O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
ANDIJON VILOYATI DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2006-yilning 13-oktabrida bo‘lib o‘tgan Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qo‘yilgan vazifalarni so‘zsiz bajarish, shuningdek qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirishda shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida.
1. Xodimlar soni 48 kishidan iborat Andijon viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangi tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-oktabr,
PQ-492-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 10-son, 567-modda)