19.03.2007 yildagi PF-3864-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSTAHKAMLASHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvni yanada kuchaytirish, kam ta’minlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2007-yilning 1-sentabridan:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlari tarbiyachilari, o‘quv-yordamchi xodimlari va sanitar-enagalari ish haqi, ayni vaqtda bir tarbiyachi uchun ish me’yorini 15—18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirgan holda stavkalarni tarif setkasi bo‘yicha bir razryadga ko‘tarish hisobidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan bolalar, ayollar va erkaklar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar reabilitatsiya markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish fondi miqdori mehnatga haq to‘lash fondi hisobidan 25 foizgacha oshirilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2007-yilning 1-iyulidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush va mehnat faxriylari sanatoriylari xodimlarining tarif stavkalariga 15 foiz miqdorida qo‘shimcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning bepul ovqatlanishi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati xodimlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitayotgan pedagoglar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda oylik yo‘l haqi kompensatsiyasi joriy etilsin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar, xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, korxonalar, tashkilotlar, xayriya jamg‘armalari, tadbirkorlik tuzilmalari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali ehtiyojmand oilalarga har tomonlama qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Ijtimoiy himoya yili deb e’lon qilingan 2007-yilda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar daromad solig‘idan to‘liq ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida 28 ta “Mehribonlik” uyi, shuningdek, 86 ta sanatoriy tipidagi hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni kapital ta’mirlash, jihozlash, ular uchun mikroavtobuslar sotib olish maqsadida davlat budjetidan qo‘shimcha 8,2 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi e’tiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bolalar, qariyalar va nogironlarning “Muruvvat” hamda “Saxovat” internat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarini kapital ta’mirlash, jihozlash, ularning ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha joriy yilda ushbu maqsadlarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 5,2 milliard so‘m yo‘naltirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3864-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 12-son, 105-modda; 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)