Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.02.2004 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TOSHKENT SHAHRINING SUV TA’MINOTI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida kommunal xizmat ko‘rsatishning infratuzilmasini rivojlantirish, xo‘jalik maqsadidagi va ichimlik suv ta’minoti tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va takomillashtirish, shuningdek ichimlik suv sarflanishini hisobga olishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi “Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda matnda “loyiha” deb yuritiladi) amalga oshirish uchun 15 yil muddatga, shu jumladan uch yillik imtiyozli davrga 10,0 mln AQSH dollari miqdorida kredit berilishini ma’qullaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘rsatib o‘tilgan krediti bo‘yicha qarz oluvchi ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvsoz” tresti loyihaning bajaruvchisi ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki krediti bo‘yicha asosiy qarz, vositachilik haqi va ular bo‘yicha foizlar “Suvsoz” trestining o‘z mablag‘lari hisobiga qaytarilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan kredit bitimini va “Suvsoz” tresti bilan loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvsoz” tresti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent shahri suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining 1-ilovaga* muvofiq asosiy ko‘rsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirishning manbalari va qismlari bo‘yicha sxemasi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditlarini qaytarish jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Toshkent shahar hokimligi bilan belgilangan tartibda kafolat bitimini tuzgan holda, loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan kredit bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi kafolat bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kafolat va kredit bitimlari bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalarni bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta’minlanishi, kredit resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat Toshkent shahar hokimligi va “Suvsoz” trestiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi loyiha doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlar muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq loyihani boshqarish, kredit resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish mas’uliyati yuklagan holda 4 kishidan iborat tarkibda loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvsoz” tresti suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan tushadigan mablag‘lar loyiha doirasida nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kreditiga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish uchun zarur miqdorda maxsus hisob raqamida yig‘ilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki krediti mablag‘lari hisobiga import qilinadigan asbob-uskunalar, materiallar va ishlar (xizmatlar) loyihani amalga oshirish davrida bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligining buyurtmasi bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligining buyurtmasi bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashadigan chet ellik mutaxassislarga, ularni davlat boji undirishdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va Toshkent shahar hokimi R.M.Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-son