Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI UChUN HISOB-KITOBLAR JAMGʻARMASI HISOBIDAN AVANS BERISh VA PAXTA XOM AShYoSI IShLAB ChIQARUVChILARI BILAN HISOB-KITOBLAR TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI QARORNI” BEKOR QILISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-aprelda 1062-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2005-y., 21-son, 152-modda) Farmoniga ilovaning 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2001-yil 23-iyundagi 67 va 14/28-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamgʻarmasi hisobidan avans berish va paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (2001-yil 15-avgust, roʻyxat raqami 1062 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 15-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-aprel,
40-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-aprel,
11/5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 187-modda)