12.07.2007 yildagi PQ-670-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BANKLARNING KAPITALLASHUVINI YANADA OSHIRISH VA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASHDAGI INVESTITSIYA JARAYONLARIDA ULARNING ISHTIROKINI FAOLLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, ularning investitsiya jarayonlarida, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda keng ishtirok etishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar bank-moliya tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish, ularning kapitaliga aholi, tadbirkorlik subyektlari va ehtimol tutilgan investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish uchun aksiyalar chiqarish va ularni fond bozorida faol joylashtirish hisobiga banklarning kapitallashuv darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining oʻz kapitali hisobidan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda mavjud korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdagi investitsiya jarayonlarida keng ishtirok etishi, shu asosda raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naqd pulning bankdan tashqari aylanishini yanada qisqartirish, mijozlarni birinchi talabi boʻyicha naqd pul bilan uzluksiz va soʻzsiz taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mini-banklar tarmogʻini kengaytirish va banklar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat turlarini koʻpaytirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarini yuqori malakali professional kadrlar bilan mustahkamlash, banklarning xizmat koʻrsatish masʼuliyati va madaniyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil yakunlari boʻyicha davlat budjeti hisobiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan Markaziy bank foydasining bir qismini quyidagi banklarning nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va investitsiyalash resurs bazasini kengaytirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokreditbank”ka — 42 milliard soʻm, shu jumladan 32 milliard soʻm nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va 10 milliard soʻm kichik biznes subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalash maqsadida kredit liniyasi ochish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxtabank”ka — 25 milliard soʻm hajmida, shu jumladan 15 milliard soʻm nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va 10 milliard soʻm meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini toʻliq qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida kredit liniyasi ochish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipotekabank”ka — 25 milliard soʻm, shu jumladan 15 milliard soʻm nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va 10 milliard soʻm ipoteka kreditlari hajmini oshirish maqsadida kredit liniyasi ochish uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklariga, yil yakuni boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlar toʻlanganidan soʻng, bank foydasining kamida 30 foizini bank aksionerlik kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga 2012-yilning 1-yanvarigacha foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazani tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardan olingan daromadlar summasiga teng miqdorda kamaytirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda mazkur soliq imtiyozlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
(3-bandining birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi tartib oʻrnatilsin va unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining aksiyalarini fond birjasida birlamchi ochiq joylashtirish muomalaga yangi chiqarilayotgan aksiyalar hajmining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi (xususiy banklar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari aksiyalari majburiy tarzda fond birjasi listingiga kiritiladi va muntazam birja kotirovkalari matbuotda eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar, toʻlov terminallari, dasturiy taʼminot, bankomatlar, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari va boshqa uskunalar hamda zarur materiallarni import qilish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 445-sonli qaroriga asosan berilgan bojxona va soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2010-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston banklari uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari, moliya institutlari, emitentlarni va ular tomonidan chiqarilayotgan qimmatbaho qogʻozlarni yakka tartibda reytingli baholash milliy tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-670-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 284-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda, 25-son, 282-modda; 2011-y., 22-23-son, 225-modda)