Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.06.2007 yildagi PQ-651-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007 — 2011 YILLARDAGI DAVRDA YoGʻ-MOY SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh VA TEXNIKAVIY QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yogʻ-moy sanoatini yanada jadal rivojlantirish, tarmoq korxonalariga zamonaviy texnologik uskunalarni tatbiq etish va shu asosda texnik chigitni chuqur, samarali qayta ishlashni, sifatli, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar 2007 — 2011-yillardagi davrda yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻ-moy mahsulotlari sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish, uni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab-ehtiyoji barqaror yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻ-moy sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2011-yillardagi davrda yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi maʼqullansin. U quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturini amalga oshirish, asosiy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning maqsadli prognoz parametrlari 1, 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻ-moy sanoati korxonalari tomonidan talab-ehtiyoji yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi turdagi raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni oʻzlashtirish hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlashga investitsiyalarning texnologik tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga 2007 — 2011-yillardagi davrda yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan maqsadli prognoz koʻrsatkichlariga toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda erishish hamda loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda asosiy turdagi yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari soʻzsiz bajarilishi uchun loyiha hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek mazkur qarorning 4-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarining bajarilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantiriщda belgilangan tartibda unga 2007 — 2011-yillardagi davrda yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturida koʻzda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish, eksport hajmlarini oshirish va import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni nazarda tutgan holda, kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan roʻyxati boʻyicha atir sovun ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyo hamda ishlatiladigan materiallar 2007 — 2011-yillardagi davrda bojxona toʻlovlari (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda fermer xoʻjaliklari bilan yogʻ-moy korxonalari oʻrtasida moyli ekinlar mahsuloti ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi ushbu korxonalar tomonidan avans bilan taʼminlanishini nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish hisobiga paxtadan boshqa moyli ekinlar maydonini, shu jumladan lalmi yerlarda kengaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha, 2007 — 2011-yillardagi davrda yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturiga, eksport qilishga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan zamonaviy turdagi yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etishga oid yangi investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutgan holda, aniqlik va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-651-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 249-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda)