O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TAShKILOTLARIDA ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 1995 YIL 16 AVGUSTDAGI PF-1213-SONLI FARMONIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 19-martdagi PF-3864-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-sonli Farmoni 8-bandining birinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet hisobidan pul bilan ta’minlanuvchi muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida ularga mehnat haqi fondining 15 foizi miqdorida, bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati xodimlarini rag‘batlantirish uchun — mehnat haqi fondining 25 foizi miqdorida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondini tashkil qilishga ruxsat berilsin”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-may,
PF-3874-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 176-modda)