|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul bajaruvchilar |
|
1. |
Tanlov asosida ishlab chiqilgan mamlakatimiz dasturiy mahsulotlari asosida milliy valyutaga bog‘langan internet-do‘konlardan foydalangan holda elektron to‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha boshlang‘ich loyihani joriy etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2007-yil III-IV chorak |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati, mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar |
|
2. |
Pul mablag‘larini aniq vaqt rejimida masofadan boshqarishning faol tizimlarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Normativ hujjat |
2007-yil IV chorak |
Markaziy bank, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
|
3. |
Internet tarmog‘ida elektron to‘lovlarni o‘tkazish uchun elektron tijorat qatnashchilari o‘rtasida bank ma’lumotlari va boshqa moliyaviy ma’lumotlarni o‘zaro ayirboshlashda standartlar va talablarni ishlab chiqish. |
Normativ hujjat |
2007-yil IV chorak |
Markaziy bank, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizl�k xizmati, “O‘zstandart” agentligi |
|
4. |
Elektron tijoratni amalga oshirayotgan chakana savdo korxonalarini soliqqa tortish va hisobga olish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ hujjat |
2007-yil IV chorak |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi |
|
5. |
Bank hisob raqamlarini masofadan boshqarish tizimlarini (Internet-bankning, mobil bank va boshqalarni) joriy etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2008-yil I-II chorak |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
6. |
Bank kartalari asosida naqdinasiz hisob-kitoblar tizimlarini yanada rivojlantirish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
doimiy ravishda |
Markaziy bank, O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
7. |
Banklararo “Uzkart” to‘lov tizimi doirasida Internet tarmog‘i orqali bank to‘lov kartalari bilan haq to‘lash texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish. |
Tijorat banklari va chakana savdo korxonalari uchun Internet tarmog‘ida elektron tijorat asosida elektron to‘lovlarni amalga oshirishning maxsus dasturiy ta’minoti |
2008-yil I-II chorak |
Markaziy bank, O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
|
8. |
Budjet tashkilotlarining elektron tijoratda qo‘llaniladigan shartnomalari (kontraktlari)ni G‘aznachilikda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tartib-qoidalarini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2008-yil I-II chorak |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi sharoitlarida savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda budjet tashkilotlari xarajatlari to‘lovini o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish hamda G‘aznachilikda va budjet tashkilotlarida amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini ta’minlash. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2008-yil I-II chorak |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
|
10. |
Import-eksport kontraktlarini hisobga qo‘yish, shuningdek bitishuvlarni elektron tijorat asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2008-yil II chorak |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.06.2007 yildagi 120-son
Kuchga kirish sanasi
12.06.2007
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ELEKTRON TIJORATNI AMALGA OShIRIShDA TO‘LOVLARNI O‘TKAZIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Chakana savdoda elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazish tizimlarini yanada takomillashtirish Tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlasinlar, yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga ularning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-iyun,
120-son
2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazish tizimlarini yanada takomillashtirish
Tadbirlari rejasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 251-modda)