OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
BIRJA SAVDOLARIDA ShIFER SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-mayda 1679-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 370-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1679-3, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-aprel,
24-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-aprel,
51-son
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-aprel,
01/UzRTSB-18/10-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
2007-yil 9-apreldagi 24, 51, 01/UzRTSB-18/10-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 9-apreldagi 24, 51, 01/UzRTSB-18/10-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 5-son, 57-modda) qaroriga muvofiq shiferni sotish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom shiferni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va undan foydalanuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan korxona va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomga muvofiq sotib olingan shifer faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlatilishi mumkin.
3. Shiferni sotish tovar-xomashyo birjalarida (keyingi oʻrinlarda Birja deb yuritiladi) elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
II. Asosiy tushunchalar
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilgan:
mahsulot — birja savdolarida isteʼmolchilarga sotiladigan shifer;
birja savdolari elektron tizimi — birja aʼzolariga respublikaning har bir geografik nuqtasidan aniq vaqt rejimida uzoq masofadan turib birja savdolarida ishtirok etish imkonini beradigan dasturiy apparat vositalari majmuidan iborat global taqsimlangan axborot tizimi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKKP deb yuritiladi) — birja bitishuvlari boʻyicha kliring, hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini taʼminlovchi Birjaning tuzilmaviy boʻlinmasi;
sotuvchi — mahsulot ishlab chiqaruvchi, ularni birja savdolariga qoʻyuvchi va sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari;
xaridor — ishlarni bajarish uchun shifyerdan foydalanuvchi, shuningdek ulgurji va/yoki chakana savdo qilish huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
zakalat — Birjada amalga oshiriladigan bitishuvlarni bajarilishi kafolatini taʼminlash uchun xaridorlar va sotuvchilar tomonidan Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan bitishuvlarni kafolatli taʼminlash mablagʻi;
bitishuv bayonnomasi — xaridor va sotuvchiga birja savdolarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha beriladigan, sotuvchi, xaridor va birja brokeri tomonidan imzolangan, taraflarni belgilangan muddatda talab va taklif narxi boʻyicha birja savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan hajmda mahsulotning oldi-sotdi shartnomasini tuzish majburiyatini yuklaydigan hujjat;
narxlar kotirovkasi — birja savdolarining bir kuni uchun Birjada oʻtkaziladigan savdo sessiyalari natijalari boʻyicha aniqlangan mahsulotga oʻrtacha narx;
toʻlangan bitishuvlar reyestri — tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq qoplanishini taʼminlaydigan miqdordagi mablagʻlarning xaridorning HKKPdagi shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat.
III. Shifer hajmlarini shakllantirish va uni sotish tartibi
5. Sotuvchilar, kelgusi yilga moʻljallangan mahsulot sotish hajmlaridan kelib chiqqan holda, har chorakda, keyingi chorak boshlanishidan 10 kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan, kunlar boʻyicha taqsimlangan, birja savdolari orqali har oyda sotish uchun moʻljallangan mahsulot hajmi koʻrsatilgan jadvallarini Birjaga taqdim etadi.
6. Sotuvchilar yiliga bir marta Birja bilan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida sotuvchilarning birja savdolarida ishtirok etish shartlari, shartnoma tuzgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilangan shartnomalar tuzadilar.
Savdolar muntazam ravishda ish kunlarida oʻtkazib boriladi.
7. Birja savdolari Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va birja savdolari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Birja savdolarining oʻtkazilishi, birja sessiyalarining davomiyligi, sotuvga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmi toʻgʻrisidagi axborot Birja tomonidan xaridorlarga majburiy tartibda brokyerlar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa axborot kanallari, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkaziladi.
Axborotga mahsulotni joylashgan joyi, uni ishlab chiqaruvchi korxona, shuningdek boshlangʻich narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi shart.
9. Birja barcha savdo ishtirokchilariga, ularning hududiy joylashishidan qatʼi nazar, elektron savdolarda bir vaqtda ishtirok etish imkonini taʼminlab berishi shart.
10. Savdolarni oʻtkazish, qoʻyilgan zakalat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha ishtirokchilarni kiritish va chetlatish, elektron birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va bitishuvlarni roʻyxatga olish ishlari birja savdolari elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
11. Bitishuvni roʻyxatga olish kuni Birja brokerga bitishuv bayonnomasi va namunaviy oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
12. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasida nazarda tutilgan shartlarda u olingan kunda rasmiylashtiriladi. Bitishuv bayonnomasi shartlarining bajarilishi tomonlar uchun majburiydir.
13. Savdoda sotilmay qolgan mahsulot hajmi keyingi savdolarga koʻchiriladi. Bunda, sotuvchilar mahsulotni toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha faqat birja savdolariga qoʻyilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolari natijalarida vujudga kelgan oʻrtacha narxlar boʻyicha sotish huquqiga ega.
14. Birja tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar haqi sotuvchi va xaridorlar uchun Birja tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Birja xizmatlari tariflariga muvofiq oʻrnatiladi.
15. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, sotuvchi mahsulotni qayta savdoga qoʻyadi.
16. Mahsulotni tuzilgan oldi-sotdi shartnomalar boʻyicha sotish oldindan toʻlovni toʻliq toʻlash yoki yetkazib beriladigan mahsulotning har bir partiyasi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qoʻyish sharti bilan amalga oshiriladi.
IV. Shifer narxlarini aniqlash va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmi
17. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi sotuvchi tomonidan deklaratsiyalanadigan narx (monopolist korxonalar uchun) va ulgurji sotish narxi (boshqa korxonalar uchun) darajasida belgilanadi.
18. Birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar bajarilishining moliyaviy kafolatini taʼminlash uchun birja savdolarida tuzilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Birja HKKP orqali amalga oshiriladi.
19. Hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, HKKP Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash va birja bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochadi. Ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda ikkilamchi depozit hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq ochiladi.
20. Sotuvchi va xaridorlarning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi mablagʻlari harakatini nazorat qilish uchun HKKP har bir sotuvchi va xaridorga foydalanuvchining shaxsiy raqamiga (keyingi oʻrinlarda FShR deb yuritiladi) mos keluvchi alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Sotuvchi va xaridorlarning mablagʻlari ushbu shaxsiy hisobvaraqlarda HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha hisobvaragʻi doirasida hisobga olinadi.
21. HKKP birja savdosi ishtirokchilariga ularga xizmat koʻrsatish shartlari, ularning mablagʻlari holati toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilib turishi shart.
HKKP tomonidan mijozning shaxsiy hisobvaragʻi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etilishi man etiladi.
22. Birja mijozlarning soʻrovlariga koʻra ularni birja kliringi natijalari, ular mablagʻlarining holati va joriy savdo kunida belgilangan limitlari toʻgʻrisida xabardor qilib turishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sotuvchi va xaridorlar Birjaga xizmat qiluvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga birja savdolariga qoʻyilgan mahsulot umumiy qiymatining va moʻljallanayotgan bitishuv hajmining 10 foizgacha boʻlgan miqdordagi zakalatni depozitga qoʻyadilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 3-sentabrdagi 98, 74, 01/19-18/07-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1679-1, 16.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 326-modda)
24. Xaridorlar Birjada deponentga qoʻyilgan zakalat hisobga olingan holda toʻlash moʻljallanayotgan mablagʻ hajmida bitishuvlar tuzishga haqlidir.
25. Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidagi sotuvchilar va xaridorlarning mablagʻlaridan:
bitishuvlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi va ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
bitishuv amalga oshirilmagan yoki bekor qilingan taqdirda, HKKPdagi hisobvaraqning egasi – mijozning bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish uchun;
deponentga qoʻyilgan mablagʻlar hisobidan Birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
26. Birja bitishuvi roʻyxatga olinganidan keyin besh bank ish kunida xaridor tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun Birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qoʻshimcha mablagʻlarni oʻtkazishi shart. Bunda mablagʻni oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasining “toʻlov maqsadi” ustunida xaridorning FShRi majburiy tartibda koʻrsatilishi shart.
Mahsulot temir yoʻl transporti orqali joʻnatilganda, birja bitishuvi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin besh bank ish kunida temir yoʻl tariflari qiymatini toʻliq qoplash uchun sotuvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazishi shart.
27. HKKP xaridordan mablagʻ kelib tushgan vaqtdan boshlab bir bank ish kunida sotuvchiga toʻlangan bitishuvlar reyestrini taqdim etishi shart.
28. Agar xaridor ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan muddatda birja shartnomasiga muvofiq mablagʻlarni toʻliq hajmda oʻtkazilishini taʼminlamasa, HKKP koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin sotuvchi hamda Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida darhol maʼlum qiladi va Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun sotuvchining hisobvaragʻiga jarima chorasi sifatida zakalat miqdoridan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni kiritadi.
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sotuvchi tomonidan mahsulotni xaridorga oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda yuklab joʻnatish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilmasa, HKKP shartnomada belgilangan muddatdan keyin Birjaning vositachilik haqini chegirib qolgan holda mahsulotni yetkazib berish uchun belgilangan qiymatdan 10 foizigacha miqdordagi mablagʻni jarima chorasi sifatida xaridor hisobiga kiritib qoʻyadi hamda xaridor, sotuvchi va Birjaga bitishuv bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
(29-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 3-sentabrdagi 98, 74, 01/19-18/07-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1679-1, 16.09.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 326-modda)
Bitishuv boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan qayta savdoga qoʻyiladi.
30. HKKP tomonidan taqdim etilgan toʻlangan bitishuvlar reyestri sotuvchining mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatishiga asos boʻladi.
Mahsulot sotuvchi tomonidan xaridor oʻzining majburiyatlarini bajarganligi faktini HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan joʻnatilgan taqdirda, Birja roʻyxatdan oʻtkazilgan birja shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan majburiyatlar vijdonsizlarcha bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
31. Mahsulot joʻnatilganligi va qabul qilib olinganligi faktini xaridor va sotuvchi (yoki ularning vakolatli vakillari) imzolari bilan tasdiqlangan yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Mahsulot temir yoʻl transporti orqali joʻnatilganda mahsulot joʻnatilganligi faktini temir yoʻl yuk xatining nusxasi tasdiqlaydi.
Yuk xati nusxasining taqdim etilishi HKKP tomonidan bir bank ish kunida xaridorning shaxsiy hisobvaragʻidan mablagʻlarni sotuvchining unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish va bitishuvni yopish uchun asos boʻladi.
32. Mahsulotni birja savdolari gʻoliblariga yuklab joʻnatish oldi-sotdi shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda sotuvchining naryadlari boʻyicha amalga oshiriladi.
V. Tomonlarning javobgarligi va nizolar hal etilishi
33. Xaridor bilan sotuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalardagi majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
34. Birja aʼzolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning mijozlari oʻrtasidagi birja savdo qoidalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha yuzaga keladigan nizolar Birja arbitraj komissiyasi yoki sud orqali hal qilinadi. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar undirilishi man etiladi.
35. Xaridorlar va sotuvchilar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
VI. Axborot taʼminoti va mazkur Nizom bajarilishi yuzasidan monitoring
36. Birjaning kotirovka hayʼati oʻtkazilgan birja savdolari natijasi boʻyicha birjada sotilgan mahsulot baholarining birja kotirovkasini aniqlaydi va har hafta ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻi sahifalarida eʼlon qilib boradi.
37. Sotuvchilar va Birja hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasiga savdoga qoʻyilgan va sotilgan mahsulot hajmlari, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq sotilgan mahsulotning haqiqatdagi amalga oshirilgan yetkazib berishlari toʻgʻrisida axborot beradi.
VII. Yakuniy qoida
38. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” Kompaniyasi va “OʻzRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-aprel
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-aprel
“Oʻzqurilishmateriallari” Kompaniyasi raisi E. AKRAMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel
“Oʻzbekiston Respublikasi mol-xomashyo birjasi” OAJ boshqaruv raisi T. TOʻXTABOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 206-modda, 2010-y., 37-son, 326-modda; 2012-y., 8-9-son, 94-modda)