19.06.2007 yildagi PQ-655-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.06.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini yakuniy ish natijalari uchun ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish mexanizmini tubdan takomillashtirish, ular faoliyatini isteʼmolchilarni issiqlik va suv bilan uzluksiz hamda sifatli taʼminlash darajasiga bevosita bogʻliq holda baholash va mehnatiga haq toʻlash, shuningdek issiqlik taʼminoti va suv taʼminotida isrofgarchilikni kamaytirish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2007-yilning 1-iyulidan boshlab issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning ularning bajarilayotgan ish samaradorligi va sifatini oshirish uchun moddiy manfaatdorligi va masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning xodimlar malakasi va ular koʻrsatayotgan xizmatlar sifatiga bevosita bogʻliq holda ish haqi miqdorini belgilashni taʼminlaydigan tarif tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari har bir xodimining shaxsiy hissasi darajasiga bogʻliq holda muayyan ish natijalari uchun har oylik mukofotlarini belgilash yoʻli bilan mehnatni tabaqalashtirilgan tarzda moddiy ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini korxonada isrofgarchilikni kamaytirish va uning faoliyat samaradorligini oshirish yoʻlida tashabbus koʻrsatgani hamda ijodiy munosabati uchun ragʻbatlantirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari boshqaruv xodimlari, muhandis-texnik xodimlari va xizmatchilari uchun mehnatga haq toʻlash tarif setkalari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari ishchilari uchun mehnatga haq toʻlash tarif setkalari 2-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari bilan birgalikda lavozimlarni tarif setkasi razryadlariga moslashtirish va tarif stavkalari miqdorini tasdiqlangan tarif setkalariga muvofiq belgilashni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish miqdorlari quyidagi shartlarga soʻzsiz rioya etilgan holda belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarni davlat tomonidan belgilangan talablar va meʼyorlarga qatʼiy muvofiq ravishda issiqlik va suv bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni sifatli hamda oʻz vaqtida bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning asosli shikoyatlari yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika va boshqa moddiy resurslarni tejash, isrofgarchilikni qisqartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti hududiy korxonalarida issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar jamgʻarmalarning daromadlarini shakllantirish manbalari sifatida belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika resurslarini va mehnat haqi fondini tejashdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan bitimlar shartlariga muvofiq isteʼmolchilar tomonidan issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalariga toʻlanadigan jarima sanksiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va oʻzga isteʼmolchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilning 10-iyuliga qadar issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalarida tegishli jamgʻarmalar va moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini joriy etish boʻyicha korxona rahbarlari boshchiligida maxsus komissiyalar tashkil etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning iyun-iyul oylarida issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalarini shakllantirish tartibi va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida joylarda seminarlar oʻtkazilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-655-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 19-iyundagi PQ-655-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari (bundan keyin matnda korxona deb yuritiladi) boshqaruv xodimlari, muhandis-texnik xodimlari, xizmatchilari va ishchilarining mehnatiga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom xodimlarning shartnoma majburiyatlariga qatʼiy rioya qilish hamda isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi va suv bilan taʼminlash, shuningdek xoʻjalik-maishiy oqava suvlarni tozalash, ish haqi miqdorining korxonadagi yakuniy ish natijalariga bogʻliqligini kuchaytirish boʻyicha barqaror ishlarni tashkil etishda xodimlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning mansab maoshlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq mansab maoshlariga belgilangan ustama va qoʻshimcha haqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan (bundan keyin matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) toʻlanadigan mukofotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma hisobidan toʻlanadigan bir martalik moddiy yordam.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mansab maoshlarini belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xodimlarga korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq belgilangan mansab maoshiga qarab ish haqi toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xodimlarning mansab maoshlari mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan tarif setkalari boʻyicha belgilangan bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lavozimlarni tarif setkasi razryadlariga moslashtirish issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bazaviy tarif stavkalarini indeksatsiyalash, korxona indeksatsiyalash uchun moliyaviy imkoniyatga ega boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq belgilanadigan eng kam ish haqi oʻzgartirilganda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bazaviy tarif stavkalari miqdori tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentini tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasi miqdoriga koʻpaytirilishi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq korxona xodimlariga quyidagilar uchun haq toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish vaqtidan tashqari hamda dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki barobar miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tungi ish vaqti uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda 1,5 barobar miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasblar boʻyicha oʻrindoshligi, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirgani, xodim oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda vaqtincha yoʻq xodimning vazifalarini bajargani uchun — amalda bajarilgan ishga xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay joylarda ishlaganlik uchun — mazkur hududda belgilangan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq mansab maoshlariga belgilangan boshqa ustama va qoʻshimcha haqlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasini belgilash tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Korxonada qoʻllaniladigan tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasi miqdorlari korxona tomonidan korxona moliyaviy imkoniyati va mehnat haqi fondining (mukofotlarni hisobga olmaganda) korxona xarajatlaridagi mavjud ulushidan kelib chiqib, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida mehnat organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan past boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasini mazkur Nizomga muvofiq belgilash (oʻzgartirish) koʻrsatilayotgan xizmatlar tariflarining oʻsishiga olib kelmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori, mehnat organlari bilan kelishilgandan soʻng, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasi miqdori, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdori oʻzgartirilishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun belgilangan tartibda aniqlanadigan tariflarning oʻzgarishi tarif setkasining boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xodimlarni mukofotlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bir oylik ish yakunlari boʻyicha mukofotlash uchun quyidagilar korxona xodimlari mehnatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va sifati — davlat tomonidan belgilangan talablar va meʼyorlarga qatʼiy muvofiq ravishda isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va suvni uzluksiz yetkazib berish, shuningdek xoʻjalik-maishiy oqava suvlarni chiqarib yuborish va tozalashni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilarning asosli, shu jumladan takroriy shikoyatlari yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika va boshqa moddiy resurslarni tejash, isrofgarchilikni kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xodimlarga mukofotlar miqdori korxona xodimlari mehnatini baholashning asosiy mezonlaridan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan tarzda belgilanadi. Mukofotning umumiy miqdori har bir xodimga hisoblaganda tarif setkasi boʻyicha uning tarif stavkasi (mansab maoshi)ning 50 %idan oshishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xodimni mukofotlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlib korxona tegishli boʻlinmasi rahbari tomonidan mazkur boʻlinmaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha asoslari hamda buxgalterlik va tezkor hisob-kitob maʼlumotlarini ilova qilib berilgan bildirishnomasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mukofotlash va moddiy yordam ajratish toʻgʻrisidagi qaror korxona rahbari buyrugʻi bilan, korxona rahbari (komissiya raisi), rahbar oʻrinbosari, iqtisodiy xizmat rahbari, bosh buxgalter, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va ikki xodimdan iborat 7 kishilik tarkibda tuziladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya ish tartibi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislari, qoidaga koʻra, har oy, alohida hollarda esa zarurat yuzasidan oʻtkaziladi. Mukofotlash va moddiy yordam puli toʻlash toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Qaror komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qism ovozi mavjud boʻlganda qabul qilingan hisoblanadi va korxona rahbari buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mukofotni tayinlashda xodimning oʻz xizmat vazifalarini korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiq bajarganiga baho beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mukofotlar amalda ishlangan vaqt uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofot berilayotgan oyda xodim ishdan ozod etilishi (xodimning aybi bilan ishdan ozod etilishi bundan mustasno) yoki ishga qabul qilinishi, harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan yoki boshqa uzrli holatlar tufayli toʻliq ishlab berilmagan taqdirda mukofot amalda ishlangan vaqtga proporsional tarzda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishlab chiqarish va texnologik instruksiyalarni, ichki tartib - qoidalarni buzishda aybdor boʻlgan, nuqsonlarga yoʻl qoʻygan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarni mukofotdan mahrum etish (kamaytirish) qoidabuzarliklar yoʻl qoʻyilgan yoki aniqlangan davrda amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan xodim mazkur chora qoʻllangan davrda mukofotdan toʻliq mahrum etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bir martalik moddiy yordam kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi boʻyicha yoki xodimning oʻz arizasiga koʻra komissiya qarori bilan jamoaviy shartnomada nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xodimlarga bir martalik moddiy yordam mehnat taʼtiliga chiqishda bazaviy tarif stavkasining bir barobarigacha miqdorda, shuningdek alohida holatlar (uzoq muddatli kasallik, oila aʼzosining vafoti, toʻy marosimi, farzand tugʻilishi va boshqa holatlar) munosabati bilan bir martalik moddiy yordam toʻlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy yordamning aniq miqdori komissiya tomonidan vaziyatga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda xodimlarga ovqat va kommunal xizmatlarning oshgan narxini kompensatsiya qilish uchun tarif setkasi boshlangʻich (nulinchi) razryadi tarif stavkasining 50 %igacha miqdorda har oylik moddiy yordam puli toʻlanishi, shuningdek davlat bayramlariga mukofotlar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Suv taʼminoti korxonalari kompleks brigadalarining ishchilari mehnatiga haq toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suv taʼminoti korxonasining kompleks brigadasi uchun quyidagilarni oʻz ichiga olgan har oylik mehnat haqi fondi tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarif setkasi boʻyicha ishlab berilgan vaqtga muvofiq hamda qonun hujjatlarida belgilangan mehnat haqi fondining tarif qismi hisoblangan mansab maoshlariga ustama va qoʻshimcha haqlarni hisobga olgan holda brigada aʼzolarining mansab maoshlari summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan brigada aʼzolari maoshlari summasining 50 %igacha miqdorda mukofot jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish hajmini sifatli va oʻz vaqtida bajarish sharti bilan brigadaning xodimlar qisqartirilgan soni bilan bajargan ishi hisobidan mehnat haqi fondi tejalishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mehnat haqi fondining tarifga ustama qismi (mukofot jamgʻarmasi va tejash) kompleks brigada aʼzolari oʻrtasida hisobga olish davrida brigadaning erishgan yakuniy ish natijalaridagi har bir brigada aʼzosining mehnat hissasini hisobga olgan holda mehnatdagi ishtiroki koeffitsiyenti boʻyicha taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir brigada aʼzosining mehnatdagi ishtiroki koeffitsiyenti xodimning tarif stavkasiga nisbatan qoʻllaniladi va 0 dan 1,5 gacha miqdorda belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat haqi fondining tarifga ustama qismini taqsimlash korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadigan “Kompleks brigada toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quyidagi hollarda kompleks brigada mehnat haqi fondining tarifga ustama qismi tashkil etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilib olish aktida oʻz aksini topgan ishlarni sifatsiz va belgilangan muddatlarini buzgan holda bajarish, shu jumladan ishlarni olib borish texnologiyasini buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
brigadaning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan avariya holatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks brigadaning aybi aniqlangan boshqa holatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat kodeksining 181-moddasida belgilangan mehnat va texnologik intizomni buzgan, oʻz mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarmayotgan, intizomiy jazo chorasi olgan xodimlar kompleks brigada mehnat haqi fondining tarifga ustama qismidan mukofot olish huquqidan mahrum etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kompleks brigadalarning aʼzolari boʻlgan xodimlarga mazkur Nizomning 21—23-bandlariga muvofiq bir martalik moddiy yordam puli toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jamgʻarma issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalarida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari korxonalarning maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona rahbari, u yoʻqligida uning oʻrnini bosuvchi shaxs jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika resurslarini tejashdan olingan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat haqi fondini tejashdan olingan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalarga muvofiq isteʼmolchilar tomonidan issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalariga toʻlanadigan jarima sanksiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va oʻzga isteʼmolchilarga boshqa xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika resurslari va mehnat haqi fondini tejashdan olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi narx-navoni tartibga solish jamgʻarmasiga olib qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Korxona tomonidan yil yakunlari boʻyicha rentabelli ishni taʼminlash sharoitida issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, shuningdek xoʻjalik-maishiy oqava suvlarni chiqarib yuborish va tozalash xizmatlari koʻrsatishning belgilangan prognozi bajarilgan taqdirda korxona tasarrufida qoladigan foydaning 40 %igacha miqdori Jamgʻarma mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamgʻarmadan mukofotlar va bir martalik moddiy yordam pulini toʻlash Jamgʻarma mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilida foydalanilmagan Jamgʻarma mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamgʻarma mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish korxona rahbariyati, shuningdek soliq organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadga nomuvofiq foydalanish holatlari aniqlanganda, Jamgʻarmaning maqsadga nomuvofiq foydalanilgan mablagʻlari jami summasi davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi, aybdor shaxslarga nisbatan esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli javobgarlik choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Korxona rahbari korxona xodimlariga mukofot va moddiy yordam pullarini toʻgʻri ajratib berishda, shuningdek korxona xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javobgar hisoblanadi.