O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKA ShOShILINCh TIBBIY YORDAM MARKAZI VA UNING MINTAQAVIY (VILOYAT) FILIALLARINI TIBBIYOT ASBOB-USKUNALARI BILAN JIHOZLASh” LOYIHASINI ISLOM TARAQQIYOT BANKI IShTIROKIDA AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2005 YIL 11 MAYDAGI 120-SON QARORIGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning mintaqaviy (viloyat) filiallarini Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga yetkazib beriladigan tibbiyot asbob-uskunalari bilan o‘z vaqtida jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning mintaqaviy (viloyat) filiallarini tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 11-maydagi 120-son qarorining 4-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga yetkazib beriladigan tibbiyot asbob-uskunalarini xarid qilish va davolash muassasalariga olib borish bilan bog‘liq ma’muriy xarajatlarni sog‘liqni saqlash muassasalari ta’minoti uchun nazarda tutilgan tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshirsin”.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-iyul,
156-son