Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 18.05.2007 yildagi PF-3878-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 18.05.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YoSh OILALARNI MODDIY VA MAʼNAVIY QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq va yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam koʻrsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy ragʻbatlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar joylardagi davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oila” markazi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizning har bir hududida yangi ish oʻrinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga oʻz ishini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish, kasanachilikni rivojlantirish, ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini taʼminlash va yosh oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh oilalarga ipoteka va isteʼmol kreditlari ajratish yoʻli bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xoʻjaligini yoʻlga qoʻyishda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yosh oilalarga amaliy yordam berish, ularga sifatli taʼlim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa, jumladan bolalar sogʻligʻini saqlash va tarbiyalashni taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh oilalarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda oʻzi qurgan yangi oila uchun gʻurur va masʼuliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy maʼnaviy qadriyatlari ruhida bola tarbiyalashga intilish tuygʻularini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga, shu jumladan nikohdan oʻtish va toʻy marosimlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, isteʼmol kreditlari va mikrokreditlar shaklida quyidagi maqsadlar uchun 2007-yilda 50,0 milliard soʻm ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish, taʼmirlash va sotib olish (ijaraga olish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-xoʻjaligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yosh oilalarga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun 2007-yilga moʻljallangan hajmdan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha kredit mablagʻlarini izlab topish va ajratish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni har yili Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonunchilikka muvofiq, mazkur Farmon tatbiq etiladigan yosh oila toifasiga, har biri 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta rasmiy nikohdan oʻtgan yoshlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, jismoniy shaxslar — yosh oila aʼzolarining soliqqa tortiladigan daromadlariga quyidagi daromadlari kirmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki koʻp qavatli uyda xonadon qurish, taʼmirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik subyekti — ish beruvchidan uy-joy sotib olish uchun olingan mablagʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotib olingan (mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) kundan boshlab besh yil ichida ushbu mol-mulk sotilsa, mazkur bandda koʻrsatilgan daromadlar belgilangan tartibda jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqqa tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xoʻjalik subyektlariga daromad soligʻi yoki yagona soliq toʻlovini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari toʻlashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy sotib olishga tekin berilgan mablagʻlar summasiga teng hajmda, ammo soliqqa tortiladigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda, kamaytirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 1-sentabrgacha davlat tasarrufida boʻlgan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni ulardagi maishiy sharoitlarning yosh oilalar yashashi uchun mos kelishi nuqtai-nazaridan inventarizatsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-2008-yillar davomida Nukus shahrida, har bir viloyat markazi va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalar negizida oilaviy yotoqxonalar va yosh oilalar uchun imtiyozli narxlarda ijaraga beriladigan kvartiralar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandga muvofiq yosh oilalarga beriladigan uy-joyni taʼmirlashni moliyalash hamda uni zarur sanitariya-maishiy asboblar bilan jihozlash tegishli mahalliy budjetlarning daromad qismi koʻrsatkichlarining oshirib bajarilgan summasi hamda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan homiylar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3878-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 192-modda; 2017-y., 8-son, 107-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5194/0032-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)