Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA ShOShILINCh TIBBIY YORDAM MARKAZI VA UNING MINTAQAVIY (VILOYAT) FILIALLARINI TIBBIYOT ASBOB-USKUNALARI BILAN JIHOZLASh” LOYIHASINI ISLOM TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2005 YIL 11 MAYDAGI 120-SON QARORIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning mintaqaviy (viloyat) filiallarini Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga yetkazib beriladigan tibbiyot asbob-uskunalari bilan oʻz vaqtida jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning mintaqaviy (viloyat) filiallarini tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-maydagi 120-son qarorining 4-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga yetkazib beriladigan tibbiyot asbob-uskunalarini xarid qilish va davolash muassasalariga olib borish bilan bogʻliq maʼmuriy xarajatlarni sogʻliqni saqlash muassasalari taʼminoti uchun nazarda tutilgan tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirsin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-iyul,
156-son