21.10.2004 yildagi 492-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OSIYO TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “DON EKINLARI HOSILDORLIGINI OSHIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, don mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi “Don ekinlari hosildorligini oshirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qarz berishni maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning 40,0 mln AQSH dollari miqdoridagi umumiy qiymati va uni moliyalashtirishda, shu jumladan Osiyo taraqqiyot bankining besh yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil muddatda 1-ilovaga muvofiq* sxemaga muvofiq qaytariladigan 26,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzini hisobga olgan holda tomonlarning ishtirok etish sxemasi belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish besh yil muddatga belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha doirasida bir qator mintaqalarda don mahsulotlari yetishtirishning yangi agrotexnika metodlarini, loyihadagi tumanlarda ishlab chiqarishni tashkil etish metodlarini sinab koʻrish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari marketingini olib borish nazarda tutilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning “Navlar va urugʻliklarni yaxshilash” komponentini bajarish respublikaning Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning “Fermer xoʻjaliklarini boshqarishni takomillashtirish” va “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini rivojlantirish” komponentlarini bajarish respublikaning uchta tumanida — Zomin (Jizzax viloyati), Kattaqoʻrgʻon (Samarqand viloyati) va Quyi Chirchiq (Toshkent viloyati) tumanlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davrida (2004—2008-yillar) Osiyo taraqqiyot banki qarzi boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Don ekinlari hosildorligini oshirish” loyihasini moliyalashtirishga ajratiladigan Osiyo taraqqiyot banki qarzini toʻlash jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 341-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va tanlab olingan tijorat banklari oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agent etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani samarali amalga oshirish uchun Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligiga, loyihalarga kiritilgan viloyatlar va tumanlar hokimliklariga kredit mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olib borish, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va kiritishni taʼminlash masʼuliyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashlarini belgilangan tartibda ishlab chiqishni va tasdiqlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga loyihaning barcha xarajatlari yigʻma smetasini, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki qarzining berilishi, undan foydalanish va uni qaytarish tartibini tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, loyihaga kiritilgan tumanlarda tajriba tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun tovar va urugʻlik bugʻdoy xarid qilish topshiriqlari oʻrniga Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimi shartlariga muvofiq ularga davlat xarid kvotalari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarid kvotalaridan ortiqcha yetishtirilgan tovar va urugʻlik bugʻdoyni shartnomaviy narxlar boʻyicha erkin sotish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda loyihadagi tumanlarning qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun belgilanadigan xarid kvotalarini taqsimlash tartibini ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, 2005-yildan boshlab har yili investitsiya dasturlarini shakllantirishda koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi ulushi moliyalashtirilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislar uchun kelish vizalari rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligi buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat boji toʻlovidan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini hamda vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
492-son