06.05.2005 yildagi 29-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining

Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING REGLAMENTINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti qabul qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29–I-son

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

2005-yil 6-maydagi 29–I-sonli Qarori bilan

TASDIQLANGAN

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REGLAMENTI

I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) yalpi majlislarini oʻtkazish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi hamda Senat faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat ishi Senatning yalpi majlislariga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qoʻmitalari majlislariga toʻplanadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolari senatorlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Senat aʼzosi (senator) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputati boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatorlik huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirish kafolatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar hamda ushbu Reglament bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat oʻz matbuot organlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. SENAT IShINING UMUMIY TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Senat va uning organlari majlislarini oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta oʻtkaziladigan majlislaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislari, agar ularning ishida senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni maʼqullash, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning navbatdan tashqari majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi taklifiga binoan yoki senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Kengashi muntazam ravishda Senat majlislari oraligʻida toʻplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalarining majlislari Senat majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalarining majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislari vaqtida qoʻmitalarning majlislari oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar ularni koʻrib chiqish navbati, palataning har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan qoʻmitalari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlisi kun tartibining loyihasi Senat Kengashi tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatorlar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda Senat yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu xususdagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Senat Kengashi yoki qoʻmitasi tomonidan kiritilgan boʻlsa, qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi raislari, Bosh prokuror Senatning ochiq va yopiq majlislarida ishtirok etishga haqli. Senatning yopiq majlislarida boshqa shaxslar Senat qaroriga binoan hozir boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zarurat boʻlganda Senat yoki uning Kengashi qarori asosida boshqa tillarga hamohang (sinxron) tarjimasi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlisida qilinadigan maʼruzalar va qoʻshimcha maʼruzalarning hamda soʻzlanadigan yakunlovchi soʻzning muddati raislik qiluvchi tomonidan maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar) bilan kelishgan holda, qoida tariqasida, maʼruzalar uchun 30 minutga qadar, qoʻshimcha maʼruzalar uchun 20 minutga qadar va yakunlovchi soʻz uchun 15 minutga qadar muhlat bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 10 minutga qadar vaqt beriladi. Muzokaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisning olib borilishi tartibi yuzasidan, ovoz berish sabablari boʻyicha, nomzodlar yuzasidan soʻzga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar va maʼlumotlar berish uchun 3 minutga qadar vaqt ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi majlisda hozir boʻlgan senatorlarning koʻpchiligi roziligi bilan Senat majlisining kun tartibidagi masala muhokamasining umumiy muddatini, savol-javoblarga ajratiladigan vaqtni belgilashi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislarida senator bitta masala yuzasidan muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqqan shaxs muzokaralarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin yakunlovchi soʻzga chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soʻzga chiqqan senator soʻzlash uchun ajratilgan muddatdan koʻproq vaqt mobaynida gapirayotgan boʻlsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan gapirmayotgan boʻlsa, Senat majlisida raislik qiluvchi bir marta ogohlantirganidan keyin uni soʻzlash huquqidan mahrum etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning majlislari, qoida tariqasida, ish kunlari: soat 10.00 dan 13.00 gacha va (tanaffusdan keyin) soat 15.00 dan 18.00 gacha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Qarori bilan palata majlislarini boshlash va tugallashning hamda tanaffus qilishning boshqa vaqti belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Senat va Qonunchilik palatasining qoʻshma majlislarini oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat va Qonunchilik palatasining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga muvofiq qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifi bilan yoki tegishincha senatorlar yoxud deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisini chaqirish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Senat Raisi bilan Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilib, qoʻshma majlisni oʻtkazish sanasi belgilab olinadi hamda kun tartibiga doir takliflar muhokama etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi, agar unda tegishincha senatorlar va deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislarida, agar qoʻshma majlisda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri navbatma-navbat raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari asosida palatalarning qoʻshma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ovoz berish va qarorlarni qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlisida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni senatorlar jumlasidan boʻlgan guruh amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish shakli va usuli toʻgʻrisidagi qaror Senat tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senator oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qarorlari, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. QONUNChILIK TARTIB-TAOMILLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Senat tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun Senatga Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan keyin kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun Senatga kiritilayotganda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Qonunchilik palatasining qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Qonunga doir uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) moddiy xarajatlar talab etuvchi qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) davlat daromadlarining qisqartirilishini yoki davlat xarajatlarining koʻpaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatga kelib tushgan qonun roʻyxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qoʻmitaga (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deb yuritiladi) topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalarining qonun muhokamasiga bagʻishlangan majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Senat qoʻmitalari yopiq majlis oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning namoyandalari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelib tushgan takliflarni masʼul qoʻmita qonun yuzasidan xulosa tayyorlayotganda umumlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul qoʻmitaning xulosasida qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi tavsiya ifodalangan baho boʻlishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosada masʼul qoʻmitaning qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. Masʼul qoʻmitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning majlisida qonunni koʻrib chiqish maʼruzachining masʼul qoʻmita xulosasini oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Koʻrib chiqilayotgan qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibida senatorlar soʻzga chiqishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijalari asosida Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan maʼqullanadi, ushbu Reglamentning 32-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan maʼqullangan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning qonunni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etish vajlari koʻrsatilishi kerak. Unda bir vaqtning oʻzida qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisidagi, shuningdek kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Senat tomonidan rad etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlarni
qayta koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatda kelishuv komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Senat Raisidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismini tashkil etuvchi senatorlardan chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Senat Raisi va Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasining Senatdan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida, Senat majlislari oraligʻidagi davrda esa uning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir eʼtirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasi qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan senatorlar va deputatlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan aʼzolarining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasi oʻz ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa Senat va Qonunchilik palatasidan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Senat va Qonunchilik palatasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odatdagi tartibda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etishi uchun palata tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda maʼqullamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan rad etilgan qonun qayta koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishda ilgari qabul qilingan tahrirda maʼqullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi ilgari qabul qilingan tahrirda maʼqullagan qonun yuzasidan xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul qoʻmitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Senat tomonidan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat tomonidan qayta koʻrib chiqishda senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullangan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning qayta koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Senat rad etgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasida qayta koʻrib chiqilganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning eʼtirozlarini hisobga olgan holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ayrim qonunlarni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunni, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarni maʼqullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjetining loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Senatga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti Senatning koʻrib chiqishi uchun topshiriladi va masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetiga doir materiallar senatorlarga oldindan, mazkur budjet Senat majlisida koʻrib chiqilgunga qadar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetini Senatning majlisida muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti boʻyicha qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala Senatning yaqin oradagi majlisida koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar mazkur budjetni qabul qilish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qonunning Senatda koʻrib chiqilishi Qonunchilik palatasining tegishli qarori Senatga kiritilganidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat maʼqullagan qonun belgilangan tartibda eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. SENAT QARORLARINI KOʻRIB ChIQISh VA QABUL QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Senat qarorlarini koʻrib chiqish va qabul qilishning umumiy tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror loyihasi Senatga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Raisi Senat qarorining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Kengashi masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Senat majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Senat qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Qonunchilik palatasi bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida, agar ushbu Reglamentda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Senatning Qonunchilik palatasi bilan birgalikdagi vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan ayrim qarorlarni qabul qilishining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish kerakligi toʻgʻrisidagi materiallarni, Qonunchilik palatasining referendum oʻtkazish va uning oʻtkaziladigan sanasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini, shuningdek mazkur masala boʻyicha masʼul qoʻmitaning xulosasini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referendum tayinlash va uni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish va uning oʻtkaziladigan sanasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur masala yuzasidan Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari ushbu masala yuzasidan Senat qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala Senatga tegishli materiallar kelib tushganidan keyin Senat tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Senat tomonidan qabul qilingan qaror belgilangan tartibda eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat oʻz tasdigʻiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarini saylash toʻgʻrisidagi qarori Senatga kelib tushganidan keyin Senat oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarini saylash haqidagi masalani koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi Senat tomonidan Senatning yaqin oradagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi, Senatni tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylash toʻgʻrisidagi qarori Senatga kelib tushganidan keyin Senat oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylash haqidagi masalani koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat oʻz tasdigʻiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan eʼtiboran 48 soatdan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini esa ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala Senat qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Senat tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Senatning mutlaq vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan ayrim qarorlarni qabul qilishining oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga saylash uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senatga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash toʻgʻrisidagi masalani oʻzining navbatdagi majlisida koʻrib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat aʼzolari ovozlarining yetarli sonini ololmasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Senat koʻrib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Senat koʻrib chiqishi uchun boshqa nomzodlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masalalar Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillari lavozimlariga tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Senatga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi masalani Senat oʻzining navbatdagi majlisida koʻrib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash yoki ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillari lavozimlariga tayinlash uchun taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat aʼzolari ovozlarining yetarli sonini ololmasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Senat koʻrib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, Senat koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan boshqa nomzodlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari Senat tomonidan uning majlisida, Senatning majlislari oraligʻidagi davrda esa Senatning Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning yoki Senat Kengashining senatorni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning yoki Senat Kengashining senatorni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatni qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan oʻzining navbatdagi majlisida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amnistiya toʻgʻrisidagi hujjat mazkur hujjat qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida eʼlon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reglament, unga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar Senat qarori bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reglamentga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni qoʻmitalar kiritadi, bu takliflar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga Kengash tomonidan kiritiladi hamda birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat majlislarini oʻtkazishning, Senat faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishning Reglamentda nazarda tutilmagan tartib-taomillari Senat majlisida senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. SENAT TOMONIDAN NAZORAT QILISh SOHASIDAGI VAKOLATLARNING AMALGA OShIRILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat, shuningdek senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament soʻroviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Senat majlislarida beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament soʻrovlari boʻyicha axborot Senat majlisida muhokama qilinishi mumkin. Senat muhokama yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat har yili oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining hisoboti yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat har yili oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi va muhokama qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisoboti yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Senatga taqdim etgan har yilgi hisobotlari Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning qoʻmitalari, shuningdek senatorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspert xulosalari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning qoʻmitalari yoki senatorlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat qoʻmitalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etilayotgani, palata qoʻmitalarining qarorlari qanday bajarilayotgani toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitishi qoʻmitalarning ish rejalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BOʻLIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishi, rasmiy parlament delegatsiyalari almashinishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni oʻtkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalari rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Senat majlisida soʻzga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat, uning organlari va senatorlarning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar smetasi Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 5-son, 161-modda)