Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ALOHIDA TURDAGI TOVARLAR UChUN AKSIZ SOLIGʻI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-martda 1101-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 31-yanvardagi 7 va 01-02/8-8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1770, 16.02.2008-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 7-noyabr 2006-yildagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 45-son, 440-modda) muvofiq, qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17 va 02/8-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1101 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 43-modda; 2006-yil, 3-son, 18-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
8-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-yanvar,
01-02/8-5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 13-son, 121-modda)