22.10.2004 yildagi 494-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “AMU-ZANG MASHINA KANALI TIZIMINI TIKLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi infratuzilmasini yanada takomillashtirish, irrigatsiya tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va suv resurslarini boshqarishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga qarz berishni ma’qullaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning 112,6 mln AQSH dollari miqdoridagi umumiy qiymati va uni moliyalashtirishda, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni qo‘shgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga* muvofiq qaytariladigan 73,2 mln AQSH dollari miqdoridagi qarzini hisobga olgan holda tomonlarning ishtirok etishi sxemasi belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha Surxondaryo viloyatining beshta tumanida Angor, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabod va Termiz tumanlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davrida (2004—2008-yillar) Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha foizlar va vositachilik haqini to‘lash qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini moliyalashtirishga ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarzini to‘lash sxemasi hamda jadvali 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2- 3-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va tanlab olingan tijorat banklari o‘rtasidagi qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi loyihani amalga oshirish bo‘yicha ijro etuvchi agent etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani samarali amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga hamda Surxondaryo viloyati va loyihalarga kiritilgan tumanlar hokimlariga kredit mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olib borish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash va kiritishni ta’minlash mas’uliyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga loyihaning barcha xarajatlari yig‘ma smetasini, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki qarzining berilishi, undan foydalanish va uni qaytarish tartibini tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, loyihaga kiritilgan tumanlarda tajriba tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil hosilidan boshlab, loyihani amalga oshirish davrida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish topshiriqlari o‘rniga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimi shartlariga muvofiq paxta xom ashyosi va don mahsulotlariga davlat xarid kvotalari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va don mahsulotlari bo‘yicha davlat xarid kvotalarini bajargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotlarni shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi va loyihaga kiritilgan tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihadagi tumanlarning qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun belgilanadigan xarid kvotalarini taqsimlash tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda loyihani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ulushi moliyalashtirilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan bitimga hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq loyiha doirasida import qilinadigan (respublikada ishlab chiqarilmaydigan) asbob-uskunalar, materiallarning investitsiya davri mobaynida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji to‘lovidan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 22-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
494-son