30.11.2006 yildagi 255-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING OʻN TOʻRT YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn toʻrt yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyatlari uchun birinchi marta sudlangan shaxslar jazodan ozod qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 60 yoshga toʻlgan erkaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) chet el fuqarolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti ular ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan ogʻir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi mazkur Qaror eʼlon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta 10 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Qarorga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaxslar jazo muddatining oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga – uchdan bir qismiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga – toʻrtdan bir qismiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tatbiq etilmasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Qaror – oʻta xavfli retsidivistlarga; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Qarorning 1–4, 6, 7-bandlari – taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlanganlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. Sobirov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 11-son, 617-modda)