Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024 05.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1678
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat panent idorasi direktorining buyrugʻi, 05.05.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1678
Kuchga kirish sanasi
15.05.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FOYDALI MODELGA, SANOAT NAMUNASIGA HAMDA DORI VOSITASI YOKI PESTITSIDGA TAALLUQLI IXTIROGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARI”NI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-mayda 1678-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat patent idorasi direktorining
2007-yil 3-apreldagi 25-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil 19-son, 143-modda) muvofiq foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar

1. Qonunning 5-moddasiga muvofiq patent berish haqidagi talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) topshirilgan sanadan eʼtiboran ixtiro patenti yigirma yil, sanoat namunasi patenti oʻn yil, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishi tegishincha uch va besh yilga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiro patentining amal qilishi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻllanilishi uchun belgilangan tartibda vakolatli organdan ruxsatnoma olinishi lozim boʻlgan dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiro patentining (keyingi oʻrinlarda ixtiro patenti deb yuritiladi) amal qilishi ixtiroga talabnoma berish sanasidan boshlab mahsulotni qoʻllash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanaga qadar hisoblanadigan muddatga uzaytiriladi. Bunda ixtiro patentning amal qilishining uzaytiriladigan muddati besh yildan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Vazirlikka patentning amal qilishi tugagunga qadar soʻnggi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qoʻshimcha patent bojini toʻlash sharti bilan beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Vazirlikka patentning amal qilishi davomida mahsulotni qoʻllash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanadan olti oy oʻtguniga qadar yoki patentni berish sanasidan, mazkur muddatlarning qaysi biri kechroq tugashiga bogʻliq holda beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining, ixtiro patentining (keyingi oʻrinlarda patent deb yuritiladi) amal qilishini uzaytirishga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan, vakolati qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Iltimosnomani berish va koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarda keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Foydali model patentining, sanoat namunasi patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga patentlangan ixtiro formulasida tavsiflangan mahsulot bilan identifikatsiyalashga imkon beradigan mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami va vakolatli organdan ushbu mahsulotni qoʻllash uchun birinchi ruxsatnoma olingan sanani ichiga olgan rasmiy hujjatning tasdiqlangan nusxasi (rasmiy hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Zaruriyat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishonchnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning 1—11-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Qoidalarning 7—10-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga mavjud boʻlmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda ishonchnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy byulletenida eʼlon qilinadi. Patent egasiga patentning amal qilishi uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi yozuvli “Patentga ilova” yuboriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnomani yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
‎Tel: ______ E-mail: __________

‎‎______________________________________
(F.I.Sh., yoki

______________________________________‎‎‎
yuridik shaxsning nomi)

‎‎Manzil _______________________________‎
‎Telefon ______________________________

ILTIMOSNOMA

‎‎ — sanoat namunasi
‎— foydali model
‎‎№ _____________ raqamli patentining amal qilishini uzaytirib berishingizni soʻrayman.
‎‎Patentning amal qilishi ____________________________ da tugaydi (tugagan).

(kun, oy, yil)‎

‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin)
‎‎ — patentning amal qilishini uzaytirish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
‎ — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
‎
— ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.

‎‎‎Patent egasi

‎‎_______________________________

(lavozimi, F.I.Sh., imzo)

Sana ___________

(M.Oʻ.)

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel: ______ E-mail: _________

‎‎______________________________________
(F.I.Sh., yoki

______________________________________‎‎‎
yuridik shaxsning nomi)

‎‎Manzil _______________________________‎
‎Telefon ______________________________

ILTIMOSNOMA

‎‎Ixtiro formulasining ________ mustaqil bandida tavsiflangan
‎‎ — dori vositasiga
‎— pestitsidga
‎‎taalluqli ixtiroga № _______ raqamli patentining amal qilishini uzaytirib berishingizni soʻrayman.
‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin)
‎‎ — Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalarining 10-bandida nazarda tutilgan rasmiy hujjatning tasdiqlangan nusxasi;
‎ — merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
‎
— ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.

‎‎‎Patent egasi

‎‎_______________________________

(lavozimi, F.I.Sh., imzo)

Sana ___________

(M.Oʻ.)

(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 203-modda; 2011-y., 40-son, 422-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)