Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2008 28.04.2007 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-avgustdagi 183-sonli“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 28-apreldagi 86-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 28-apreldagi 86-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanish huquqiga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda NNT deb ataladi) davlat subsidiyalari ajratish, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmasi berish shaklida ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan va kamida bir yil faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan NNT faoliyatining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga talabgor boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. NNT faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratiladigan mablagʻlar hajmi har yili Davlat budjeti xarajatlarining asosiy parametrlarida alohida satrda tasdiqlanadi, uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash shakllaridan har biriga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hajmi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat subsidiyasi ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda davlat subsidiyalari deb ataladi) mablagʻlari hisobiga NNT faoliyatini hamda maxsus loyihalarning amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan moliyaviy yoki boshqacha moddiy yordam davlat subsidiyasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. NNT faoliyatini davlat subsidiyalari ajratish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan faoliyatni amalga oshiruvchi, fuqarolik jamiyati institutlari tizimini rivojlantirishda qatnashuvchi NNT davlat subsidiyalari olishga talabgor boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat subsidiyalari faqat NNTning ustavdagi maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun, shu jumladan joriy taʼminot, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarni oʻtkazish uchun ajratiladi va foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat budjeti asosiy parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasidagi davlat subsidiyalarini NNT oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti qabul qilingandan keyin 15 kun mobaynida NNT Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun davlat subsidiyalari ajratish toʻgʻrisida, ulardan foydalanish yoʻnalishlarini koʻrsatgan holda yozma buyurtmanoma bilan murojaat qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tushgan buyurtmanomalarni NNT ish tajribasi, ustavdagi vazifalarining bajarilishi, faoliyatining ijtimoiy ahamiyati darajasi toʻgʻrisida xulosalar taqdim etish uchun — Adliya vazirligiga hamda NNTga ilgari ajratilgan davlat mablagʻlaridan foydalanishda moliya intizomiga rioya etilishi masalasi boʻyicha xulosalar taqdim etish uchun — Moliya vazirligiga joʻnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi va Moliya vazirligi har bir NNT boʻyicha materiallarni koʻrib chiqib Vazirlar Mahkamasiga uch haftadan ortiq boʻlmagan muddatda oʻz xulosalarini joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan xulosalarni hisobga olgan holda, NNT murojaat qilgan kundan boshlab bir oy mobaynida davlat subsidiyalari ajratish toʻgʻrisida qaror qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining har chorakda teng ulushlarda davlat subsidiyalari ajratish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq har bir NNTni tasdiqlangan hajmlar doirasida moliyalashtirishni amalga oshiradi. Ajratilgan davlat subsidiyalarini hisobga kiritish va sarflash davlat subsidiyalari oladigan NNT uchun maxsus ochilgan budjet hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat subsidiyalari mablagʻlarining yil oxiridagi foydalanilmay qolgan qoldiqlari budjetga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat subsidiyalari oladigan NNT har chorakda Moliya vazirligiga budjet tashkilotlari uchun belgilangan muddatlarda va tartibda davlat subsidiyalari mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ajratilgan davlat subsidiyalarining maqsadli sarflanishi ustidan nazorat belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat granti ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga, tanlov asosida NNTga beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslar davlat granti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. NNT faoliyatini davlat granti ajratish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti qabul qilingandan keyin 15 kun mobaynida davlat grantlari hajmlarini belgilash bilan bir vaqtda NNT tomonidan davlat grantlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni tanlab olishni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan muvofiqlashtiruvchilarni (keyingi oʻrinlarda Muvofiqlashtiruvchi deb ataladi) belgilaydi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolik jamiyati institutlari tizimini rivojlantirishda qatnashuvchi va milliy maqomga ega boʻlgan NNT uyushmalari va birlashmalari (Oʻzbekiston nodavlat, notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot elektron vositalari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va boshqalar) muvofiqlashtiruvchilar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat grantlari mablagʻlari hisobiga Muvofiqlashtiruvchilar tomonidan belgilanadigan yoxud NNT tomonidan tavsiya qilingan loyihalar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ikkala holatda ham Muvofiqlashtiruvchi davlat grantlari uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlari belgilangandan keyin bir oy muddatda tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tuzadi va grant olish uchun NNTdan buyurtmanomalar qabul qilishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat granti olish uchun NNT komissiyaga davlat granti olish yuzasidan buyurtmanomalarni Muvofiqlashtiruvchilar loyihalari boʻyicha ham, NNTning oʻzlari tavsiya qiladigan loyihalar boʻyicha ham tanlov shartlarida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Muvofiqlashtiruvchi buyurtmanomalarni qabul qilishning belgilangan muddati oʻtgandan keyin bir hafta muddatda tanlov qatnashchilari roʻyxatini amalga oshirish uchun tavsiya qilinayotgan loyihaning NNTning ustavdagi faoliyatiga, maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar olish uchun — Adliya vazirligiga hamda NNTga ilgari ajratilgan davlat mablagʻlaridan foydalanishda moliya intizomiga rioya qilinishi masalasi boʻyicha xulosa olish uchun — Moliya vazirligiga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi har bir NNT boʻyicha materiallarni koʻrib chiqib Muvofiqlashtiruvchiga uch haftadan ortiq boʻlmagan muddatda oʻz xulosalarini joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya taqdim etilgan xulosalarni hisobga olgan holda NNT murojaat qilgan kundan boshlab bir oy mobaynida davlat granti ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, Muvofiqlashtiruvchi ushbu qaror asosida har bir NNT — grant oluvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Muvofiqlashtiruvchilar NNTga ajratiladigan davlat grantlari maqsadi va hajmlari toʻgʻrisida Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga axborot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. NNT — davlat grantlari oluvchilarni moliyalashtirish Muvofiqlashtiruvchilar orqali Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliyalashtirish uchun Muvofiqlashtiruvchiga va har bir NNTga ajratilgan davlat grantlarini hisobga olish va sarflash maqsadida xizmat koʻrsatuvchi banklarda budjet hisob raqamlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat granti mablagʻlarining yil oxiridagi foydalanilmay qolgan qoldiqlari budjetga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bir moliya yili mobaynida NNTga bittadan ortiq grant berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat grantlari olgan NNT Muvofiqlashtiruvchilarga grantlar ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma (bitim) shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda, Muvofiqlashtiruvchilar esa har chorakda budjet tashkilotlari uchun belgilangan muddatlarda — ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat belgilangan tartibda Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Muvofiqlashtiruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat organi va NNT oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish uchun ishlarni bajarish yoki tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan davlat topshirigʻi NNTga beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. NNT faoliyatini davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. NNT tomonidan bajariladigan yoʻnalishlar boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun ajratiladigan mablagʻlar roʻyxati va hajmi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasi ular bilan ijtimoiy buyurtmalar bajarilishi kerak boʻlgan shartnomalar boʻyicha davlat organlari (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachilar deb ataladi) roʻyxatini yoxud NNT — ijtimoiy buyurtma bajaruvchilari (Vazirlar Mahkamasi buyurtmachi boʻlgan taqdirda) roʻyxatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ijtimoiy buyurtma olish uchun (Vazirlar Mahkamasi buyurtmachi boʻlmagan taqdirda) NNT tomonidan bajariladigan ijtimoiy buyurtmalar roʻyxati tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda NNT buyurtmachilarga ijtimoiy buyurtmani bajarish yuzasidan asoslangan buyurtmanomalar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Buyurtmachi bir hafta muddatda buyurtmanomalar bergan NNT roʻyxatini, amalga oshirish uchun tavsiya qilinayotgan ijtimoiy buyurtmaning NNTning ustavdagi faoliyati, maqsadi va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar olish uchun — Adliya vazirligiga hamda NNTga ilgari ajratilgan davlat mablagʻlaridan foydalanishda moliya intizomiga rioya qilinishi masalasi boʻyicha xulosa olish uchun — Moliya vazirligiga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi har bir NNT boʻyicha materiallarni koʻrib chiqib Buyurtmachiga uch haftadan ortiq boʻlmagan muddatda oʻz xulosalarini joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Buyurtmachilar Adliya vazirligi va Moliya vazirligi xulosalarini hisobga olgan holda davlat ijtimoiy buyurtmasi bajaruvchilarini belgilaydilar va ular bilan aniq ijtimoiy buyurtmani bajarish yuzasidan tegishli shartnomalar (bitimlar) tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Moliya vazirligi davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq har bir NNTni tasdiqlangan hajmlar doirasida, shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda moliyalashtirishni amalga oshiradi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini bajarishga ajratilgan mablagʻlarni hisobga kiritish va sarflash NNT — ijtimoiy buyurtma bajaruvchisi uchun maxsus ochilgan budjet hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan NNT Buyurtmachilarga tegishli shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda, Buyurtmachilar esa har chorakda budjet tashkilotlari uchun belgilangan muddatlarda — ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadilar. Davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun ajratilgan mablagʻlarning yil oxiridagi foydalanilmay qolgan qoldiqlari budjetga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat belgilangan tartibda Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTga davlat subsidiyalari ajratish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNT davlat subsidiyalari olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buyurtmanomalar joʻnatadilar

↓‎

Vazirlar Mahkamasi NNT buyurtmanomalarini koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga joʻnatadi
Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasiga har bir NNT boʻyicha tegishli xulosalar taqdim etadilar
↓‎
Vazirlar Mahkamasi taqdim etilgan xulosalarni hisobga olgan holda NNTga davlat subsidiyalari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni Moliya vazirligiga joʻnatadi
↓‎
Moliya vazirligi ajratilgan subsidiyalar hajmlari doirasida tegishli NNTga mablagʻlar oʻtkazadi
↓‎
Adliya vazirligi va Moliya vazirligi davlat subsidiyalari sifatida NNTga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTga davlat granti ajratish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi NNT loyihalarini tanlab olishni amalga oshiruvchi muvofiqlashtiruvchilarni koʻrsatgan holda NNTga grantlar tarzida ajratiladigan davlat mablagʻlari hajmlarini tasdiqlaydi

↓‎

Muvofiqlashtiruvchilar NNTning grant olish yuzasidan buyurtmanomalarini koʻrib chiqish uchun tanlov komissiyasi tuzadilar
NNT muvofiqlashtiruvchilarga grant olish yuzasidan buyurtmanomalarni taqdim etadilar
↓‎
Muvofiqlashtiruvchilar koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga tanlov qatnashchilari roʻyxatini joʻnatadilar
↓‎
Adliya vazirligi va Moliya vazirligi muvofiqlashtiruvchilarga har bir NNT boʻyicha tegishli xulosalarni taqdim etadilar
↓‎
Tanlov komissiyasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi xulosalarini hisobga olgan holda tanlab olishni amalga oshiradilar, NNTga grant ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar, ushbu qaror asosida Muvofiqlashtiruvchi ular bilan tegishli shartnoma tuzadi
↓‎‎
Muvofiqlashtiruvchilar nazoratni taʼminlash maqsadida NNTga ajratiladigan grantlarning maqsadi va hajmlari toʻgʻrisida Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga axborot taqdim etadilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi NNT davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari hajmini, davlat ijtimoiy buyurtmalari, Buyurtmachilar (davlat organlari) yoki NNT — ijtimoiy buyurtma bajaruvchilari roʻyxatini tasdiqlaydi

↓‎

Buyurtmachilar NNTning davlat ijtimoiy buyurtmasi olish yuzasidan buyurtmanomalarini qabul qilib olishni tashkil etadilar
NNT davlat ijtimoiy buyurtmasi olish yuzasidan buyurtmanomalarni Buyurtmachilarga taqdim etadilar
↓‎
Buyurtmachilar davlat ijtimoiy buyurtmasi olish yuzasidan Buyurtmachilar roʻyxatini koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga joʻnatadilar
↓‎
Adliya vazirligi va Moliya vazirligi Buyurtmachilarga har bir NNT boʻyicha tegishli xulosalarni taqdim etadilar
↓‎
Buyurtmachilar Adliya vazirligi va Moliya vazirligi xulosalarini hisobga olgan holda tanlab olishni amalga oshiradilar, davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun NNTga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar hamda ular bilan tegishli shartnoma tuzadilar
↓‎‎
Buyurtmachilar nazoratni taʼminlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun NNTga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadi va hajmlari toʻgʻrisida Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga axborot taqdim etadilar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 183-modda)