01.05.2006 yildagi PQ-339-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAPONIYA BILAN TEXNIKAVIY HAMKORLIK DOIRASIDA “OʻZBEKISTON-YAPONIYA MARKAZI (II BOSQICH)” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA—TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yildan buyon Oʻzbekiston—Yaponiya markazi faoliyat koʻrsatib kelayotgan davr mobaynida respublikaning 3200 nafardan koʻproq fuqarolari maxsus dasturlar boʻyicha biznes-kurslarda, kompyuter savodxonligi va yapon tili kurslarida taʼlim olishgani qayd etib oʻtilsin. Mazkur loyiha doirasida Yaponiya Hukumati tomonidan berilgan mablagʻlarning umumiy hajmi 2,3 mln. AQSh dollaridan oshib ketdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasida iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasidagi ahdlashuvlarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Nukus shahrida va respublikamizning viloyat markazlarida Oʻzbekiston—Yaponiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) filiallarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklatilgan vazifalarni bajarish, shuningdek Markaz va uning mintaqaviy filiallarini zarur axborot-metodik oʻquv dasturlari bilan taʼminlash uchun belgilangan tartibda Markazga nashriyot-matbaa ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining “Oʻzbekiston—Yaponiya markazi (II-bosqich)” loyihasini amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi Markazga berilgan imtiyozlarni 5 yil muddatga uzaytirish sifatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻshaydigan mablagʻlarni Markaz faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondiga pul ajratmalar hamda maxsus oʻquv va madaniy dasturlarni tashkil qilish va oʻtkazishdan, shuningdek Markaz huzurida chop etiladigan oʻquv qoʻllanmalarini sotishdan olingan daromadlar boʻyicha toʻlanadigan umumdavlat, mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya tarafidan yetkazib beriladigan texnika va asbob-uskunalar, shuningdek Markaz faoliyatiga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mulki — bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz loyihalarini amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislar — jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston—Yaponiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 31-sonli Qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-339-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 5-son, 244-modda)