11.04.2007 yildagi O‘RQ-88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 28-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish uchun asosdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida koʻpchilik oʻrinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar ham parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar oʻzlarini muxolifat deb eʼlon qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining tegishli masala boʻyicha maʼruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun boʻyicha kelishuv komissiyasida oʻz vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi koʻpchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlarini saylash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida tuzilgan siyosiy partiya fraksiyasi oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun siyosiy partiya fraksiyasi, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiya fraksiyasidan taqdim etilgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, siyosiy partiya fraksiyasi oʻz fraksiyasi aʼzolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati koʻrib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senati taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bosh vazirning isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi arizasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Bosh vazir oʻz vakolatlarini bajarishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega boʻlgan bunday tashabbusni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qoʻllab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qoʻyilganda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy soni uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozini olsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼfoga chiqishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Viloyat, Toshkent shahar hokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi boʻyicha farmon qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining viloyat hamda Toshkent shahar hokimi faoliyati ustidan nazorat qilish vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi beriladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bu tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-88-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 151-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 160-modda; 2014-y., 16-son, 177-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)