalashga olishi taqiqlanadigan kasalligi mavjud boʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan qilgan jinoyati uchun sudlanganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vasiylik va homiylik organi er-xotinning arizasi asosida ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida er-xotinning turmush sharoitlarini tekshiradi, tekshirish natijalariga koʻra tegishli xulosa bilan dalolatnoma tuzadi va ularni koʻrib chiqish uchun Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotinning turmush sharoitlari, shu jumladan turar joy maydoni, sanitariya va boshqa sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish vaqtida oilaning birgalikda yashaydigan barcha aʼzolarining, shu jumladan oʻzining va farzandlikka olgan bolalarining (oʻn yoshdagi bolalarning roziligi majburiydir) fikri oʻrganiladi, ish joyidan tavsifnoma soʻraladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tekshirish dalolatnomasi hamda vasiylik va homiylik organining xulosasi, shuningdek taqdim etilgan materiallar asosida Bolalar masalalari boʻyicha komissiya tekshirish dalolatnomasi hamda vasiylik va homiylik organining xulosasi olingan kundan boshlab 20 kun mobaynida oilaviy bolalar uyi tashkil etish mumkinligi toʻgʻrisida uzil-kesil xulosa tuzadi hamda uni vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tarbiyalovchi ota-ona boʻlishni xohlovchi er-xotinning shaxsiy sifatlari, ularning sogʻligʻi, bolalarni tarbiyalash boʻyicha majburiyatlarni bajarishga layoqati (tayyorligi), oʻzlari bilan birga yashaydigan boshqa oila aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlari eʼtiborga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashda ijobiy tajribaga va pedagogik maʼlumotga ega boʻlgan oilalarga (farzandlikka oluvchilarga, vasiylarga, tutingan ota-onalarga) ustunlik beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunidan boshlab 5 kun mobaynida vasiylik va homiylik organi tomonidan arizachilarga yetkaziladi. Ayni bir vaqtda arizachiga barcha hujjatlar qaytarib beriladi va xulosa yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. Xulosa yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda vasiylik va homiylik organi xulosa tuzilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida tuman (shahar) hokimiga oilaviy bolalar uyi tashkil etish taklifini hokimning tegishli qarori loyihasi bilan birga va barcha hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyi tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun mobaynida er-xotinga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq oilaviy bolalar uyini tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish, shu jumladan oilaviy bolalar uyi ustavini tasdiqlash, oilaviy bolalar uyi rahbarini tayinlash vasiylik va homiylik organiga yuklanadi. Oilaviy bolalar uyiga rahbarlik qilish funksiyasi er-xotindan birining zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyi tashkil etish uchun xizmat turar joyi ajratish tegishli uy-joy fondi mavjudligini hisobga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bolalarni oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bolalar oilaviy bolalar uyiga tuman (shahar) hokimining qarori hamda vasiylik va homiylik organining tegishli yoʻllanmasi asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni oilaviy bolalar uyiga berish uchun tanlab olish er-xotin tomonidan vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (yigirma besh yoshga toʻlmagan) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida bir marotaba bolalar bilan suhbatlar oʻtkazish asosida ularning taʼlim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini oʻrganadi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.
(141-band Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Er-xotinning bolani tarbiyalashga berish toʻgʻrisidagi iltimos bilan bola yashayotgan (joylashgan) joydagi vasiylik va homiylik organiga qilgan murojaatnomasi tuman (shahar) hokimining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatnomaga tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyi tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tarbiya va tibbiyot, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan yoki ularning idoraviy mansubligidan va tashkiliy shaklidan qatʼi nazar, boshqa shunga oʻxshash muassasalardan bolani tanlab olishda ushbu muassasalarning maʼmuriyati bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun olishni xohlovchi er-xotinni bolaning shaxsiy yigʻmajildi va uning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa bilan tanishtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasa maʼmuriyati bola toʻgʻrisida taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun ota-onasining qarovisiz qolgan tugʻilganidan boshlab oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berishda vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berish uning fikrini hisobga olgan holda (10 yoshdan boshlab — faqat uning roziligi bilan) hamda bola yashayotgan tarbiya yoki tibbiyot, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasi yoki boshqa shunga oʻxshash muassasa maʼmuriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun kamida besh nafar, lekin koʻpi bilan oʻn nafar bola beriladi. Bunda yangidan tashkil etilgan oilaviy bolalar uyiga bir yoʻla kamida besh nafar bola beriladi. Qolgan bolalar ularning tanlab olinishiga qarab berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyidagi bolalarning, shu jumladan nikohdan oʻtgan er-xotinning qaramogʻidagi oʻzining va farzandlikka olgan bolalarining umumiy soni oʻn ikki nafardan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyidan bolalarning 18 yoshga toʻlishi yoxud boshqa sabablar boʻyicha ketishiga qarab unga yangi bolalar olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tarbiyalovchi ota-onalar yoxud ulardan bittasi 55 yoshga toʻlsa, shuningdek bu — bola manfaatiga zid boʻlsa, u holda oilaviy bolalar uyiga yangi bolalar olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarbiyalovchi ota-onalar yoxud ulardan bittasi 55 yoshga toʻlsa, oilaviy bolalar uyi oʻz faoliyatini tarbiyalanuvchi bolalar oʻn sakkiz yoshga toʻlgungacha yoxud ular boshqa sabablarga koʻra ketgungacha amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzaro qarindosh boʻlgan bolalar, qoidaga koʻra bitta oilaviy bolalar uyiga beriladi, ular tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha yoki boshqa sabablarga koʻra birga tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oilaviy bolalar uyiga berilayotgan har bir bolaga vasiylik va homiylik organlari yoki bola ularning qoʻlida boʻlgan tarbiya, davolash muassasasi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasi va boshqa shunga oʻxshash muassasa quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bolaning rivojlanishi tarixidan (yangi tugʻilgan chaqaloq tarixidan) sogʻligʻi toʻgʻrisida koʻchirma va psixonevrologning xulosasi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maʼlumoti toʻgʻrisidagi tegishli hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bolaning yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori, kasallik, ota-onalar qidiruvi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va ota-onalarning yoʻqligini yoki ular oʻz bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) aka-ukalar va opa-singillar, boshqa yaqin qarindoshlar borligi va ular qayerda ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) bolaga tegishli mol-mulk roʻyxati va ushbu mol-mulk saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) balogʻatga yetmagan bola ilgari egallab turgan turar joyning unga biriktirilishi, uy-joyga va (yoki) boshqa mol-mulkka mulk huquqi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) aliment undirish toʻgʻrisida sud qarorining nusxasi, pensiya olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar, pensiya oladigan bolaga pensiya guvohnomasi, bolaning nomiga ochilgan qimmatli qogʻozlar, bank hisob raqami mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bola oilaviy bolalar uyiga qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatdan kechikmay bevosita tarbiyalovchi ota-onalarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolaning oilaviy bolalar uyida boʻlishi muddati bolaning yashash joyi (turgan joyi)dagi vasiylik va homiylik organi bilan oilaviy bolalar uyi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tarbiyalovchi ota-onalar va tarbiyalanuvchi bolalarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarning qonuniy vakillari hisoblanadi, ularning huquqlari va manfaatlarini, shu jumladan sudda, maxsus vakolatlarsiz himoya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan vasiylar (homiylar) sifatida huquqlarga ega boʻladilar va javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tarbiyalovchi ota-onalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolani tarbiyalashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning tinch-xotirjamligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga (sogʻligʻi, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishiga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolaning taʼlim olishi, shu jumladan kasb-hunar taʼlimi olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, uni mustaqil hayotga tayyorlashga hamda uning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tarbiyalovchi ota-onalarning huquqlari tarbiyalanuvchi bolalarning huquqlariga zid ravishda amalga oshirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tarbiyalovchi ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qonunchilikka va xalqaro normalarga qatʼiy amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz majburiyatlarini buzishda aybdor boʻlgan ota-onalar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tarbiyalovchi ota-onalar uzoq vaqt kasal boʻlganda yoki ular vafot etgan taqdirda vasiylik va homiylik organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan birgalikda hujjatlarni ushbu oilaning qoʻyiladigan barcha talablarga javob beradigan boshqa aʼzosiga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish va uni tarbiyalovchi ota-ona deb tayinlash yoxud tarbiyalanuvchi bolalarni joylashtirishninng boshqa shakllarini belgilash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oilaviy bolalar uyiga berilgan bola, agar bu bolaning (bolalarning), normal kamol topishi, tarbiyalanishiga zid boʻlmasa, oʻz ota-onalari, qarindoshlari bilan shaxsiy aloqada boʻlish huquqiga egadir. Ota-onalarning tarbiyalanuvchi bolalar bilan aloqa qilishiga tarbiyalovchi ota-onalarning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Nizoli holatlarda tarbiyalanuvchi bolalar bilan uning ota-onalari, qarindoshlari va tarbiyalovchi ota-onalar oʻrtasidagi muomala tartibi vasiylik va homiylik organlari tomonidan, bunday kelishuv boʻlmagan taqdirda – sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyiga berilgan bolani farzandlikka olish yoki uni oʻz ota-onalariga yoxud qarindoshlariga qaytarish hokimning qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oilaviy bolalar uyiga berilgan bola oʻziga berilishi kerak boʻlgan alimentga, ijtimoiy nafaqalarga, pensiyaga (boquvchisini yoʻqotgandagi holat, nogironlik boʻyicha) va qonunchilikda ota-onalarning homiyligisiz qolgan bolalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarbiyalovchi ota-onalarning bolaga tegishli boʻlgan yuqorida aytib oʻtilgan mablagʻlardan foydalanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarning mol-mulki (shu jumladan uy-joyi) joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda mol-mulkdan foydalanishi va saqlanishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bolalarni oilaviy bolalar uyiga joylashtirish tarbiyalovchi ota-onalar bilan tarbiyalanuvchi bolalar oʻrtasida aliment bilan bogʻliq va oila toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan meros bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar kelib chiqishiga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oilaviy bolalar uyidan chiqib ketishda yoki tarbiya, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasiga va boshqa shunga oʻxshash muassasaga oʻtkazishda bolaga oilaviy bolalar uyida boʻlganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tarbiyalanuvchi bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tarbiyalanuvchi bolalar taʼlim muassasalarida umumiy asosda oʻqiydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berilgan bolaning tinch-xotirjamligi, sogʻligʻi (sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini har oyda nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oilaviy bolalar uyi taʼminoti va uni moddiy-texnik taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oilaviy bolalar uyi taʼminoti va uni moddiy-texnik taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, ham Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oilaviy bolalar uyining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish tegishli boʻlimlari tomonidan shartnoma asosida bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oilaviy bolalar uyi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin hududiy moliya organlari oilaviy bolalar uyining shtat jadvalini va xarajatlar smetasini roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Har bir tarbiyalanuvchi bolaning taʼminoti uchun “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq har oyda oilaviy bolalar uyiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq jihozlar, xoʻjalik yuritishga, shaxsiy gigiyenaga, oʻyinga moʻljallangan buyumlar, oʻyinchoqlar, kitoblar sotib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlomlashtirish, taʼlim va madaniy-ommaviy tadbirlarga pul mablagʻlari toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun bir yilga va undan koʻp vaqtga berilayotgan bolaga mebel va zarur jihozlar sotib olish uchun mablagʻlar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oilaviy bolalar uylari xarajatlari smetalarida kommunal xizmatlarga (tabiiy gaz, issiq suv, sovuq suv, kanalizatsiya va foydalanish xarajatlari uchun), elektr energiyasiga haq toʻlashga budjet mablagʻlari nazarda tutiladi, oilaviy bolalar uylarining boshqa xarajatlari esa (joriy va mukammal taʼmirlash) budjetdan tashqari mablagʻlarni va boshqa mablagʻlarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Oilaviy bolalar uyi muassasalarning ushbu toifasi uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Budjetning gʻazna ijrosiga oʻtmagan mintaqalarda oilaviy bolalar uyi taʼminotiga ajratiladigan pul mablagʻlari har oyda belgilangan muddatlarda uning bank hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻazna ijrosiga oʻtgan mintaqalarda oilaviy bolalar uylari xarajatlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi asosida Gʻaznachilik boʻlinmalarida gʻazna hisob raqamlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari mablagʻlarni oʻtkazish uchun oilaviy bolalar uylari alohida bank hisob raqamlari ochishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Oilaviy bolalar uyiga berilgan bolalar taʼminoti mablagʻlari qonunchilikda nazarda tutilgan barcha normalar va imtiyozlar hisobga olingan holda toʻliq hajmda toʻlanishi kerak. Tamom boʻlgan moliyaviy yil uchun biror-bir sabab bilan toʻlanmagan pul mablagʻlari keyingi moliyaviy yilda toʻlanishi kerak.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil mobaynida foydalanilmagan mablagʻlar olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda oʻsha maqsadlar va bolalarning ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tarbiyalovchi ota-onalar mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar belgilangan tartibda davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onalariga mehnatga haq toʻlash shartlari, har yilgi taʼtillar berish, shuningdek “Mehribonlik” uylari tarbiyalovchilari uchun belgilangan imtiyozlar va kafolatlar, shu jumladan moddiy ragʻbatlantirishning amaldagi turlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi 33-son qarorida yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar oilaviy bolalar uyiga berilgan bolalarga ham joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oilaviy bolalar uyi mol-mulkni va pul mablagʻlarini, shu jumladan hadya sifatida olingan mol-mulk va pul mablagʻlarini, xayriyalar, homiylik mablagʻlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa manbalar mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra faqat bolalarning ehtiyojlari uchun tasarruf qilishga haqlidir.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchi bolalar uchun sanatoriylar, dam olish uylari, sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli, shu jumladan bepul yoʻllanmalar olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Oilaviy bolalar uyini moddiy qoʻllab-quvvatlash va tarbiyalanuvchi bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash maqsadida oilaviy bolalar uyi vasiylik va homiylik organi bilan kelishgan holda tadbirkorlik faoliyatini yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni tashkil etishga haqlidir.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Budjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobi va ulardan foydalanish boʻyicha hisobot soddalashtirilgan usulda, yaʼni tushgan va sarflangan davlat budjeti mablagʻlari hisobotda aks ettirilgan holda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oylik va choraklik hisobotlar xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirishning tegishli boʻlimlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oilaviy bolalar uyining maqomi oxirgi tarbiyalanuvchi bola balogʻatga yetgungacha va ishga joylashgunga qadar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Oilaviy bolalar uyini tugatish va qayta tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oilaviy bolalar uyi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy mobaynida unga bolalarni tarbiyalash uchun berish taʼminlanmasa, u tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uyi tugatilayotganda tarbiyalanuvchi bolalar qonunchilikka muvofiq joylashtirilishi kerak.
(49-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Oilaviy bolalar uyi faoliyati toʻxtatilgan taqdirda uning balansida boʻlgan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga sotib olingan asosiy aktivlar tuman (shahar) hokimining qarori boʻyicha “Mehribonlik” uylari balansiga bepul beriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 318-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)