Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
1997-yil 15-yanvar kuni Praga shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Shartnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 1997-yil 9-yanvarda imzolangan “Interfaks” axborot agentligi bilan hamkorlikning asosiy tamoyillari toʻgʻrisidagi Bitim (7-moddadan tashqari, izoh bilan).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri ushbu xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-iyul,
342-son