01.08.2007 yildagi O‘RQ-106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“HAKAMLIK SUDLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 22-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1,3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar) 10-moddasi birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “xolislar sudi” degan soʻzlar “hakamlik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 100-moddaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 104-modda “protest keltirish toʻgʻrisida arizalar” degan soʻzlardan keyin “hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida arizalar, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida arizalar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 152-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) taraflar oʻrtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 248-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasiga binoan hakamlik sudi joylashgan erdagi yoxud javobgar joylashgan erdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi sud tomonidan koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar, hakamlik sudining daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi ajrimi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani sud tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu Kodeksning 249—258-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 254-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) II boʻlim quyidagi mazmundagi 5-kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5-kichik boʻlim. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3091-modda. Sud tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar;

2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar.

3092-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar ushbu Kodeksning 3091-moddasida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 351—353-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birgalikda fuqarolik sudlov ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3093-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishga oid ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
352-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3094-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi nizo boʻyicha ish yuritish sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3095-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;

3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;

5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;

2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;

3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;

4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza javobgarlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 3094-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeksning 152—154-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi yoki uni harakatsiz qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3096 -modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda sudda nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 3097-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.

3097-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;

2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;

4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;

5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.

Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3098 -modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun koʻrsatma.

Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3099-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlari hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalari sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki joylashgan erdagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki joylashgan yer nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30910-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;

3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;

6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdorlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 3099-moddasida nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeksning 152—154-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi yoki harakatsiz qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30911-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 30912-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 3094-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sudning ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30912-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, sud hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;

6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi sud yoki xoʻjalik sudi tomonidan toʻxtatib turilganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30913-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;

2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 25-moddaning oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudiga” degan soʻzlar “hakamlik sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 251-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“251-modda. Xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudlari ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ishlarni ushbu Kodeksning 201-202-boblarida koʻrsatilgan istisno va qoʻshimchalar bilan birgalikda xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan koʻrib chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 52-moddaning oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudiga” degan soʻzlar “hakamlik sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra hakamlik sudi joylashgan erdagi yoxud javobgar joylashgan erdagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudi tomonidan ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan taraflarni xabardor qilmagan holda koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar, hakamlik sudining daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi ajrimi ilova qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu Kodeksning 77—81-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hakamlik sudining daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori daʼvoni taʼminlash choralari xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi uchun asos boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 86-modda 3-bandining oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudining”, “hakamlar sudiga”, “hakamlar sudida” degan soʻzlar tegishincha “hakamlik sudining”, “hakamlik sudiga”, “hakamlik sudida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 88-modda 1 va 2-bandlarining oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudi”, “hakamlar sudiga” degan soʻzlar tegishincha “hakamlik sudi”, “hakamlik sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 91-modda birinchi qismining 6 va 7-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizalar, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi va ijro varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ajrimlari ustidan berilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 117-modda birinchi qismi 3 va 4-bandlarining oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudining”, “hakamlar sudiga”, “hakamlar sudida” degan soʻzlar tegishincha “hakamlik sudining”, “hakamlik sudiga”, “hakamlik sudida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) quyidagi mazmundagi 201 va 202-boblar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1551-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xoʻjalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida xoʻjalik sudiga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yoʻli bilan nizolashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xoʻjalik sudiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berilganligi nizo boʻyicha ish yuritish xoʻjalik sudi tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1552-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan taraf hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar boʻyicha nizolashilayotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 1551-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga va ushbu modda qoidalariga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan arizachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1553-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda xoʻjalik sudida nizolashilayotgan hal qiluv qaroriga oid ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.

Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun ushbu Kodeksning 1554-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.

1554-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalaridan ajratib olish mumkin boʻlsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalari boʻlgan qismi bekor qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1555-modda. Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish yoxud arizachining talabini toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligi oqibatida xoʻjalik sudi tomonidan toʻliq yoxud qisman bekor qilingan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1556-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalari xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdor joylashgan erdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy nomaʼlum boʻlsa, uning mol-mulki turgan joydagi xoʻjalik sudiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1557-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan yeri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi talab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga vakilning ariza taqdim etishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat xoʻjalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 1556-moddasida nazarda tutilgan talablar va ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan arizachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1558-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda ijro varaqasi soʻralayotgan ish materiallarini hakamlik sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun ushbu Kodeksning 1559-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va eʼtirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yoʻli bilan aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi ishni sud majlisida koʻrib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeks 1551-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan xoʻjalik sudining ish yurituvida boʻlsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilayotgan xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1559-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorida hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalarni bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar boʻyicha xulosalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar boʻyicha xulosalar boʻlgan qismi uchun ijro varaqasi beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan boʻlsa, oʻsha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga oʻz tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflari uchun hali majburiy boʻlmaganligini yoki bekor qilinganligini yoxud uning ijrosi xoʻjalik sudi yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan toʻxtatib turilganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti boʻlmasa, xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15510-modda. Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori toʻgʻrisidagi, arizachi majburiy ijro etilishini iltimos qilayotgan ijro varaqasini berish haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun koʻrsatma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida xoʻjalik sudi tomonidan toʻliq yoki qisman rad etilgan boʻlsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan xoʻjalik sudiga murojaat etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudining ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 670-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda) 36-moddasining oʻzbekcha matnidagi “hakamlar sudi” degan soʻzlar “hakamlik sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda) oʻzbekcha matniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-moddaning 8-bandidagi “xolislar sudining” degan soʻzlar “hakamlik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-modda birinchi qismining 2-bandidagi “xolislar sudining” degan soʻzlar “hakamlik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 27-modda birinchi qismining 2-bandidagi “xolislar sudining” degan soʻzlar “hakamlik sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-106-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 315-modda, 52-son, 533-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)