Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
Kuchga kirish sanasi
21.06.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1688-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-sonli “Mablag‘larni investitsiyaga yo‘naltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2918, 25.08.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risi”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-3860-son Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-29-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/8-11-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21,2007-29,01-02/8-11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi”;
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologik jihoz – chiqarilgan sanadan boshlab uch yildan oshmagan texnologik jihoz;
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori(ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini o‘zgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik va texnologik qayta jihozlash — ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni unumdorligi yanada yuqori bo‘lganlari bilan yangilash asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish — ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadlarida rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mavjud binolar va inshootlarni qayta qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish — mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi bino va inshootlarning qurilishi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi texnologik jihozni sotib oluvchi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik jihozlarga bojxona to‘lovlari bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i, import boj to‘lovlari) imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Lizing obyektini qo‘shimcha lizingga berishda, ushbu Nizomda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘shimcha lizingni oluvchiga taalluqli bo‘ladi. Bu holda lizing obyektini qo‘shimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va mol-mulk solig‘i bo‘yicha nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq imtiyozlari (mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bundan mustasno) yangi jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan navbatdagi soliq davridan boshlab qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar foyda (tushum) qaysi faoliyat turidan olingan bo‘lishidan qat’i nazar, soliq solinadigan foydaning (soliq solinadigan bazaning) barcha summasiga nisbatan tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi kiritilayotgan texnologik jihoz bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozni foydalanishga topshirish sanasi ko‘rsatilgan, korxona rahbari yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangan ixtiyoriy shakldagi Ma’lumotnoma ilova qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar va ularni qo‘llash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar
(paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatining o‘rnini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kreditni (lizingni) to‘lashda soliq solish foydasidan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) to‘lashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori(ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq solish bazasini hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablag‘lar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solish bazasi kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan bo‘lsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) to‘lashga sarflangan mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq solinadigan foydani ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan e’tiboran, yangi texnologik jihoz bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasi soliq solinadigan foydaning 30 foizidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida o‘rnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, soliq solish foydasining kamaytirilishi har hisobot (soliq) davrida o‘sib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar hisobot (soliq) davrida hisoblangan amortizatsiya summasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga va lizing obyekti qiymatining o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasidan oshsa, ushbu hisobot (soliq) davrida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish foydasining kamaytirilishi amalga oshirilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyoz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 foiziga kamaytiriladi. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyoz texnologik jihozga uning xarid qilish manbaidan (o‘z mablag‘lari, yoki qarzga olingan mablag‘lar, shu jumladan lizing) qat’i nazar, beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq solish bazasining kamaytirilishi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan hisobot soliq davridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solish bazasidan chegirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ summasi soliq solish bazasining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qayta kiritilayotgan jihozning qiymati joriy soliq davrda soliq solish bazasining 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida o‘rnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan paytdan boshlab besh yil muddatga ozod etish ko‘rinishida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mol-mulk solig‘i hisob-kitobiga ilova qilinadigan soliq solinmaydigan mol-mulk ro‘yxatida alohida satrda ishlab chiqarishga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozning qoldiq qiymati belgilangan imtiyoz davri davomida ko‘rsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyoz texnologik jihoz va unga tegishli butlovchi va ehtiyot qismlarning qo‘shilgan qiymat solig‘i va import bojxona bojlaridan ozod qilish ko‘rinishida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Texnologik jihozni qo‘shilgan qiymat solig‘i va import bojxona bojlaridan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga muvofiq qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Olib kirilayotgan texnologik jihozga tegishli bo‘lgan butlovchi va ehtiyot qismlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va import bojxona bojlaridan texnologik jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarida butlovchi va ehtiyot qismlar texnologik jihoz bilan bir to‘plamda yetkazib berish ko‘zda tutilgan hollarda ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYuD) “Preferensiylar” nomli 36-ustunida bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan bo‘lsa, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi va mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2010-yil 26-yanvardagi 8, 93, 2010-2, 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-2-son, 15.02.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar faqatgina import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Import qilingan texnologik jihoz O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (importyor, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(III-bob O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 254-modda; 2009-y., 17-son, 218-modda, 2010-y., 6-7-son, 56-modda)