29.03.2007 yildagi PQ-609-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek budjet mablagʻlaridan foydalanishda taʼlim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining barcha umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)ga belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)ning amaldagi namunaviy shtatiga, oʻquvchilarning soniga qarab, ilovaga muvofiq, normativlar boʻyicha buxgalter lavozimini kiritsin va 2007-yilda ularni malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) rahbarlari va buxgalterlari zimmasiga tegishli moliya tashkilotlarining xalq taʼlimi muassasalarini moliyalash boʻlimlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) shtat jadvali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida roʻyxatga olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda roʻyxatga olingan xarajatlar smetasini tovarlar va xizmatlar yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan standartlarga muvofiq umumtaʼlim maktabi (maktab-internati) buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlar, oylik maoshni belgilash va toʻlash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, shuningdek xalq taʼlimi muassasalarida moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qatʼiy rioya qilishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs maqomiga ega xalq taʼlimi muassasasi, shu jumladan umumtaʼlim maktablari Direktorlar fondining budjet mablagʻlarining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalter shtat lavozimini toʻldirgunga qadar yuridik shaxs maqomiga ega umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) rahbarlari begʻaraz shartnoma asosida buxgalterlik hisob-kitob vazifalarini yuritishni mutasaddi hududiy moliya organlariga topshirish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, moliya organlari va xalq taʼlimi hududiy boʻlinmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) shtat jadvali va xarajatlar smetasini mazkur qaror qoidalariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yilning 15-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxs maqomiga ega barcha umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining mutasaddi hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisobraqamlarning ochilishini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tuman (shahar) moliya organlari va boʻlinmalari yuridik shaxs maqomiga ega umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)ni moliyalashtirish yilida moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan davlat va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan har chorakda nazoratni amalga oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlar)ga buxgalterlar lavozimlarini kiritish va moddiy-masʼul shaxslar (kassirlar) uchun belgilangan ustama haqlar bilan bogʻliq xarajatlar 2007-yilgi Davlat budjetining “Taʼlim” boʻlimi boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar doirasida budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-609-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 29-martdagi PQ-609-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)dagi buxgalterlar sonining normativi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi muassasalari‎ Buxgalterlar sonining normativi (birlik)‎
I. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilar soni bilan:‎
— 400 tagacha boʻlgan oʻquvchilar‎ 0,5‎
— 401 tadan 880 tagacha boʻlgan oʻquvchilar‎ 1,0‎
— 880 tadan ortiq boʻlgan oʻquvchilar‎ 1,5‎
II. Barcha turdagi maktab-internatlari oʻquvchilar soni bilan:‎
— 250 tagacha boʻlgan oʻquvchilar‎ 1,5‎
—250 tadan ortiq boʻlgan oʻquvchilar‎ 2,0‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 136-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)