02.05.2007 yildagi O‘RQ-96-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.05.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HOMIYLIK TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 28-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Homiylik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining homiylik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻngillilar — homiylik oluvchining yoxud homiylik tashkilotining manfaatlarini koʻzlab bepul ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish shaklidagi homiylikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylar — homiylikni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik (homiylik faoliyati) — yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik maqsadlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga mol-mulkni, shu jumladan pul mablagʻlarini qaytarmaslik sharti bilan yoki imtiyozli shartlarda berishda, ular uchun ishlar bajarishda, ularga xizmatlar koʻrsatish va ularni boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlashda ifodalanadigan ixtiyoriy begʻaraz yordami (faoliyati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik oluvchilar — homiylik oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik subyektlari — homiylar, koʻngillilar, homiylik tashkilotlari, shuningdek homiylik oluvchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik tashkiloti — jamiyatning, ayrim toifadagi yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab homiylik faoliyatini amalga oshirish uchun tuzilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yoʻnaltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Homiylik maqsadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, shu jumladan aholining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinmagan va kam taʼminlangan toifalarining moddiy ahvolini yaxshilash, oʻz jismoniy yoki intellektual xususiyatlari, boshqa holatlar sababli mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan hamda qonuniy manfaatlarini himoya qila olmaydigan ishsizlarni, nogironlarni va boshqa shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va totuvlikni mustahkamlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning jamiyatdagi nufuzi va rolini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik, bolalik va otalikni himoya qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, fan, madaniyat, sanʼat, maʼrifat sohasidagi faoliyatga, shuningdek shaxsning maʼnaviy kamol topishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasalliklar profilaktikasi va fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi faoliyatga, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga koʻmaklashish, fuqarolarga maʼnaviy-ruhiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va ommaviy sport sohasidagi faoliyatga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar oqibatlarini bartaraf etishga, baxtsiz hodisalarning oldini olishga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik harakatlari, tabiiy ofatlar, ekologiya, sanoat halokatlari yoki boshqa halokatlar natijasida jabrlanganlarga yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq homiylik boshqa maqsadlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat tashkilotlariga, siyosiy partiyalarga va harakatlarga pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy mablagʻlar berish, oʻzga shaklda yordam koʻrsatish, shuningdek ularni qoʻllab-quvvatlash homiylik hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovoldi tashviqoti va referendumga qoʻyilgan masalalar boʻyicha tashviqot maqsadida homiylik qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga zid boʻlgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Homiylikni amalga oshirishga boʻlgan huquq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni ixtiyoriy ravishda hamda moneliksiz amalga oshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar homiylikni yakka tartibda yoki birlashib, homiylik tashkilotini tashkil etgan yoxud tashkil etmagan holda amalga oshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylar oʻz homiylik xayriyalaridan foydalanish maqsadlari va tartibini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Homiylik tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Homiylik tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotlari jamoat birlashmasi, jamoat fondi shaklida, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa shaklda tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotining nomi “homiylik” degan soʻzni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. Homiylik tashkilotining nomi boshqa homiylik tashkilotlarini aynan bir xil deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan darajada avval roʻyxatdan oʻtkazilgan nomga oʻxshab ketadigan boʻlsa, u roʻyxatga olinishi mumkin emas. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “homiylik” soʻzidan foydalanishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanuvchi uyushmalarga (ittifoqlarga) va oʻzga birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Homiylik tashkilotining muassislari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakliga qarab yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar ularning muassislari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari hamda tashkilotlari homiylik tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Homiylik tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organining homiylik tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarori, shuningdek mazkur organning davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Homiylik tashkilotlarining mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar, yer uchastkalari, transport, inshootlar, asbob-uskunalar, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek axborot resurslari va oʻzga intellektual faoliyat natijalari homiylik tashkilotining mulki boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti oʻzida boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonun hujjatlariga, tashkilotning ustaviga va homiylik maqsadlariga zid boʻlmagan har qanday bitim tuzishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti oʻz taʼminoti (shu jumladan faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida oʻzi sarflaydigan moliyaviy mablagʻlarning koʻpi bilan 20 foizidan foydalanishga haqli. Ushbu cheklov homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti koʻngillilarning ushbu tashkilotdagi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarini (xizmat safari, transport xarajatlarini va boshqa xarajatlarini) toʻlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan homiylik tashkilotining hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlardan faqat bu mablagʻlarni ajratish chogʻida nazarda tutilgan homiylik maqsadlari uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotlariga berilgan homiylik xayriyalaridan faqat homiylik maqsadlarida foydalaniladi va bu xayriyalardan homiylik tashkilotlarini saqlash uchun foydalanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotining mol-mulki bu tashkilotning muassislariga yoki aʼzolariga boshqa shaxslarga sotilishi yoxud berilishiga qaraganda qulayroq shartlarda sotilishi yoki berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti oʻz majburiyatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Homiylik tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik tashkiloti muassislarining badallari, aʼzolikka asoslangan homiylik tashkilotlari uchun esa aʼzolik badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning pul va (yoki) boshqa mol-mulk shaklidagi homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlardan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan homiylik tashkiloti taʼsis etgan tijorat tuzilmalaridan tushgan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylar va koʻngillilarni jalb etish, shu jumladan homiylik xayriyalari yigʻish maqsadida oʻtkaziladigan koʻngilochar, madaniy, sport tadbirlari va boshqa ommaviy tadbirlarni tashkil etish kampaniyalarini oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lotereyalar va kimoshdi savdolari oʻtkazishdan olingan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Homiylik dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik dasturi homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan va mazkur tashkilotning ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlar majmuidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik dasturi moʻljallanayotgan tushumlar hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar smetasini (shu jumladan homiylik dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlashni) oʻz ichiga oladi, dasturni amalga oshirish bosqichlari va muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik dasturlarini (shu jumladan homiylik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini va homiylik dasturlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni) moliyalashtirish uchun moliya yilida tushgan daromadlarning, qonun bilan ruxsat etilgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning, shu jumladan homiylik tashkiloti taʼsis etgan tijorat tuzilmalaridan tushgan tushumlarning kamida 80 foizidan foydalanilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik dasturlari amalga oshirilayotganda tushgan mablagʻlardan shu dasturlarda belgilangan muddatlarda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Homiylik tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti tugatilganda uning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulkidan tashkilot ustavida nazarda tutilgan tartibda yoki, agar homiylik tashkilotining mol-mulkidan foydalanish tartibi uning ustavida nazarda tutilmagan boʻlsa yoxud qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, tugatish komissiyasining qaroriga binoan homiylik maqsadlarida foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Homiylikning amalga oshirilishida davlatning ishtirok etishi. Xalqaro homiylik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Homiylik subyektlariga davlat tomonidan kafolatlar berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik subyektining oʻz homiylik maqsadlarini va amalga oshirish shakllarini tanlash erkinligini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Homiylikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat homiylikni quyidagi shakllarda qoʻllab-quvvatlashi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik tashkilotlari ishlab chiqadigan homiylik dasturlarini tanlov asosida davlat tomonidan moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mol-mulkini homiylik tashkilotlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bepul yoki imtiyozli asosda mulk qilib berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki boʻlgan binolar, joylar va boshqa mol-mulk ijarasi haqini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylar, koʻngillilar hamda homiylik tashkilotlarini ragʻbatlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq davlat homiylikni boshqa shakllarda ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Homiylik subyektlariga beriladigan imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik subyektlariga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Homiylik tashkiloti faoliyati ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari homiylik tashkilotining ustavi qoidalariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotining moliyalashtirish manbalari va daromadlari hamda soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi ustidan davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda adliya va davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotiga mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari beruvchi homiylar mazkur tashkilotdan shu mol-mulkdan maqsadli foydalanilganligi toʻgʻrisida hisobot talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti oʻz yillik hisobotlaridan erkin foydalanilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti daromadlari va xarajatlarining miqdorlari hamda tuzilishi, mol-mulki, xodimlarining soni, ularning mehnatiga haq toʻlash va koʻngillilarni jalb etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat siri boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari homiylik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishga, mazkur tashkilot aʼzolaridan va boshqa fuqarolardan homiylik tashkilotining ustaviga rioya etilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tushuntirishlar olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Xalqaro homiylik faoliyatini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylar, koʻngillilar hamda homiylik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida hamda xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda xalqaro homiylik faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro homiylik faoliyati xalqaro homiylik loyihalarida, xalqaro homiylik tashkilotlarining ishida ishtirok etish, homiylik faoliyati sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik qilish orqali, shuningdek xalqaro amaliyotda qabul qilingan hamda xalqaro huquq prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkiloti chet el fuqarolaridan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq homiylik xayriyalari olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Chet el fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, xalqaro va chet el tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi homiylik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xalqaro va chet el tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida homiylar va koʻngillilar sifatidagi faoliyatni ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shuningdek xalqaro va chet el tashkilotlarining homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib borish hamda bunday xayriyalardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda manfaatlar toʻqnashuvi deganda homiylik tashkiloti va manfaatdor shaxslar (mazkur tashkilot boshqaruv organlarining xodimlari, shu jumladan mansabdor shaxslari, aʼzolari, ularning yaqin qarindoshlari yoki kreditorlari, shuningdek oʻzlarining homiylik tashkiloti bilan oʻzaro munosabatlari oqibatida tashkilotning mol-mulkini tasarruf qilishga taʼsir etishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaat koʻrish maqsadida tashkilot bilan shaxsan yoki oʻz vakillari orqali hamkorlik qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar) oʻrtasida amalga oshiriladigan, homiylik tashkilotining mol-mulkini tasarruf etishga daxldor boʻlgan, homiylik faoliyatining manfaatlari hamda maqsadlariga mos kelmagan yoki mos kelmasligi mumkin boʻlgan bitimlar va (yoki) operatsiyalar eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik tashkilotining manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzishiga, shuningdek homiylik tashkiloti tomonidan manfaatdor shaxslar foydasiga boshqa harakatlar amalga oshirilishiga homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatlar toʻqnashuvi chogʻida vujudga keladigan nizolar homiylik tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylikni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Homiylik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-96-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 174-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)