Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2017 13.03.2004 yildagi F-1924-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.03.2017
Hujjat 13.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash tuzish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmoyish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi PF-4974-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini rivojlantirish hamda takomillashtirish sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kengashning tarkibi, Kengash toʻgʻrisidagi nizom 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengash faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat qurilishini, sud-huquq tizimini demokratik yangilash sohasidagi huquqiy maydonni shakllantirish jarayonini tanqidiy tahlil etish; davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar va maqsadli vazifalarni hisobga olgan holda qonun ijodkorligi ishlarining samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;

qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan davlat va vakillik organlarining, tashkilot va muassasalarning, shuningdek ilmiy jamoatchilikning qonun ijodkorligi faoliyati hamda davlat va jamiyat qurilishini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish sohasida ularning toʻlaqonligi va uygʻunligini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish va shakllantirish jarayonini chuqurlashtirish sharoitlarida sud hokimiyatini isloh qilishdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, saʼy-harakatlarini birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishi sohasidagi kamchiliklar (“oq dogʻlar”)ni aniqlash; davlat va jamiyat qurilishining aniq muammolarini hal etish uchun zarur boʻlgan qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, qonun ijodkorligi faoliyatida takroriylik, parallellikni istisno etuvchi tizimlilik va izchillikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi norma va qoidalarining qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarda amalga oshirilishi toʻliqligining monitoringi; Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi qoidalarini toʻla amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

mamlakat qonunchiligida xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari ustuvorligini hamda inson huquqlarining birlamchiligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari)ni yanada rivojlantirish hamda takomillashtirishni, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va samarali ishtirok etishini taʼminlaydigan qonunlarni qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

ommaviy axborot vositalarining faoliyatini, ularning haqiqiy mustaqilligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan qonun bilan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish yuzasidan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-avgustdagi F-1828-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatning eng muhim vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega ochiq demokratik davlatning shakllantirilishini, Oʻzbekistonning fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida olgʻa tomon izchil harakatini taʼminlaydigan samarali huquqiy bazani yaratish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini muntazam (“umumiylikdan xususiylikka” tamoyili asosida) rivojlantirish va evolyutsion tarzda takomillashtirishni taʼminlash; ijtimoiy taraqqiyot, davlat qurilishi va sud-huquq tizimini takomillashtirish sohasidagi maqsadli vazifalarni hisobga olgan holda qonun ijodkorligi ishlarining konseptual asoslarini, ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarni qabul qilish, qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish jarayoniga taʼsir etuvchi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlar, davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek ilmiy jamoatchilik bilan doimiy hamkorlik aloqalarini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat parlamenti majlislarining kun tartibini shakllantirish bosqichida ham, qonun loyihalarini koʻrib chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayonlarida ham Oliy Majlis, uning xizmatlari va boʻlinmalari bilan yaqindan hamkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan qonunlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolash uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisning ikki palatali tizimini shakllantirish davomida, mamlakat qonun chiqaruvchi oliy organining qoʻmitalari va boshqa ishchi tuzilmalarini shakllantirishda ishtirok etish, parlamentning barqaror, uygʻunlashgan faoliyatini tashkil etishda zarur yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident devonining boshqa xizmatlariga yuridik hamda huquqiy sohada tashkiliy-huquqiy, maslahat yordamlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy hayot va davlat tuzilishining turli sohalarini rivojlantirish va yangilashning huquqiy bazasini yaratishdagi ilgʻor xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur tahlil etish, qonun ijodkorligi, huquqning qoʻllanilishi faoliyatida ana shu tajribadan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni yangilash vazifalarini hisobga olgan holda yuridik fan va taʼlimni rivojlantirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish dasturlarini shakllantirish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash ishining samaradorligini taʼminlash, Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat-huquqiy, sud tizimini takomillashtirish hamda aholining huquqiy ongini oshirish masalalari boʻyicha Kengash tuzish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-noyabrdagi F—1471-son Farmoyishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhini Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini rivojlantirish hamda takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisida” 2003-yil 20-avgustdagi F–1828-son Farmoyishining 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi B. Mirboboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-1924-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 13-martdagi F-1924-son Farmoyishiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengashning (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kengashga davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilishga qaratilgan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kengashning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat qurilishini, sud-huquq tizimini demokratik yangilash sohasidagi huquqiy maydonni shakllantirish jarayonini tanqidiy tahlil etish; davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini takomillashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar va maqsadli vazifalarni hisobga olgan holda qonun ijodkorligi ishlarining samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan davlat va vakillik organlarining, tashkilot va muassasalarning, shuningdek ilmiy jamoatchilikning qonun ijodkorligi faoliyati hamda davlat va jamiyat qurilishini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish, ularning toʻlaqonligi va uygʻunligini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini demokratlashtirish hamda shakllantirish jarayonini chuqurlashtirish sharoitlarida sud hokimiyatini isloh qilish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, saʼy-harakatlarini birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishi sohasidagi kamchiliklar (“oq dogʻlar”)ni aniqlash; davlat va jamiyat qurilishining aniq muammolarini hal etish uchun zarur boʻlgan qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, qonun ijodkorligi faoliyatida takroriylik, parallellikni istisno etuvchi tizimlilik va izchillikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi norma va qoidalarining qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarda amalga oshirilishi toʻliqligining monitoringi; Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi qoidalarini toʻla amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonunlarni qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat qonunchiligida xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari ustuvorligini hamda inson huquqlarining birlamchiligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari)ni yanada rivojlantirish hamda takomillashtirishni, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va samarali ishtirok etishini taʼminlaydigan qonunlarni qabul qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarining faoliyatini, ularning haqiqiy mustaqilligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan qonun bilan tartibga solishni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, fuqarolarning huquqiy madaniyati, huquqiy ongini yuksaltirish yuzasidan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kengashning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlarini chuqur tahlil etilishini tashkil qiladi va qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash dasturlarini qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan davlat va vakillik organlarining, tashkilot va muassasalarning qonun ijodkorligi hamda davlat va jamiyat qurilishini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish, sud hokimiyatini isloh qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida amalga oshirilishi monitoringini tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi prinsiplari va normalarining toʻla amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan qonunlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bosqichma-bosqich, izchil qabul qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy mamlakatlarning davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi sohasidagi qonunchilikni rivojlantirish hamda takomillashtirish boʻyicha tajribasini chuqur tahlil qilish asosida uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga tadbiq etilishi masalalarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari)ni rivojlantirish, fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish, aholining davlat va jamiyat boshqaruvida samarali ishtirok etishini taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi va tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini samarali himoya qilinishini, davlat-huquqiy, sud sohasida insonparvarlik va odillik prinsiplarini izchil amalga oshirilishini kafolatlaydigan qonunlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, aholining, ayniqsa yoshlarning, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish, ilmiy jamoalarning davlat-huquqiy va sud tizimini takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolarni hal qilishga, qonunchilik va huquqning qoʻllanilishi amaliyotida ilmiy izlanishlarning natijalaridan samarali foydalanishda koʻmaklashishga, milliy huquq maktabini shakllantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini safarbar etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan Kengash oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda talab qilish hamda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa ijroiya hokimiyat organlarining maʼlumotlar bankidan belgilangan tartibda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kengashga yuklatilgan ayrim vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlari va komissiyalari tuzish, ularda ishtirok etish uchun olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kengash ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kengash uning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kengash raisi uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Kengashga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kengashning faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kengash majlislari uning vakolati doirasiga kiruvchi masalalarning tayyorlik darajasiga koʻra, lekin kamida yil choragida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisida Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnoma yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha, shuningdek tadbirlar dasturiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash uchun uning aʼzolari tarkibidan ishchi guruhlari tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlari faoliyatining yoʻnalishlari va tarkibi Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kengash faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish, Kengash ishi haqidagi maʼruzalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini rivojlantirish hamda takomillashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2007-y., 2-son, 89-modda; 2017-y., 10-son, 144-modda)