Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 18.05.2007 yildagi PF-3878-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YoSh OILALARNI MODDIY VA MAʼNAVIY QOʻLLAB-QUVVATLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq va yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam koʻrsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy ragʻbatlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
(Kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 107-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar joylardagi davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamizning har bir hududida yangi ish oʻrinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga oʻz ishini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish, kasanachilikni rivojlantirish, ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini taʼminlash va yosh oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh oilalarga ipoteka va isteʼmol kreditlari ajratish yoʻli bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xoʻjaligini yoʻlga qoʻyishda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh oilalarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda oʻzi qurgan yangi oila uchun gʻurur va masʼuliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy maʼnaviy qadriyatlari ruhida bola tarbiyalashga intilish tuygʻularini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan yoshlarga, shu jumladan nikohdan oʻtish va toʻy marosimlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, isteʼmol kreditlari va mikrokreditlar shaklida quyidagi maqsadlar uchun 2007-yilda 50,0 milliard soʻm ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish, taʼmirlash va sotib olish (ijaraga olish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-xoʻjaligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yosh oilalarga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun 2007-yilga moʻljallangan hajmdan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha kredit mablagʻlarini izlab topish va ajratish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni har yili Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilsin.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonunchilikka muvofiq, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni (bolani) 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak (ayol), beva (beva ayol) kishilar tarbiyalayotgan oilalar kiritiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 8-son, 107-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 1-sentabrgacha davlat tasarrufida boʻlgan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni ulardagi maishiy sharoitlarning yosh oilalar yashashi uchun mos kelishi nuqtai-nazaridan inventarizatsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-2008-yillar davomida Nukus shahrida, har bir viloyat markazi va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalar negizida oilaviy yotoqxonalar va yosh oilalar uchun imtiyozli narxlarda ijaraga beriladigan kvartiralar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandga muvofiq yosh oilalarga beriladigan uy-joyni taʼmirlashni moliyalash hamda uni zarur sanitariya-maishiy asboblar bilan jihozlash tegishli mahalliy budjetlarning daromad qismi koʻrsatkichlarining oshirib bajarilgan summasi hamda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan homiylar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va koʻp xonadonli uylardagi boʻsh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3878-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 19-20-son, 192-modda; 2017-y., 8-son, 107-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5194/0032-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)