Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ALKOGOLLI MAHSULOTLAR BILAN ChAKANA SAVDO QILIShNI YANADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 16 MARTDAGI PQ-605-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) 5-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “100” va “200” raqamlari tegishli ravishda “200” va “300” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Alkogolli ichimliklar bilan savdo qilish alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun, shu jumladan alkogolli mahsulotlarni quyib sotish uchun belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma asosida hamda ushbu maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan, fiskal xotirasi himoyalangan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “muvofiq boʻlgan” soʻzlaridan keyin “belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan omborxonalari va asbob-uskunalari boʻlgan (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllanish, moddiy boyliklarning toʻliq saqlanishini taʼminlash sharoitlariga ega boʻlgan), alohida kirish joyi hamda shaharlarda — kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida 15 kvadrat metrli (faqat alkogolli mahsulotlar sotish uchun moʻljallangan) savdo zali, uzoq togʻli joylarda — alohida savdo boʻlimi mavjud boʻlgan turgʻun savdo shoxobchalarida amalga oshirilishi mumkin”;
59-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“59. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, chakana savdo obyektlari tomonidan alkogolli ichimliklarni sotish vaqti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan, alkogolli mahsulotlar sotish shartlariga muvofiq belgilanadi”;
60-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“60. Alkogolli ichimliklarni:
18 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
muvofiqlik sertifikatisiz;
yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;
aksiz markalari bilan markalanmagan holda yoki qalbaki aksiz markalari bilan;
tayyorlagan korxonani aniqlash imkonini bermaydigan, aniq markalanmagan holda;
uni tayyorlash uchun litsenziyaga ega boʻlmagan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tayyorlagan alkogolli ichimliklarni;
ularni yetkazib berish huquqiga ega boʻlmagan yetkazib beruvchi tomonidan yoki bojxona tartib-qoidalari, savdo belgilaridan va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarida, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzgan holda yetkazib berilgan alkogolli ichimliklarni;
alkogolli mahsulotlarni saqlash hamda sotishning sanitariya norma va qoidalariga muvofiq boʻlmagan joylarda;
oʻquv muassasalari, maktabgacha va diniy muassasalardan 500 metrdan kam radiusda joylashgan savdo korxonalarida;
jamoat transporti bekatlarida, shu jumladan metropoliten stansiyalari yonida joylashgan savdo korxonalarida, jamoat va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalarga yaqin joylarda;
etiketkasiz, iflos (ichki yoki sirtqi tomoni), yorilgan, qopqoqlanadigan joyi shikastlangan, umuman tiniq boʻlmagan, ichiga chet aralashmalar tushgan, choʻkindi qoldiqlari mavjud boʻlgan (kolleksion vinolarnikidan tashqari) shisha butilkalarda sotish taqiqlanadi”;
b) qarorga 2-ilovaning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Alkogolli mahsulotlarni umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan beriladigan ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 182-modda; 2011-y., 1-2-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son)