OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
DONNI SAQLASH, QURITISH, TOZALASH, TASHISH VA QAYTA ISHLASH JARAYONIDAGI KAMAYISH VA YOʻQOTISHLARNI QOPLASH UCHUN MOLIYAVIY ZAXIRANI SHAKLLANTIRISH VA UNDAN FOYDALANISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1683-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 22-son, 191-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
41-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
2006-45-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 25-apreldagi 41, 2006-45-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 25-apreldagi 41, 2006-45-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 22-son, 191-modda) qaroriga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ehtiyojlari uchun donni xarid qilish, ularni saqlash, qayta ishlash hamda don va don mahsulotlarini sotish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) tatbiq etiladi. Ushbu korxonalar tarkibiga don qabul qilish korxonalari, elevatorlar, un-yorma yanchadigan va boshqa korxonalar ham kiradi.
2. Sotib olish, joylashtirish va saqlash jarayonida don doimiy ravishda namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha oʻz sifatini oʻzgartiradi, bu esa uning fizik ogʻirligi yoʻqotilishiga olib keladi. Donning ogʻirligini yoʻqotilishi, shuningdek quritish, tozalash, ishlov berish va tayyor mahsulotni qayta ishlashda ham yuzaga keladi.
3. Donning fizik ogʻirligidagi oʻzgarishlar miqdori, asosan inventarizatsiya, shuningdek ishlab chiqarish hamda saqlash joylarini tozalash vaqtida aniqlanadi. Bunda yoʻqotishlar faqatgina donning butun partiyasi sarflab boʻlinganidan va tozalash dalolatnomalari vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin hisobdan chiqarilishi mumkin.
4. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini, shuningdek donni qabul qilish, tozalash, ishlov berish, saqlash, tizim ichida boshqa joyga oʻtkazish va sotish boʻyicha xarajatlarni bir meʼyorda shakllantirish maqsadida don mahsulotlari korxonalarining don qabul qilish faoliyati boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida yuzaga keladigan kamayishlari va yoʻqotishlarini qoplash uchun moliyaviy zaxirasi tashkil etiladi.
5. Moliyaviy zaxirani shakllantirilishi va foydalanilishi bilan bogʻliq operatsiyalarni buxgalteriya hisobotida aks ettirish uchun alohida 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” balans hisob raqami ochiladi. Ushbu hisob raqam don va don mahsulotlarini hisobga olish (1000, 2900) hisob raqamlariga qarshi kontraktiv hisob raqam hisoblanadi va moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) don va don mahsulotlarining qiymati hisobga olinadigan hisob raqamlardagi balans qiymatini korrektirovka qilish uchun xizmat qiladi. Mazkur hisob raqamning debet qoldigʻi summasiga don va don mahsulotlarining balans qiymati koʻpayadi, kredit qoldigʻi summasiga esa kamayadi.
II. Moliyaviy zaxirani shakllantirish manbalari va foydalanish yoʻnalishlari
6. Moliyaviy zaxirani shakllantirish manbalari boʻlib:
a) davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishda donning haqiqiy sifat koʻrsatkichlarini bazis konditsiyalaridan farqiga pul koʻrinishida hisoblanadigan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga hisoblanadigan natura va pul koʻrinishidagi chegirmasi;
b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan donni saqlash, quritish, tozalash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yoʻqotishlarning hisob-kitobi;
v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida boshqa don mahsulotlari korxonalaridan olingan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha chegirmalar;
g) yuklab joʻnatilayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha ustamalar hisoblanadi.
7. Moliyaviy zaxira mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
a) davlat ehtiyoji uchun donni sotib olish vaqtida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga toʻlanadigan natura holidagi (donning fizik va hisobga olingan ogʻirligi oʻrtasidagi farqlar) va pul ustamalarini toʻloviga;
b) haqiqatda qayta ishlanadigan donning hajmiga yomonlashgan sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan donni saqlash va tashish jarayonidagi fizik ogʻirligi oshganligining hisob-kitob summasini qoplashga;
v) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida olingan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi boʻyicha pul koʻrinishidagi hisoblangan, yuklab joʻnatuvchi tomonidan donning sifat koʻrsatkichlari yaxshilanganda taqdim etiladigan donning yoʻqotilishi va kamayishiga hisoblanadigan ustama hisob-kitob summasini qoplashga;
g) donni tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida yuklab joʻnatilayotgan haqiqiy hajmdagi donning sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqi boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namligi va iflosligi aralashmasi boʻyicha chegirmalarni berishga;
d) mexanizatsiyalashgan usulda donga ishlov berish (tozalash) vaqtida donning yoʻqotilishi va kamayishini qoplashga;
e) belgilangan tartibda tasdiqlangan barcha tugallangan don partiyalarini tozalash dalolatnomalari boʻyicha haqiqatda aniqlangan donning yoʻqotilishi va kamayishini qoplashga.
8. Natura holidagi ustamalar yoki chegirmalar (bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha tegishlicha farqi) miqdori hisobiga oshgan yoki kamaygan donning fizik ogʻirligi, belgilangan sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlari boʻyicha toʻlanadigan va kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don sotib olishni bajarish hisobiga oʻtkaziladigan hisobga olish ogʻirligi hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga pul koʻrinishida hisoblanadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaxirani shakllantirish (foydalanish), donning fizik ogʻirligi va uning hisobga olingan ogʻirligi oʻrtasidagi farqni belgilangan (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlar boʻyicha qiymatini aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Korxonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, yaʼni namlik va ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlari bazis normalaridan past boʻlgan har bir foizi uchun fizik ogʻirlikka natura holidagi ustamalar qoʻyiladi hamda aksincha namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori boʻlgan har bir foizi uchun fizik ogʻirlikdan natura holidagi chegirmalar qoʻllaniladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlarining yigʻindisi boʻyicha hisoblab chiqiladi.
9. Pul koʻrinishida hisoblanadigan, pullik chegirmalar (ustamalar) hisobidan moliyaviy zaxirani tashkil qilish (foydalanish) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilinayotganida sotib olish narxlariga chegirmalar (ustamalar) qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish maqsadida donning sifat koʻrsatkichlari bazis tayyorlov konditsiyalari normalari tegishli milliy standartlar bilan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
11. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish, donni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).
12. Donning sifat koʻrsatkichlari oʻzgarishi natijasida kamayishlar va yoʻqotishlar miqdori amalda omborxonalar, ishlab chiqarish sexlari (uchastkalari)ni inventarizatsiya qilish va tozalash vaqtida aniqlanadi. Donni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlarini teng miqdorda shakllantirish maqsadida donni saqlash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonidagi kamayishlar va yoʻqotishlarni omborxonalar va boshqa saqlash joylarini inventarizatsiya qilish va tozalash natijalari boʻyicha emas, balki donni ishlab chiqarishga yoʻnaltirilishi bilan xarajatlarni hisobga olish hisob raqamiga oʻtkazish lozim. Tegishlicha, qayta ishlashga yuborilgan donga tegishli boʻlgan, donni saqlash va tashish jarayonidagi yoʻqotishlar va kamayishlarning hisob-kitob qiymatini hisobga olish (ulgurji-sotish) narxida aniqlash lozimdir. Bu qiymat ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish boʻyicha tegishli hisob raqamga oʻtkaziladi va bir vaqtning oʻzida moliyaviy zaxira tashkil qilinadi.
13. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yoʻqotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda, dastlabki maʼlumotlar sifatida don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda xaridorlarga yuklab joʻnatishni hisobga olish jurnallaridagi va miqdor-sifatni hisobga olish kitoblarida (36-son shakl) qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati, namlik va iflosligi aralashmasi boʻyicha oʻrtacha darajadagi sifat koʻrsatkichlari xizmat qiladi.
14. Sifati oʻzgarishidan kelib chiqib, qayta ishlashga yuborilgan yoki sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning ogʻirligi asosli holda oʻzgarganligini aniqlash uchun moliyaviy zaxira summasini shakllantirish (foydalanish)da quyidagilarga amal qilish lozim:
a) namlik pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning ogʻirligidagi kamayishlar miqdori qayta ishlashga yuborilgan donning kirim qilinishi va sarflanishi boʻyicha namlik koʻrsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula boʻyicha qayta hisoblanadi:
| |
X= |
__100 (a – b)__ |
, bunda: | |
| |
100 – b |
|
X — ogʻirlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;
a — kirim qilinishi boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %da;
b — sarflanishi boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %da;
b) yaroqli va yaroqsiz chiqitlarni hisobga olish dalolatnomalari boʻyicha hisobdan chiqarilgan ifloslik aralashmasi pasayishi oqibatida yuzaga kelgan donning ogʻirligidagi kamayishlar miqdori kirim qilish va sarflash boʻyicha ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlarini taqqoslash vaqtida kelib chiqadigan miqdordan oshmasligi lozim. Ushbu farq quyidagi formula boʻyicha qayta hisoblanadi:
| |
U= |
_(v – g) (100 – d)_ |
, bunda: | |
| |
100 – g |
|
U — ogʻirlikdagi kamayishlarning aniqlanadigan foizi;
v — kirim qilinishi boʻyicha ifloslik aralashmasi, %da;
g — sarflanishi boʻyicha ifloslik aralashmasi, %da;
d — namlik pasayishidagi kamayishlar miqdori ushbu bandning “a” kichik bandida keltirilgan formula boʻyicha hisoblab chiqilgan %da.
15. Namligi va iflosligi aralashmasi oʻzgarishidan kelib chiqib, donning ogʻirligidagi kamayishlarni hisoblab chiqarish boʻyicha bu ikki formula qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish vaqtida donning hisobga olish ogʻirligini aniqlash uchun qoʻllanilmaydi.
16. Donni qayta ishlashda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korxonalaridan) donni natura holida va pul chegirmalari hisobiga sotib olish (kelib tushish) vaqtida hosil boʻlgan moliyaviy zaxiraning foydalanilmay qolgan qismini qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmi boʻyicha, bir vaqtning oʻzida donning tannarxini kamaytirish bilan toʻgʻrilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil boʻlgan moliyaviy zaxira toʻliq foydalanilmasligi mumkin. Bunda, donni sotib olish vaqtida ushbu qayta ishlanayotgan don partiyasi boʻyicha tashkil qilingan moliyaviy zaxiraga nisbatan ishlov berish natijalari boʻyicha donning qiymatidagi yoʻqotishlar kam boʻladi.
17. Qayta ishlashga yuborilgan donning ogʻirligi uning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligini aniqlash va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) boʻyicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
18. Agarda donni tizim ichida qayta joylashtirish boʻyicha yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq, olingan donning haqiqiy hajmidagi sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) boʻyicha pul koʻrinishida hisoblab chiqiladigan, yetkazib beruvchi tomonidan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) taqdim qilinishi (berilishi) nazarda tutilgan boʻlsa, moliyaviy zaxira natura holidagi chegirmalar taqdim qilinadigan yoki ustamalar qoʻshiladigan dastlabki hisobga olish hujjatlari asosida tashkil etiladi va foydalaniladi.
19. Tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sanoat va don qabul qilish korxonalari tomonidan keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun don yuklab joʻnatish vaqtida sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblab chiqiladigan, taqdim qilinadigan natura holidagi chegirmalar (ustamalar) miqdori xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tuziladigan yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq belgilanadi. Tizim ichida tashish vaqtida natura holidagi chegirmalar berish yoki ustamalar qoʻyish maqsadida sotib oluvchiga yuklab joʻnatilgan donning ogʻirligi oʻzgarishini ularning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli ekanligini aniqlash ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
20. Sotib oluvchiga tizim ichida qayta joylashtirish vaqtida sotilgan (yuklab joʻnatilgan) don boʻyicha yaxshilangan sifat koʻrsatkichlari (sotish (yuklab joʻnatish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlari kirim qilish vaqtidagidan yoki donga ishlov berishdan keyin yuqori boʻlsa) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblab chiqiladigan natura holidagi ustamalarni taqdim qilish vaqtida donni saqlash va tashish jarayonidagi kamayishlar va yoʻqotishlarni qoplash uchun taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga moliyaviy zaxira tashkil qilinadi. Agarda donni sotish (yuklab joʻnatish) vaqtida namlik va ifloslik aralashmasi koʻrsatkichlari u kirim qilinganidan yoki unga ishlov berilganidan keyingi koʻrsatkichlarga nisbatan past boʻlsa, donning yaxshilangan sifat koʻrsatkichlari farqlari boʻyicha sotib oluvchiga taqdim qilingan natura chegirmasi summasiga moliyaviy zaxiraning miqdori kamayadi.
21. Donni sotish (yuklab joʻnatish) vaqtida, sotilayotgan (yuklab joʻnatilayotgan) donning haqiqiy hajmi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan (don mahsulotlari korxonalaridan) donni sotib olish (kelib tushish) vaqtida natura holida va pul chegirmalari hisobiga hosil boʻlgan moliyaviy zaxiraning foydalanilmay qolgan qismini, bir vaqtning oʻzida donning sotilish tannarxini kamaytirish bilan toʻgʻrilash (kamaytirish) amalga oshiriladi. Sotib olish vaqtida hosil boʻlgan moliyaviy zaxira toʻliq foydalanilmasligi mumkin, masalan:
a) normativ koʻrsatkichgacha tozalanmagan yoki umuman tozalanmagan don partiyasi yuklab joʻnatilsa;
b) ishlov berish natijalari boʻyicha donning qiymatidagi yoʻqotishlar ushbu donni partiyasi boʻyicha uni sotib olish vaqtida tashkil qilingan moliyaviy zaxiraga nisbatan kam boʻlsa.
22. Qayta ishlashga yuborilgan donning ogʻirligini aniqlash uning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligi va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) boʻyicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).
23. Moliyaviy zaxira, shuningdek ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berishdan keyin olingan asosiy mahsulotlar (sifatli don), qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarning hisobga olish narxi boʻyicha qiymati oʻrtasidagi farqlar summasini qoplash uchun ishlatiladi. Bunda, donning fizik ogʻirligini kamayishiga sabab boʻlgan ishlov berish natijalari boʻyicha kamayishlar va yoʻqotishlarni hisobdan chiqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Moliyaviy zaxira hisobidan qoplanadigan yoʻqotishlar summasi ishlov berishga hisobga olish (ulguji-sotish) narxlarida topshirilgan donning qiymati, shuningdek ishlov berishdan olingan asosiy mahsulotlar (ishlov berilgandan keyingi sifatli don), qoʻshimcha mahsulotlar (don aralashmasi) va yaroqli chiqitlar (turli toifadagi don chiqitlari)ning hisobga olish (ulgurji-sotish) narxlarining qiymati oʻrtasidagi farqlar boʻyicha aniqlanadi. Yaroqsiz chiqitlar baholanmaydi va aktivlarni hisobga olish hisob raqamida hisobga olinmaydi. Yaroqsiz chiqitlarni hisobga olgan holda ishlov berishdan olingan mahsulotlar ogʻirligi ishlov berishga topshirilgan donning ogʻirligiga teng boʻlishi lozim.
25. Umumiy chiqitlar — elevatorlarda, shuningdek bitta texnologik liniya boʻyicha turli xildagi ekinlar donlarining partiyalari bilan mexanizatsiyalashgan operatsiyalar oʻtkazadigan boshqa korxonalarda olinadi. Bunday holda har bir partiyadagi ifloslik va don aralashmasining kamayishi miqdoriga mutanosib ravishda chiqitlarni hisobdan chiqarish amalga oshiriladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib koʻriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar boʻyicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Qoʻshimcha mahsulotlarga (tarkibida don koʻp boʻlgan don aralashmasi) ishlov berish natijasida asosiy ekin doni olinsa, 2312 “Elevatorlar va omborxonalarda donni mexanizatsiyalashgan tozalash va qoʻshimcha ishlov berish boʻyicha yordamchi ishlab chiqarish” hisob raqamida kredit qoldiq yuzaga kelishi mumkin va bu qoldiqni 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqamining kreditiga olib borish yoʻli bilan moliyaviy zaxira oshiriladi.
26. Donni mexanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish boʻyicha operatsiyalarni dastlabki hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish belgilangan shakldagi hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 3-ilovasi).
27. Mexanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati oʻrtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish namunaviy buxgalteriya yozuvlari asosida amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 4-ilovasi).
28. Namlik va iflosik aralashmasi boʻyicha sifatning yaxshilanishi hisobiga hosil boʻlgan donning fizik ogʻirligidagi kamayishlar va yoʻqotishlarni qoplashda moliyaviy zaxiradan foydalanish donni saqlash va qayta ishlash joylarini tozalash boʻyicha tasdiqlangan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunda, saqlash vaqtida donning haqiqiy ogʻirligidagi tabiiy yoʻqotishlar normalari doirasidagi kamomad moliyaviy zaxiraning kamayishiga tegishli boʻlmaydi, balki kelib chiqishi va moʻljallanganligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (OʻzR QT, 1999-yil, 2-son, 9-modda) qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarning tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga tegishli boʻladi.
29. Koʻp komponentli omixta yem komponentlari meʼyoriy dozatorlari bilan ishlovchi omixta yem sexlari va korxonalari boʻyicha bunday hisoblar tuzilmaydi va zaxiralar yaratilmaydi.
30. Agar, donning barcha partiyalari tugaganidan va u boʻyicha namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifatning yaxshilanishi hisobiga hosil boʻlgan kamomad qiymati hisobdan chiqarilganidan, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga moliyaviy zaxira mablagʻlari ishlatilganidan keyin 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqamida yil yakunida foydalanilmay qolgan mablagʻlar qolsa, ular maxsus hisob-kitob boʻyicha keyingi yilga oʻtayotgan don zaxiralarining kelgusida oqlanadigan kamomadlarini qoplash uchun zarur boʻlgan moliyaviy zaxira mablagʻlari chiqarib tashlangan holda 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim.
31. Tugagan don partiyalari boʻyicha moliyaviy zaxiraning haqiqatda boʻlgan qoldigʻi faqatgina ijobiy (kredit) qoldiqqa ega boʻlishi lozim va salbiy (debet) qoldiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Yakuniy qoidalar
32. Ushbu Nizom “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-aprel
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshligʻi R. AKBAROV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-aprel
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan donni kirim qilish, donni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish vaqtida moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish hamda ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga misollar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Milliy standartlar bilan quyidagi %da bazis tayyorlov konditsiyalarining normalari nazarda tutilgan:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
| | Yumshoq bugʻdoy | Sholi doni | Arpa |
| 1. Namlik | 14,0 | 14,0 | 14,5 |
| 2. Ifloslik aralashmasi | 1,0 | 1,0 | 2,0 |
| 3. Natura (g/l) | 750 | - | 590 |
| 4. Don aralashmasi | 3,0 | 2,0 | 2,0 |
| 5. Sargʻaygan donlar (sargʻaygan endospermali don) | - | 0,3 | - |
| 6. Qizil donlar | - | 2,0 | - |
2. Korxonaga yetkazib berilgan donning namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlari bazis normalaridan farq qilganda, namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan past boʻlgan har bir foizi uchun 1% miqdorida fizik ogʻirlikka natura holidagi ustamalar qoʻyiladi hamda namlik va ifloslik aralashmasining bazis normalaridan yuqori boʻlgan har bir foizi uchun oʻsha miqdorlarda fizik ogʻirlikka natura holidagi chegirmalar beriladi. Natura holidagi ustamalar va chegirmalar 0,1% gacha aniqlikda hisoblab chiqiladi. Natura holidagi ustama yoki chegirma namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha sifat koʻrsatkichlarining yigʻindisi boʻyicha hisoblab chiqiladi.
3. Bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (koʻrsatkichlari) boʻyicha farqlar mavjud boʻlganda quyidagi miqdorlarda narxga pul ustamasi yoki pul chegirmasi hisoblanadi:
Ustamalar:
a) bazis normalaridan yuqori don naturasining har 10 g. uchun — 0,1%;
b) sholi donida bazis normalaridan past qizil donning har 0,1% uchun — 0,07%;
g) sholi donida bazis normalaridan past sargʻaygan donning har 0,1% uchun — 0,13%;
Chegirmalar:
a) bugʻdoy boʻyicha bazis normalaridan past don naturasining har 10 g. uchun — 0,1 %;
Oldingi tahrirga qarang.
b) bazis normalaridan yuqori sifatsiz va shikastlangan donning (milliy standartlar boʻyicha don aralashmasiga kiruvchi) har bir foizi uchun — 0,1%;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) sholi donida bazis normalaridan yuqori qizil donning har 0,1% uchun — 0,07%; sholi donida 0,5% dan 2% gacha yuqori sargʻaygan donning har 0,1% uchun — 0,13%; 2% dan 5% gacha — 0,30%. Milliy standart talablariga javob beruvchi 1, 2 va 3 sinf qattiq bugʻdoy hamda pivo tayyorlanadigan arpa navlari boʻyicha natura holidagi pul ustamalari va chegirmalari amalga oshirilmaydi.
(3-bandning toʻqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
Bazis normalari naturadan farq qilish koʻrsatkichlari 5 g. dan kam boʻlganida hisobga olinmaydi, 5 g. va undan koʻp boʻlganida butun 10 g. sifatida qabul qilinadi.
4. Don aralashmasi boʻyicha pul chegirmasining miqdorini aniqlashda haqiqiy sifat koʻrsatkichlari butun qilinadi: 0,5% dan kam ulush hisobga olinmaydi, 0,5% va undan koʻp ulushlar 1% (bir foiz) deb hisobga olinadi.
5. 1-misol. Haqiqiy ogʻirligi 150000 kg. boʻlgan 3 sinf yumshoq bugʻdoy qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisidan sotib olingan. 1 tonna bazis konditsiyasi uchun preyskurant sotib olish bahosi 75100 soʻm, preyskurant erkin ulgurji-sotish bahosi 96800 soʻm. Yuk xoʻjalik transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berish uchun qoʻshimcha qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda QQS deb yuritiladi) bilan birga 258041 soʻm hisoblangan. Xoʻjalikdan shartnomada koʻzda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1750 soʻm ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 8-iyunda PK-10-sonli shakl boʻyicha 278-sonli qabul qilish kvitansiyasi yoziladi.
Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| a) namlik (%) | 14,0 | 12,3 | + 1,7*1,0 = + 1,7 |
| b) ifloslik aralashmasi (%) | 1,0 | 3,4 | – 2,4*1,0 = – 2,4 |
| Jami | X | X | – 0,7% |
Natura holidagi chegirma 150000 * 0,7:100 = 1050 kg
Hisobga olingan ogʻirlik 150000 – 1050 = 148950 kg
Preyskurant sotib olish narxi boʻyicha hisobga olingan ogʻirlikning qiymati 148950 * 75,1=11186145 soʻm
Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| a) natura (g/l) | 750 | 782 | + 32 yoki 30 g * 0,01 = + 0,3 |
| b) don aralashmasi (%) | 3,0 | 4,2 | – 1,2 yoki 0 * 0,1 = – 0,1 |
| Jami | X | X | + 0,2% |
Pul ustamasining qiymati 11186145 * 0,2:100 = 22372 soʻm.
Tozalaganlik uchun toʻlov 1750 * 150 = 262500 soʻm.
Xoʻjalikning oʻz avtomototransporti bilan yetkazib berish QQS bilan birga 258041 soʻm, QQSsiz 215034 soʻm.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga toʻlanadigan summa 11186145 + 22372 + 258041 = 11 466 558 soʻm, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilardan tozalaganlik uchun olinadigan summa 262 500 soʻm.
Preyskurant erkin ulgurji-sotish narxiga qoʻyiladigan natura holidagi chegirma qiymati 1050 * 96,8 = 101640 soʻm.
Erkin ulgurji-sotish va sotib olish narxlari oʻrtasidagi farq
(96,80 – 75,10) * 148950 = 3232215 soʻm (ijobiy).
Ushbu misol boʻyicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
a) qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan donning hisobga olingan ogʻirligi boʻyicha aniqlanadigan qiymatiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 6012 | 11 186 145 s. |
b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha don mahsulotlariga korxonalariga yetkazib berilgan donning sifat koʻrsatkichlaridan farqlari yigʻindisi boʻyicha hisoblanadigan donning haqiqiy ogʻirligi natura holidagi chegirmalar summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 1710 | 101 640 s. |
v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (koʻrsatkichlari) boʻyicha farqlar mavjud boʻlganda hisoblab chiqiladigan narx pul ustamasi summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 6012 | 22 372 s. |
g) donni tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov xarajatlari summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1511 | 6012 | 215 034 s. |
d) koʻrsatilgan transport va boshqa xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchilari boʻlgan korxonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4410 | 6012 | 43 007 s. |
e) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan donni normativ koʻrsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan toʻlov summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 9390 | 218 750 s. |
j) donni quritganlik va tozalaganlik uchun toʻlovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 6410 | 43750 s. |
z) davlat ehtiyojlari uchun sotib olingan donni ulgurji-sotish va sotib olish (preyskurant yoki shartnomaviy) narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq boʻyicha:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 6591 | 3 232 215 s. |
haqiqiy ogʻirligi 150000 kg 3 sinf yumshoq bugʻdoyning ulgurji-sotish bahosi boʻyicha 1 tonnasi 96800 soʻm, jami 14520000 soʻmni tashkil etadi.
Tekshirish summasi: 11186145 + 101640 + 3232215 = 14520000 soʻm.
6. 2-misol. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan shartnomaviy sotib olish shartnomasi boʻyicha 1 tonnasi 112050 soʻmdan 150000 kg sholi doni kelib tushdi. Yuk avtoxoʻjalikning jalb qilingan transporti bilan yetkazib berilgan, yetkazib berganlik uchun QQS bilan birga 264000 soʻm hisoblangan.
Xoʻjalikdan shartnomada koʻzda tutilganidek 1 tonnasini tozalab berganlik uchun QQS bilan birga 1780 soʻm ushlab qolinadi. Qabul qilingan donga 9-iyunda PK-10-sonli shakl boʻyicha 318-sonli qabul qilish kvitansiyasi yozilgan.
Natura holidagi chegirmalar (ustamalar) uchun sholi donining tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| A) namlik (%) | 14,0 | 13,0 | + 1,0 * 1,0 = + 1,0 |
| B) ifloslik aralashmasi (%) | 1,0 | 1,2 | – 0,2 * 1,0 = – 0,2 |
| Jami | X | X | + 0,8% |
Natura holidagi ustama 150000 * 0,8 : 100 = 1200 kg
Hisobga olingan ogʻirlik 150000 + 1200 = 151200 kg
Shartnomaviy sotib olish narxi boʻyicha hisobga olingan ogʻirlik qiymati 151,2 * 112050 = 16941960 soʻm.
Natura holidagi ustama qiymati 112050 * 1,2 = 134460 soʻm.
Pul ustamalari (chegirmalari) uchun tayyorlov konditsiyalarining sifat koʻrsatkichlari:
| | Bazis | Haqiqatda | Farqlar |
| A) don aralashmasi (%) | 2,0 | 3,0 | – 1,0 * 0,1 = – 0,10 |
| B) qizil donlar (%) | 2,0 | 1,5 | + 0,5 * 10 * 0,07 = + 0,35 |
| V) sargʻaygan endospermali don (%) | 0,3 | 0,1 | + 0,2 * 10 * 0,13 = + 0,26 |
| Jami | X | X | + 0,51% |
Pul ustamasining qiymati 16941960 * 0,51 : 100 = 86404 soʻm.
Tozalaganlik uchun toʻlov 1780 * 150 = 267000 soʻm.
Avtoxoʻjalik transporti bilan sholi donini yetkazib berish QQSsiz 220000 soʻm, QQS 44000 soʻm.
Xoʻjalikka jami boʻlib 16941960 + 86404 = 17 028 364 soʻm, shuningdek transport xarajatlari uchun (220000 + 44000) = 264000 soʻm, agarda ular shartnoma boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisiga qoplansa, yaʼni jami toʻlov 17 292 364 soʻm. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisidan tozalaganlik uchun olinadigan toʻlov 267 000 soʻm.
Ushbu misol boʻyicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
a) qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish tartibida kelib tushgan sholi donining hisobga olingan ogʻirligi boʻyicha aniqlanadigan qiymatiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1010 | 6012 | 16 941 960 s. |
b) bazis normalaridan namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha don mahsulotlari korxonalariga yetkazib berilgan sholi donining sifat koʻrsatkichlaridan farqlari yigʻindisi boʻyicha hisoblanadigan donning haqiqiy ogʻirligi natura holidagi ustamalar summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 1010 | 134 460 s. |
v) bazis normalaridan boshqa sifat (namlik va ifloslik aralashmasi bundan mustasno) belgilari (koʻrsatkichlari) boʻyicha farqlar boʻlganida hisoblab chiqiladigan narx pul ustamasi summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 6012 | 86 404 s. |
g) sholi donini tayyorlash va ularni joriy saqlanishi yoki ishlatilishi joyigacha yetkazib berish boʻyicha transport-tayyorlov xarajatlari summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1511 | 6012 | 220 000 s. |
d) koʻrsatilgan transport va boshqa xizmatlar boʻyicha QQS toʻlovchilari boʻlgan korxonalar uchun hisobga kiritiluvchi QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4410 | 6012 | 44 000 s. |
e) qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan sholi donini normativ koʻrsatkichlarga qadar quritganlik va tozalaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqariladigan toʻlov summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 9390 | 222 500 s. |
j) sholi donini quritganlik va tozalaganlik uchun toʻlovdan hisoblab chiqarilgan QQS summasiga:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 6410 | 44 500 s. |
Haqiqiy ogʻirligining qiymati 112050 * 150 = 16807500 soʻm
yoki 16941960 – 134460 = 16807500 soʻm.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning ogʻirligi uning sifati oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligini aniqlash va moliyaviy zaxira summalarini tashkil qilish (foydalanish) boʻyicha hisob-kitoblarga, shuningdek ushbu operatsiyalarni aks ettirish boʻyicha namunaviy buxgalteriya yozuvlariga misollar
1. Qayta ishlashga yuborilgan va sotilgan (yuklab joʻnatilgan) donning haqiqiy hajmidagi sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan saqlash va qayta joylashtirish jarayonida dondagi kamayishlar va yoʻqotishlar hisob-kitob summasini aniqlashda dastlabki maʼlumotlar sifatida, don va don mahsulotlarini qayta ishlashga berish hamda xaridorlarga yuklab joʻnatishni hisobga olish jurnallaridagi hamda miqdor-sifatni hisobga olish kitoblari (36-son shakl)da qayd qilingan bir oyda sarf qilingan don va don mahsulotlarining miqdori va qiymati hamda namlik va ifloslik aralashmasi boʻyicha oʻrtacha darajadagi sifat koʻrsatkichlari xizmat qiladi. Moliyaviy zaxira summasini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob tuziladi.
2. Joriy oyda haqiqatda qayta ishlangan va sotilgan don miqdoriga moliyaviy zaxirani aniqlash boʻyicha hisob-kitobga misollar:
| Ekin | Donning namligi (%) | Ifloslik aralashmasi (%) | Jami | ||||
| kirim boʻyicha | xarajat boʻyicha | farq | kirim boʻyicha | xarajat boʻyicha | farq | ||
| 2 sinf yumshoq bugʻdoy | 15,6 | 14,5 | –1,1 | 1,6 | 1,1 | –0,5 | –1,6 |
| 3 sinf yumshoq bugʻdoy | 15,8 | 14,5 | –1,3 | 1,8 | 1,2 | –0,6 | –1,9 |
| Isteʼmolga moʻljallangan qimmatroq arpa | 16,0 | 14,8 | –1,2 | 0,2 | 1,4 | –0,6 | –1,8 |
Donning ogʻirligi uning miqdori oʻzgarishi oqibatida asosli oʻzgarganligini aniqlash uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi:
A) X = 100 (a – b) : (100 – b), bunda:
X — ogʻirlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi
a — kirim boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %
b — sarf boʻyicha namlik koʻrsatkichi, %
B) U = (v – g) * (100 – d) : (100 – g), bunda:
U — ogʻirlikdagi kamomadning aniqlanadigan foizi
v — kirim boʻyicha ifloslik aralashmasi, %
g — sarf boʻyicha ifloslik aralashmasi, %
d — “a” bandda keltirilgan formula boʻyicha hisoblangan, namlik pasayishi oqibatida foizlardagi kamomadlar miqdori;
2-sinf yumshoq bugʻdoy
X = 100 (15,6 – 14,5) : (100 – 14,5) = 110 : 85,5 = 1,29%
U= (1,6 – 1,1) * (100 – 1,29 ) : (100 – 1,1) = 0,5 * 98,71 : 98,9 = 49,36 : 98,9 = 0,5%
Jami 1,29 + 0,5 = 1,79%
3-sinf yumshoq bugʻdoy
X = 100 (15,8 – 14,5) : (100 – 14,5) = 130 : 85,5 = 1,52%
U = (1,8 – 1,2) * (100 – 1,52) : (100 – 1,2) = 0.6 * 98,48 : 98,8 = 59,088 : 98,8 = 0,58%
Jami 1,52 + 0,58 = 2,1%
Arpa
|
X = |
_100 (16,0 – 14,8)_ |
= |
____120____ |
= 1,41% | |
|
100 – 14,8 |
85,2 |
|
|
U = |
_(2,0 – 1,4) * (100 – 1,41) |
= |
_0,6 * 98,59_ |
= |
_59,154_ |
= 0,6% |
|
100 – 1,4 |
98,6 |
98,6 |
Jami 1,41 + 0,6 = 2,01%
2 sinf yumshoq bugʻdoy (2000 t * 1,79) : 100 = 35,8 t.
35,8 t * 112040 = 4011032 soʻm
3 sinf yumshoq bugʻdoy (1500 * 2,1) : 100 = 31,5 t.
31,5 t * 96800 = 3049200 soʻm
Arpa (1000 * 2,01) : 100 = 20,1 t.
20,1 t * 94740 = 1904274 soʻm
3. Donni qayta ishlashga hisobdan chiqarishda, hisob-kitob misolga muvofiq qayta ishlanayotgan donning haqiqiy hajmiga sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan, donni saqlash va tashish jarayonida kamayishlar va yoʻqotishlar hisob-kitob summasiga buxgalteriya yozuvi tuziladi:
| Debet | Kredit | Summa |
| 2010 | 1710 | 7 060 232 s. (shu jumladan 2 sinf yumshoq bugʻdoy boʻyicha 4011032 soʻm va 3 sinf yumshoq bugʻdoy boʻyicha 3049200 soʻm) |
Sanoat va don qabul qilish korxonalari tomonidan kelgusida sanoatda qayta ishlash uchun donni yuklab joʻnatishda, yuqorida koʻrsatilgan hisob-kitob misolga muvofiq, xaridorga dondagi yoʻqotishlar qiymatiga hisob-fakturalarda alohida qator bilan ajratiladigan natura holidagi ustama (qoʻshimcha toʻlov) taqdim qilinadi. Yuk joʻnatuvchining buxgalteriya hisobida koʻrsatilgan operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
a) xaridorga yuklab joʻnatilayotgan donning haqiqiy hajmining sifat koʻrsatkichlari (namlik va ifloslik aralashmasi) farqlari boʻyicha pul koʻrinishida hisoblanadigan namlik va iflosligi aralashmasi boʻyicha taqdim qilingan natura holidagi ustamalar summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisob raqamlar” hisob raqami;
kredit 9020 “Tovarlar sotishdan daromadlar” hisob raqami;
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisob raqami;
kredit 1710 “Donni saqlash, quritish, tozalash, qayta joylashtirish va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelgan kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxira” hisob raqami.
Ushbu misolda 1904274 soʻmlik 20,1 tonna arpa yoʻqotilishi qiymatiga yuk joʻnatuvchi tomonidan quyidagi buxgalteriya yozuvi tuziladi:
| Debet | Kredit | Summa |
| 4010 | 9020 | 1 904 274 s. |
| 9120 | 1710 | 1 904 274 s. |
Yuk qabul qiluvchi (donni qayta ishlovchi korxona) yetkazib beruvchining hisob-fakturasidagi pozitsiya asosida 1904274 soʻm miqdoridagi taqdim qilingan ustamalar summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvini tuzadi:
| Debet | Kredit | Summa |
| 1710 | 6011 | 1 904 274 s. |
Don tizim ichidagi isteʼmolchilarga (eksportdan tashqari) yuklab joʻnatilgan holatda, donning sotish qiymati boʻyicha hisoblangan QQS summasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi kiritiladi.
debet 4011 “Don uchun xaridorlardan olinadigan hisob raqamlar — tizim ichida” hisob raqami;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisob raqami.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Donni mexanizatsiyalashgan tozalash va ishlov berish boʻyicha operatsiyalarni dastlabki hisobga olish hujjatlarini rasmiylashtirish
TARTIBI
1. Donga elevatorlarda va mexanizatsiyalashgan omborxonalarda ishlov berish uchun operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun 34-son blank shakli qoʻllaniladi. Blank — tarkibida tozalash uchun farmoyish, dalolatnoma hamda ularning summasidan iborat.
2. Farmoyishda qaysi donga, nima maqsadda, qaysi konditsiyagacha, qanday usulda ishlov berilishi, shuningdek ishni tugatish muddati koʻrsatiladi. Farmoyish 2 nusxada laboratoriya rahbari tomonidan yoziladi hamda korxona va laboratoriya rahbari tomonidan imzolanadi.
3. Ishlov berishga oid dalolatnomalar tozalash, quritish oʻtkazilganidan soʻng uzogʻi bilan keyingi kunda tuziladi. Katta don partiyasiga ishlov berilgan hollarda, 34-son shakl boʻyicha dalolatnoma har oyda kamida ikki marta tuziladi. Dalolatnomalarni moddiy javobgar shaxs, laboratoriya rahbari imzolaydi, bosh buxgalter tekshirib chiqadi va korxona rahbari tasdiqlaydi.
Odatda donning ogʻirligini oʻlchash orqali, alohida hollarda esa miqdor-sifatni hisobga olish (36-son shakl) maʼlumotlari boʻyicha aniqlashadi. Tozalashdan keyin albatta qoʻshimcha mahsulotlar, chiqitlar va agar saralab olinsa, tozalanayotgan donning mayda qismi tortib koʻriladi. Odatda, tozalashdan keyin donning ogʻirligi tozalashgacha boʻlgan vaqtda donning ogʻirligi va olingan qoʻshimcha mahsulotlar, chiqitlar, mayda qismlar ogʻirligi oʻrtasidagi farqqa qarab aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarda foydali donning tarkibi:asosiy don, don aralashmasi va ishlov berilayotgan ekinga belgilangan milliy standart boʻyicha ifloslangan aralashmaga kiruvchi, ushbu ekinlarga belgilangan milliy standartlar boʻyicha esa asosiy donga yoki don aralashmasiga kiruvchi madaniy oʻsimliklar donlari (ifloslik aralashmasi qismidan ajratib olinadigan) hisoblab chiqiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 23-maydagi 261-son va Soliq qoʻmitasining 2025-yil 15-maydagi 2025-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1683-1, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)
Agarda laboratoriya qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarning namligini aniqlamasa, ular qaysi ekindan olingan boʻlsa, oʻsha tozalangan ekinning shaxsiy hisob raqamidan hisobdan chiqariladi.
5. Tozalashga oid dalolatnoma asosida toifalari boʻyicha qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlar miqdor-sifatni hisobga olish jurnalida (36-son shakl) donning ogʻirligi hisobdan chiqariladi va saqlash joyi boʻyicha kirim qilinadi.
6. Elevatorlarda (omborxonalarda) ishlov berish va keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida olinadigan yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2 % gacha don boʻlgan) yigʻilib qolganda, korxona rahbarining farmoyishi bilan yoʻq qilib tashlanadi.
Chiqitlarni yoʻq qilib tashlash ulardan yem sifatida foydalanishga yaroqsiz ekanligi, shuningdek yoʻq qilib tashlash usulini tasdiqlovchi, chiqitlarning sifati koʻrsatilgan 23-son shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Yoʻq qilib tashlash uchun korxona hududidan tashqariga chiqitlar olib chiqilganida, har bir avtomototransportga moddiy ruxsatnoma yozib beriladi. Chiqitlar tortib koʻriladi va ularning ogʻirligi 28-son shakl boʻyicha ogʻirlik jurnalida avtomototransport (va pritsep) raqami koʻrsatilgan holda 23-son shaklda qayd qilinadi. Agar yaroqsiz chiqitlarni yoqilgʻi sifatida yoki boshqa ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish uchun bepul chiqarilganda, ularni olib chiqish tovar-transport nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi.
7. Un ishlab chiqaruvchi korxonaning don tozalovchi boʻlinmasida yoki yorma tayyorlovchi boʻlinmada olingan chiqitlar mexanik yoʻqotishlar bilan birgalikda tozalash dalolatnomasida (117-son shakl) hisobga olinadi. Omixta yem korxonalarida yaroqsiz chiqitlar dalolatnoma asosida (121-son shakl), dalolatnoma-hisobot tuzilishi bilan ishlab chiqarish sexining boshligʻi hisobidan chiqariladi.
8. Umumiy chiqitlar — elevatorlarda, shuningdek bitta texnologik liniya boʻyicha turli xildagi ekinlar doni partiyalari bilan mexanizatsiyalashgan operatsiyalar oʻtkaziladigan boshqa korxonalarda olinadi. Bunday holda chiqitlar har bir partiyadagi donning iflosligi va aralashmasi miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Chiqitlarning umumiy miqdori tortib koʻriladi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Aspiratsiyalangan chang, chang kameralarini tozalash vaqtida aniqlanadi va tegishli davr uchun ekinlar yoki partiyalar boʻyicha aralashgan don miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Mexanizatsiyalashgan tozalash, ishlov berishga yuborilgan donning qiymati va ishlov berish natijalari qiymati oʻrtasidagi farqni aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni aks ettiruvchi namunaviy buxgalteriya yozuvlari boʻyicha misol
1. Donning tozalashgacha boʻlgan ogʻirligi 500000 kg, 1 tonnasi 96800 soʻm, jami 48400000 soʻm. Tozalashdan keyin 480500 kg sifatli don kirim qilinadi, 1 tonnasi 96800 soʻm, jami 46512400 soʻm. Qoʻshimcha mahsulotlar kirim qilinadi: 6300 kg narxi 43580 soʻmdan 274554 soʻmlik tarkibida 70% dan 85% gacha don boʻlgan don aralashmasi; 6900 kg narxi 33250 soʻmdan 229425 soʻmlik tarkibida 50% dan 70% gacha don boʻlgan don aralashmasi; 2650 kg narxi 20630 soʻmdan 54670 soʻmlik tarkibida 30% dan 50% gacha don boʻlgan I-toifali don chiqitlari; 2450 kg narxi 9090 soʻmdan 22271 soʻmlik tarkibida 10% dan 30% gacha don boʻlgan II-toifali don chiqitlari; 1200 kg yaroqsiz chiqitlar (tarkibida 2% gacha don boʻlgan) baholanmaydi va kirim qilinmaydi.
2. Ushbu misol boʻyicha buxgalteriya yozuvlarining sxemasi:
| Debet | Kredit | Summa | |
| 2312 | 1010 (2911) | 48400000 | Ishlov berishgacha (tozalashgacha) donning qiymati |
| 1010 (2911) | 2312 | 46512400 | Ishlov berishdan (tozalashdan) keyin sifatli donning qiymati |
| 1010 (2911) | 2312 | 274554 | Don aralashmasi (70% dan 85% gacha foydali don) |
| 1010 (2911) | 2312 | 229425 | Don aralashmasi (50% dan 70% gacha foydali don) |
| 1010 (2911) | 2312 | 54670 | I-toifali don chiqitlari (30% dan 50% gacha foydali don) |
| 1010 (2911) | 2312 | 22271 | II-toifali don chiqitlari (10%dan 30%gacha foydali don) |
| 1710 | 2312 | 1306680 | Ishlov berish (tozalash) da donning qiymatidagi yoʻqotish |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 230-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2025-y., 10/25/1683-1/0484-son)