Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 03.04.2006 yildagi PQ-317-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLI OʻRTASIDA OLIB BORILAYOTGAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY VA TARGʻIBOT-TAShVIQOT IShLARINING TAʼSIRChANLIGI VA SAMARASINI OShIRIShGA QARATILGAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimiz aholisi oʻrtasida milliy istiqlol gʻoyasini keng targʻib etish, dunyoda va yon-atrofimizda sodir boʻlayotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan yurtdoshlarimizda ongli munosabatni, faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, joylarda bu masalada eskicha yondashuvlar, rasmiyatchilik va yuzakilik holatlari ham koʻzga tashlanayotganini qayd etish lozim. Oʻtkazilayotgan aksariyat tadbirlarning maʼno-mazmuni va saviyasi bugungi kun talablariga javob bermaydi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanish va oʻzgarishlar mohiyatini hayotiy misollar orqali ochib berish, milliy manfaatlarimizga qarshi qaratilgan turli informatsion xurujlarga nisbatan taʼsirchan va hujumkor targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash, ilmiy va ijodiy ziyolilar, keng jamoatchilikning bu ishlardagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholi oʻrtasida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot ishlarining taʼsirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga*, mazkur dasturni amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoyev);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu dasturda belgilangan chora-tadbirlarni bajarish boʻyicha amaliy ish rejasi ishlab chiqilib, qabul qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda aholi bilan jonli muloqot va suhbatlar, bevosita fikr almashuvlar oʻtkazish, targʻibot-tashviqot ishlarini aniq hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tilda, keng jamoatchilikni jalb etgan holda tashkil etishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-317-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 201-modda)