08.11.2005 yildagi 152-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Tartibi, 08.11.2005 yildagi 152-I-son
Kuchga kirish sanasi
03.12.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI PALATALARINING KELIShUV KOMISSIYASINI TUZISh VA UNING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Cenati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini (bundan buyon matnda kelishuv komissiyasi deb yuritiladi) tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (84-modda), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi (30-31-moddalar), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi (25-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi (16-modda), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi (11-12-moddalar) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti (137—144-moddalar) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga (28-modda) muvofiq ishlab chiqildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan qonunni koʻrib chiqish natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunni maʼqullash toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunni rad etish hamda kelishuv komissiyasini tuzish haqida Qonunchilik palatasiga taklif kiritish toʻgʻrisidagi qaror.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etish vajlari koʻrsatilishi kerak. Unda bir vaqtning oʻzida qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisidagi, shuningdek Senatdan kelishuv komissiyasiga aʼzo etib saylangan senatorlarning familiyalarini aniq koʻrsatgan holda kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin. Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Senat Raisi va Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kelishuv komissiyasining majlislari komissiya aʼzolarining xohishiga koʻra Qonunchilik palatasida yoki Senatda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kelishuv komissiyasining ishini tashkiliy, axborot, hujjatlashtirish jihatidan va boshqacha tarzda taʼminlash komissiya qayerda ishlashiga qarab, tegishincha Qonunchilik palatasi Devoni yoki Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Senat tomonidan kelishuv komissiyasi tarkibini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Senatda kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kelishuv komissiyasi tarkibiga, qoida tariqasida, qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita aʼzolari saylanadi. Boshqa qoʻmitalarning mazkur qonun boʻyicha maxsus bilimi boʻlgan senatorlari ham komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kelishuv komissiyasi tarkibi Senatning kamida uchta aʼzosini oʻz ichiga olishi va Qonunchilik palatasi bilan birgalikda tenglik asosida belgilanadigan miqdorda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kelishuv komissiyasining Senatdan koʻrsatilgan tarkibi uning yalpi majlisida, Senat majlislari oraligʻidagi davrda esa uning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kelishuv komissiyasi tuzish va uning tarkibiga senatorlarni saylash toʻgʻrisidagi toʻxtam Senatning qarori bilan rasmiylashtiriladi, qaror loyihasini masʼul qoʻmita Kengashga kiritadi, keyinchalik masala Senatning yalpi majlisiga kiritiladi. Komissiya tarkibi Kengash tomonidan tasdiqlangan taqdirda (Senat majlislari oraligʻidagi davrda), uning toʻxtami Kengash qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kelishuv komissiyasining Senatdan koʻrsatilgan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiya hamraisini saylaydilar. Komissiyaning Senat tarafidan hamraisi saylanganligi kelishuv komissiyasining Senatdan koʻrsatilgan aʼzolari qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kelishuv komissiyasi aʼzosi boʻlgan senatorning vakolatlari tugagan (muddatidan oldin tugatilgan) taqdirda u Senat tomonidan maxsus qaror qabul qilinmasdanoq komissiya tarkibidan chiqariladi. Kelishuv komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan aʼzosi oʻrniga Senat yoki uning Kengashi tomonidan kelishuv komissiyasining yangi aʼzosi saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kelishuv komissiyasining yangi aʼzosini saylash toʻgʻrisida Senat yoki uning Kengashi qabul qilgan qaror Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qonunchilik palatasi tomonidan kelishuv komissiyasi tarkibini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Senat tomonidan rad etilib, Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan masʼul qoʻmitaga xulosa tayyorlash uchun topshiriladi. Senat tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi Qonunchilik palatasi muhokamasiga quyidagi tavsiyalardan birini kiritishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi tavsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunni Qonunchilik palatasi qabul qilgan avvalgi tahrirda qabul qilish toʻgʻrisidagi tavsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunni Qonunchilik palatasida qayta koʻrib chiqmaslik toʻgʻrisidagi tavsiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan, siyosiy partiyalar fraksiyalaridan va deputatlar guruhlaridan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kelishuv komissiyasi tarkibiga, qoida tariqasida, qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita aʼzolari saylanadi. Boshqa qoʻmitalarning mazkur qonun boʻyicha maxsus bilimi boʻlgan deputatlari komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kelishuv komissiyasi tarkibi Qonunchilik palatasining kamida uchta deputatini oʻz ichiga olishi va Senat bilan birgalikda tenglik asosida belgilanadigan miqdorda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Senatning kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi taklifi qabul qilingan taqdirda, kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi Qonunchilik palatasining majlisida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi va uning tarkibiga deputatlarni saylash haqidagi toʻxtam Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi. Qaror loyihasi masala Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilishi uchun Kengashga masʼul qoʻmita tomonidan kiritiladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiya hamraisini saylaydilar. Komissiyaning Qonunchilik palatasi tarafidan hamraisi saylanganligi kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan aʼzolari qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kelishuv komissiyasi aʼzosi boʻlgan deputatning vakolatlari tugagan (muddatidan oldin tugatilgan) taqdirda u Qonunchilik palatasi tomonidan maxsus qaror qabul qilinmasdanoq komissiya tarkibidan chiqariladi. Kelishuv komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan aʼzosi oʻrniga Qonunchilik palatasi tomonidan kelishuv komissiyasining yangi aʼzosi saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kelishuv komissiyasining yangi aʼzosini saylash toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qabul qilgan qaror Senatga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Kelishuv komissiyasining faoliyati tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan deputat yoki senator uning majlislarida hozir boʻlishi shart. Kelishuv komissiyasi majlisida hozir boʻlish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida deputat yoki senator kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisini oldindan xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kelishuv komissiyasining majlislarida kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraislari navbatma-navbat raislik qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir eʼtirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonunning Senat tomonidan eʼtiroz bildirilmagan ayrim moddalari tahririni oʻzgartirish toʻgʻrisida, agar bunday oʻzgartirishni kelishuv komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Senat takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining yangi tahriri taqozo etadigan boʻlsa, qaror qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kelishuv komissiyasi qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan aʼzolarining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Agar kelishuv komissiyasi tomonidan boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, qaror ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kelishuv komissiyasi qonun boʻyicha kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishda olimlar va mutaxassislardan maslahatlar olishga, zarur materiallar va maʼlumotlarni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kelishuv komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi. Zarurat boʻlganda kelishuv komissiyasining qaroriga binoan komissiya majlisi stenogramma qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agar kelishuv komissiyasining ish yakunlari boʻyicha qonun yuzasidan kelishuvga erishilmagan boʻlsa, Qonunchilik palatasi qonunni Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida qayta koʻrib chiqishi kerak. Kelishuvga erishish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bayonnoma tuzilib, komissiya hamraislari imzolagach, Senatga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agar kelishuv komissiyasi yagona fikrga kelgan boʻlsa, oʻz ishining natijalari asosida komissiya kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kelishuv komissiyasi xulosasi komissiyaning Senatdan va Qonunchilik palatasidan saylangan hamraislari tomonidan imzolanadi hamda tegishincha Senatga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi qonunni qayta koʻrib chiqish sanasi belgilanishi uchun quyidagi hujjatlarni Kengash muhokamasiga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv komissiyasi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasi va qiyosiy jadval;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga doir oʻzgartish va qoʻshimchalar loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv komissiyasi taklif etayotgan tahrirdagi, kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan saylangan hamraisi tomonidan viza qoʻyilgan qonun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasi xulosasi taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida komissiya takliflarini koʻrib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kelishuv komissiyasining xulosasini koʻrib chiqish natijalari asosida Qonunchilik palatasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun ishni Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda davom ettirishni taklif qilish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrib chiqilayotgan qonun moddalarining yangi tahriri boʻyicha kelishuv komissiyasining taklifini rad qilish toʻgʻrisidagi qaror.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Qonunni qayta koʻrib chiqishda kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasidagi mavjud takliflargina muhokama qilinadi. Bunday holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda ham Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun ishni Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilgan taqdirda, qonun Senatga maʼqullash uchun zarur materiallar ilova qilingan holda besh kun ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Agar Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi uni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilmasa va Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi emasligini bildirsa, qonun ilgari qabul qilingan tahrirda ovozga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va imzolanishi hamda eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan oʻn kun ichida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Agar Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasida ilgari qabul qilingan tahrirda ovozga qoʻyilganda ushbu qonun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismining ovozini ololmasa, koʻrib chiqilayotgan qonun qabul qilinmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Koʻrib chiqilayotgan qonun boʻyicha Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan uzil-kesil qaror qabul qilingandan keyin kelishuv komissiyasi Qonunchilik palatasi va Senatning tegishli qarorlariga binoan tugatiladi.